Ali Nemati (; 1996-yil 8-fevralda tugʻilgan) — eronlik professional futbolchi. U Qatar Yulduzlar ligasining „Lusail“ klubi va Eron milliy terma jamoasi safida himoyachi sifatida toʻp suradi.

Klubdagi faoliyati Persepolis

2021-yil 24-avgustda Nemati Fors koʻrfazi Pro ligasi chempioni „Persepolis“ bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Nemati Eron milliy terma jamoasidagi debyutini 2024-yil 10-oktyabrda jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Oʻzbekistonga qarshi „Milliy“ stadionida oʻtkazgan. U 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan ushbu oʻyinda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan.

Oʻyin uslubi Mehnatkash, agressiv, intizomli va keskin kurashuvchan oʻyin uslubiga ega boʻlgan Neʼmati debyutini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Bosh bilan yaxshi oʻynaydigan himoyachi „Persepolis“ safida 4 ta gol urganidan soʻng, „chap qanot himoyasida oʻynash uchun ajoyib qobiliyatga ega, boshi bilan yaxshi oʻynaydigan futbolchi“ sifatida taʼriflangan.

Yutuqlari Persepolis Fors koʻrfazi Pro ligasi: (2) 2022–23, 2023–24; Ikkinchi oʻrin: 2021–22 Hazfi kubogi: (1) 2022–23 Eron Superkubogi: 2023; Ikkinchi oʻrin: 2021

Manbalar

Havolalar

Ali Nemati Eurosport saytida

Ali Nemati PersianLeague.com saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Persepolis F.C. futbolchilari Turkum:Foolad F.C. futbolchilari Turkum:Shahr Khodro F.C. futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Eron milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari