Elnur Zabit oğlu Soltanov (1974-yil Mingechaurda tugʻilgan) — Ozarbayjon energetika vazirining oʻrinbosari.
Hayoti Elnur Zabit oğlu Soltanov Mingechaur shahrida tugʻilgan. Asli Zərdabning Məlikli qishlogʻidan boʻlgan. Uning otasi Zabit Soltanov 1970-yillarning taniqli garmon ijrochilaridan biri boʻlgan. U mashhur „Gecələr“ qoʻshigʻining muallifi boʻlgan boʻlsa-da, shu kungacha mualliflik huquqini tiklay olmagan. Uning hayoti murakkab kechgan boʻlib, 1981-yilda 10 yoshli akasidan, 1995-yilda otasidan, 2012-yilda esa oʻzidan kichik 31 yoshli ukasidan ayrilgan.
Taʼlimi Elnur Soltanov 2003-yilda Oʻrta Sharq texnika universitetida xalqaro munosabatlar yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan va 2009-yilda Texas texnologiya universitetida siyosatshunoslik fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
Faoliyati U 2000–2003-yillarda Turkiyaning Anqara shahrida Yevrosiyo strategik tadqiqotlar markazi (ASAM) huzurida tadqiqotchi lavozimida ishlagan. ADA universitetida Kaspiy energetikasi va atrof-muhit markazi direktori boʻlgan Elnur Soltanov universitetda faoliyat boshlashidan avval Truman davlat universitetida ishlagan. Shuningdek, u ADA universitetining „Diplomatik va xalqaro munosabatlar“ fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.
Elnur Soltanov 2018-yil 28-dekabrda Ozarbayjon energetika vazirining yangi oʻrinbosari etib tayinlangan. Yangi vazir oʻrinbosari Elnur Soltanov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 2018-yil 20-noyabrdagi 719-sonli farmoyishi bilan lavozimidan ozod etilgan Natiq Abbasovning oʻrnini egallagan.
Bundan tashqari, Elnur Soltanov BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 29-sessiyasida (COP29) Bosh ijrochi direktor lavozimida faoliyat yuritgan.
Manbalar
Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Mingechaurda tugʻilganlar