Mingechaur cherkov majmuasi — 1946-yilda Mingechaur GES qurilishi davomida aniqlangan, IV–VII asrlarga oid Alban cherkov majmuasi. Cherkov qadimiy zardushtiylik ibodatxonasining poydevori ustiga qurilganQ.M.Aslanov, R.M.Vahidov, Q.İ.İone – Qədim Mingəçevir, Bakı, 1959.Qazıyev S. M. İki küp və iki katakomba qəbri. MKA, III, Bakı, 1953.

Mingechaur cherkov majmuasiga kiruvchi ibodatxonalar Kavkaz Albaniyasidagi bir nefli bazilikalarning rivojlanish yoʻlini yaqqol koʻrsatib beruvchi ajoyib namunalardandir.Oddiy va arxaik memoriy tuzilishga ega boʻlgan ushbu ibodatxonalarning qurilish materiali, konstruksiyasi va kompozitsion yechimiga asoslanib, ularning qurilish tarixi VI asrdan oshmasligi taʼkidlanganГ.Г.Мамедова – Христианское култовое зодчество Кавказской Албании эпохи раннего средневековья, Баку, Элм, 1985, səh. 8.

Majmuaga kiruvchi inshootlar 1-sonli ibodatxona 150px|thumb|left|Birinchi sonli ibodatxonaning plani Majmuaga kiruvchi eng qadimiy inshoot Mingechaurdagi 1-sonli ibodatxonadirИоне Г.Н. Археологические раскопки в Мингечауре.//ДАН АзССР, II, 1946, № 9.. Ushbu ibodatxona 3-sonli qadimiy turar joyning birinchi – quyi qatlamida aniqlanganКазиев С.М. Археологические памятники Мингечаура как исторический источник для изучения истории Азербайджана.//ИАН АзССР, 1950, 7.Loyiha nuqtai nazaridan ushbu ibodatxona uzunligi 19,4 metr, eni esa 7,7 metr boʻlgan toʻrtburchak inshootdir. Sharqiy devorlaridan tashqari, ibodatxonaning qolgan devorlari qisman saqlanib qolganКазиев С.М. Археологические работы в Мингечауре.//Вести АН СССР, 1947, № 12. Ushbu ibodatxonaning oʻziga xos xususiyati uning sharqiy tomonida mehrob (altar) yoʻqligidir. Bundan tashqari, 0,20–0,60 metr balandlikda saqlangan janubiy va gʻarbiy devorlarda arxeologlar eshik oʻrnini topishmagan, bu esa kirish joyi sharqiy tomonda joylashganidan dalolat beradiР.М.Ваидов – Мингечаур в III-IV веках (по материалам археологических раскопок), Баку, 1961, səh. 96. G. Mammadova taʼkidlashicha: “Bu yerdan shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu bino altari gʻarbiy tomonda joylashgan koʻp xudolik (politeistik) ibodatxonasi binosi boʻlgan.” Janubiy Kavkazda altari gʻarbiy devorda joylashgan politeistik bazilikalarning boshqa namunalari ham uchraydiА. Саинян – Архитектура Касахской базилики, Ереван, АН Арм. ССР, səh. 95.

Aholining yashash joyi III asrda shakllanganligini va Kavkaz Albaniyasida xristianlik IV asrda davlat dini sifatida qabul qilinganini hisobga olgan holda, R. M. Vahidov 1-sonli ibodatxonani IV–V asrlarga tegishli deb hisoblaydiР.М.Ваидов – Мингечаур в III-IV веках (по материалам археологических раскопок), Баку, 1961, səh. 125. G. Mammadova esa shunday yozadi: “Bu fikr unchalik ishonchli emas, chunki ibodatxona turar joy bilan bir vaqtda ham qurilgan boʻlishi mumkin edi. Aniq politeistik elementlarga ega boʻlganligi sababli, shubhasizki, ushbu ibodatxona xristianlik davlat dini sifatida qabul qilinishidan oldin, ehtimol, III asrning ikkinchi yarmida qurilgan .”

1-sonli ibodatxonaning shimoliy va janubiy devorlari ichida 6 ta boʻrtiq (toʻsiq) mavjud. Ushbu boʻrtiqlar ibodat qiluvchilar uchun oʻrindiq vazifasini oʻtagan. Rohiblar uchun oʻrindiqlar faqat baʼzi pravoslav kafidral cherkovlari va patriarx cherkovlari uchun xos edi. Bunday joylar, odatda, cherkov polidan bir yoki ikki pogʻona balandda, xor yonida, mehrob tomonda qurilardi. Mingechaur ibodatxonasidagi boʻrtiqlar ibodatxonaning oʻrtasiga yoʻnaltirilgan. Buni mehrob sharqiy qismda emas, balki ibodatxonaning oʻrtasida joylashgani bilan bogʻliq deb taxmin qilish mumkin. Arxeolog R. M. Vahidovning fikricha, mehrob ibodatxonaning gʻarbiy qismida joylashgan ediGöyüşov R. – Azərbaycan arxeologiyası. Bakı, ADU, 1975.

Mehrob absidasi boʻlmagan ibodatxonalarda eshik oʻrni, odatda, sharqiy devorda joylashgan. Bu xususiyat boshqa shunga oʻxshash obidalarda, jumladan Amarasdagi (IV asrga oid) Muqaddas Grigoris ibodatxonasida, Muqaddas Yelisey monastirining dastlabki majmuasi loyihasida, shuningdek, mehrob absidasi boʻlmagan bir qancha qoʻngʻiroqxonalarda ham kuzatiladiКазиев С.М. Археологические раскопки в Мингечауре. МКА, I, Баку, 1949.

Mingechaur ibodatxonasiga oʻxshash xristian inshootlari Albaniyada hali cherkov inshootlarini rejalashtirishning qatʼiy qoida va qonunlari ishlab chiqilmagan davrda bunyod etilgan. Shuning uchun ham belgilangan normalardan muayyan chekinishlar Albaniyadagi ilk cherkov binolariga xos boʻlgan xususiyat ediКазиев С.М. Новые археологические находки в Мингечауре в 1948 г.// ДАН АзССР, 1948, № 9..

Katolikostlik tashkil etilgandan soʻng cherkov binolarini qurishga qatʼiy talablar qoʻyila boshlandi. Mxitarning "Qonunnoma"sida shunday deyiladi: "Cherkovning poydevori pravoslavlik qoidalari asosida qoʻyilishi kerak, bu masalada faqat yepiskop yoki uning buyrugʻi bilan xoryepiskop va peretut haqlidir. Kimki yepiskop yoki xoryepiskopning ruxsatisiz cherkov poydevorini qoʻyishga harakat qilsa, biz ushbu cherkov buzib tashlanishini va poydevor qayta qoʻyilishini buyuramiz, toki cherkov qoidalariga daxlsiz ravishda amal qilinsin. Bu qoida qatʼiydirR.M.Vahidov – Mingəçevir III-VIII əsrlərdə, Bakı, Elm, 1983.” 150px|thumb|right|Ikki sonli ibodatxonaning plani 2-sonli ibodatxona

Majmua hududidagi ikkinchi ibodatxona binosi xristian cherkoviga tegishli barcha xususiyatlarga ega. 12,40x5,40 metr oʻlchamdagi toʻrtburchak zal, ibodatxona qurilganidan keyin unga qoʻshilgan yarim doira shaklidagi altar apsidasi bilan yakunlanadi. Zal ichida toʻrtta doirasimon poydevor toshi topilgan. Arxeologlar bu Toshlar ibodatxona tom qismini tutib turgan toʻrtta ustunga tegishli deb taxmin qilishadiР.М.Ваидов – Мингечаур в III-IV веках (по материалам археологических раскопок), Баку, 1961, səh. 98. Ehtimol, ustunlar ham, ibodatxonaning tom yopmasi ham yogʻochdan ishlangan. Bunday holda ibodatxonaning rejaviy yechimida uchta nef ajralib turadi. Lekin, bazilikalarda boʻlgani kabi, ushbu ibodatxonada ham oʻrta nef yon neflardan baland qilib qurilganmi yoki uchala nef ham teng oʻlchamga ega boʻlganmi — bu nomaʼlum. Ibodatxonaning shimoli-sharqiy qismida unga tutashgan kichik inshoot qoldiqlari ham aniqlangan boʻlib, bu inshootni keyinchalik xristian ibodatxonalarining ajralmas elementlaridan biriga aylangan narteksning dastlabki varianti deb hisoblash mumkin.

Ibodatxonaning altar qismidan qimmatli tarixiy memoriy topilma — relyefli tosh topilgan. Bazi tadqiqotchilar bu tosh ustun kalonkasi (kapitel) boʻlishi mumkin degan gʻoyani ilgari surganlarМ.А.Усейнов, Л. Бретаницкий, А. Саламзаде – История архитектуры Азербайджана, Москва, Гос.изд-во литерат. по строит., архит. и строит. матер., 1963, səh.35. G. Mammadova esa shunday taʼkidlaydi: “Persepol xazinasi va Dedopolis Mindori ibodatxonasi misolida yogʻoch ustun ustiga tosh kapitel oʻrnatilganini koʻrsak-da, boy bezatilgan ushbu toshning yirik oʻlchamlari (yuqoridan 78x69 sm, pastdan 67x92 sm) uning kapitel ekanligini shubha ostiga qoʻyadi. Toshning xoch tagligi deb talqin qilinishi, uning qurilish tarixi (alban yozuvlariga koʻra IV asrdan erta boʻlmagan) va kultiv xarakteri Д.А.Ахундов – Архитектура древнего и раннесредневекового Азербайджана, Баку, Азерб.гос.изд-во, 1986, səh. 251 bilan koʻproq mos keladi.

Ushbu ibodatxona binosi interyeridagi manzarali tosh qoldiqlari bilan ham eʼtiborni tortadi. Bu esa binoning yuksak memoriy-badiiy ifodaliligini koʻrsatadi. Bu holat odatda sodda va deyarli bezaklardan xoli boʻlgan ilk xristianlik davri ibodatxonalari uchun kamdan-kam uchraydigan holdir. Bu ibodatxonaning tosh relyeflari politeistik ibodatxonalarning bezaklariga juda yaqin. K. Trever taʼkidlashicha: “Mingechaur cherkov majmuasiga qaraganda, politeistik ibodatxonaning qaerda tugab, xristian ibodatxonasining qaerda boshlanishini aniqlash juda qiyinК.В.Тревер – Очерки по истории и културе Кавказской Албании ( IV в.до н.э.- VIII в. н.э), Изв.АН СССР,М.-Л., 1959, səh.297.” 130px|thumb|right|Uch sonli ibodatxonaning plani 3-sonli ibodatxona

Uchinchi ibodatxona 1-sonli ibodatxonaning oʻrnida qurilgan. Bu ibodatxona katta (12,50x5,79 m) ibodat zalidan iborat bir nefli bazilikadir. Ibodatxonaning sharqiy devorida yarim doirasimon apsida bor. Uchinchi ibodatxonaning asosiy xususiyati uning devorlari favqulodda qalinligidadir. Shunday qilib, ibodatxonaning devorlari 2,05 metr qalinlikka ega. Biroq biroz avval qurilgan 2-sonli ibodatxonada devor qalinligi 1,30 metrdan oshmaydi. G. Mammadova devorlarning bunday qalin qurilishiga ibodatxona tepasidagi gumbazsimon ravoqni tutib turish hisobga olingan deb taxmin qiladi”

4-sonli ibodatxona 130px|thumb|left|Toʻrt sonli ibodatxonaning plani Toʻrtinchi ibodatxona 3-sonli ibodatxonaning xarobalari ustida qurilgan. Ibodatxona ikki turli vaqtda qurilgan qismlardan iborat: uchta kichik xonadan iborat qadimiyroq janubiy qism hamda cherkov va narteksdan iborat shimoliy qism. Cherkov vaqti kelib buzilgan yoki vakti oʻtib vayron boʻlgan uchinchi ibodatxona rejasini takrorlaydi. G. Mammadova taʼkidlaydiki, Mingechaur cherkov majmuasida ibodatxonalarning bir-birining loyihasini takrorlashi tasodifiy emas, balki qonuniyatdir. Bu Kavkaz Albaniyasida yangi ibodatxona qurilayotgan paytda qadimiy ibodatxona loyihasini saqlab qolish anʼanasi borligidan dalolat beradi. Beshinchi bino ibodatxonaga sharqiy tomondan tutashadi va tadqiqotchilar tomonidan ochiq galereya – atrium sifatida talqin qilinadiР.М.Ваидов – Мингечаур в III-IV веках (по материалам археологических раскопок), Баку, 1961, səh.104. Atriumi boʻlgan ilk Rim bazilikalaridan farqli oʻlaroq, Janubiy Kavkaz meʼmorchiligi uchun koʻproq yopiq galereyalar xarakterlidir. Mingechaur cherkov majmuasiga kiruvchi toʻrtinchi ibodatxonaning ochiq galereyasi mintaqada bunday atriumlarning noyob namunasidir.

Ibodatxonaning qadimiyroq boʻlgan janubiy qismi uch xonali boʻlib, tekis yogʻoch shift va gʻisht bilan yopilgan edi. Deraza va eshik chetlari nozik yogʻoch hoshiyaga ega boʻlgan. Ibodatxona, katta ehtimol bilan, yarim silindrik ravoq, altar qismi esa konxa bilan yopilgan. Bu yerda ham tashqi qoplama sifatida gʻishtdan foydalanilgan.

Oʻrganilishi

Majmuaga kiruvchi asosiy ibodatxona binosi gumbazsiz boʻlgan. Bunday choʻzilgan, gumbazsiz ibodatxonalar Albaniyaning ilk cherkov binolari hisoblangan. Xronologik nuqtai nazardan bunday obidalarning qurilishi IV asrda boshlanib, boshqa murakkabroq inshootlar bilan bir vaqtda davom etgan va VIII asrgacha meʼmorchilikda saqlanib qolganАсланов Г.М., Ваидов Р.М., Ионе Г.И. Древний Мингечаур. Баку 1959.

Ibodatxonaning davrimizgacha faqat xarobalari yetib kelgan va bu xarobalar ham arxeologik qazishmalar natijasida aniqlangan. Biroq ushbu xarobalar ham ushbu muhtasham cherkov haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradiВаидов Р.М. Археологические работы в Мингечауре в 1950 г. КСИИМК, ХLVI, 1952.

Topilmalar (Artefaktlar)

Mingechaurdagi VI asrga oid ibodatxonani qazish jarayonida tosh oʻymakorligi sanʼatining juda goʻzal namunalari boʻlgan ustun va kapitel qoldiqlari, deraza tirqishlari va hoshiyalari, devorlarning dekorativ bezak unsurlarida saqlanib qolgan holatda topilganГолубкина Т.И. Четыре кувшинных погребения из Мингечаура. //ДАН АзССР, 1956, № 3.Qazıyev S.M. Mingəçevirdə arxeoloji yadigarlar. MKA, I, Bakı, 1949. Ustunlarning tepa qismi, deraza oʻrinlarining hoshiyalari va ibodatxonaning boshqa meʼmoriy detallari asosan taqa shaklidagi ravoq koʻrinishida oʻyilgan, ustunlarning doirasimon poydevorlari esa qadimiy keramika hamda metal buyumlarni bezovchi qovurgʻasimon naqshlar bilan qoplanganДаниелян О.А. Парное погребение в кувшине из Мингечаура. //ДАН АзССР, 1959, № 3. Ibodatxona qurilishida oʻymakorlik sanʼatining bunday keng qoʻllanilishi, turli shakldagi devor bezaklari — buramalar, xonchalar, rasmlarning mavjudligi uning boy bezatilganini yana bir bor isbotlaydi.