Elnar Tahir oğlu Karimov (1985-yilda Mingechaurda tugʻilgan) — Ozarbayjon futbolchisi va futbol murabbiyi. U darvozabon sifatida faoliyat yuritgan. Turkiya Havaskorlar ligasida 5 marta chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Hayoti va faoliyati Elnar Karimov 1985-yilda Ozarbayjonning Mingechaur shahrida tugʻilgan. Futbolda darvozabon pozitsiyasida oʻynagan Karimov 2000–2002-yillarda „Mingechaur“ bolalar futbol klubida Elbrus Ismayilov koʻmagida futbol sirlarini oʻrgangan.
2003–2004-yillarda „Ədliyyə“ klubida faoliyatini davom ettirgan.
2004–2005-yillarda „Xəzər Lənkəran“ klubi darvozasini qoʻriqlagan.
2005–2013-yillarda „Qəbələ“ klubi sharafini himoya qilgan.
2013-yilda „Karvan“ klubiga transfer qilingan. Biroq u ushbu klubda atigi uch oy faoliyat yuritganhttps://idmanxeber.az/qebelenin-sabiq-uzvu-kamran-agayevi-de-getirib-bura-qoysan-7-qol-buraxar/.
2014-yilda Turkiya Havaskorlar ligasida faoliyatini davom ettirgan. Uning yangi klubi „Ardahanspor“ boʻlganhttps://www.azerisport.com/m/az/futbol/20130517065257520.htmlhttps://korner.az/elnar-k%C9%99rimov-turkiy%C9%99-klubuna-transfer-olunub/. Ushbu klub tarkibida oʻzini koʻrsatgan Karimov 29 uchrashuvning 28 tasida maydonga tushgan. Shu sababli „Bartınspor“ klubi uni rasman transfer qilgan. Karimov Turkiyada jami 5 marta liga chempionligini qoʻlga kiritgan.
2018-yilda Mingechaurga qaytganidan soʻng, unga transfer taklifi kelmagani sababli futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
2019-yilda „Qəbələ“ futbol akademiyasida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
2021-yilda AFFAning murabbiylik boʻyicha C litsenziyasini olgan. 2022-yildan boshlab Mingechaur shahrida yosh futbolchilarni tayyorlash bilan shugʻullana boshlagan. 2022-yil 9-iyunda rasman „Mingəçevir“ klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat boshlaganhttps://sportline.az/post/mingechevrililere-shad-xeber >.
2023-yil 20-oktabrda „Mingəçevir“ va „Şamaxı“ klublari oʻrtasidagi uchrashuvda „Mingəçevir“ tarkibidagi darvozabonlardan biri diskvalifikatsiya qilingani, ikkinchisi esa qizil kartochka olgani sababli Karimov yana maydonga qaytib, darvozani qoʻriqlaganhttps://www.sportinfo.az/idman_xeberleri/1_divizion/182874.html.
2023-yil 5-dekabrda „Şamaxı“ klubiga darvozabonlar murabbiyi etib tayinlangan.
Manbalar
turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ozarbayjonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Ankara Bağlumspor futbolchilari Turkum:Sinopsor futbolchilari Turkum:Energetik FK futbolchilari Turkum:FC Adliya futbolchilari Turkum:Xazar Lankaran FK futbolchilari Turkum:Gabala SC futbolchilari Turkum:Karvan FK futbolchilari