Álex Calatrava Torrado (2000-yil 22-iyunda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Espanyol klubida qanot vingeri poozitsiyasida oʻynaydi.

Faoliyati

Kataloniyaning Barselona provinsiyasidagi Parets del Vallès munitsipalitetida tugʻilgan Calatrava oʻz faoliyatini „CF Damm“ klubida boshlagan. Keyinchalik u ikki yilni „Barselona“ning „La Masia“ akademiyasida oʻtkazib, soʻngra „Damm“ga qaytgan va „UA Horta“ jamoasi safida oʻynagan..

Calatrava asosiy jamoadagi debyutini 2018-yil 22-aprel kuni „Horta“ safida oʻtkazib, Tersera Divizioni doirasida „CE Europa“ga qarshi safar oʻyinining soʻnggi daqiqalarida maydonga tushgan va jamoasi 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan. Iyul oyida u „UE Sant Andreu“ga qoʻshilgan va yoshlar tarkibiga qaytgan,, keyingi yili esa Primera Katalana ligasidagi „CE Parets“ jamoasiga oʻtgan.

2020-yil 10-iyun kuni Calatrava toʻrtinchi divizion vakili boʻlgan „UE Sants“ bilan shartnoma imzoladi. Klub quyi ligaga tushib ketishdan saqlanib qolgan mavsumda asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlgan futbolchi 2021-yil 19-iyunda jamoani tark etdi.

2021-yil 1-iyulda Calatrava RFEF Primera Divizioni ishtirokchisi „UE Llagostera“ jamoasi bilan shartnoma tuzishga rozi boʻldi; klub oy oxirida oʻz nomini „UE Kosta Brava“ga oʻzgartirdi. Keyingi yilning 31-yanvarida u „Atletiko Madrid“ bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolab, Segunda Divizioni RFEFda oʻynaydigan zaxira jamoasi tarkibiga yuborildi.

2024-yil 11-iyulda erkin agent Calatrava Segunda Divizioniga yangi koʻtarilgan „CD Castellón“ klubiga qoʻshildi. U professional debyutini 17-avgust kuni oʻtkazib, „SD Eibar“ga qarshi safarda 1:0 hisobida kechgan magʻlubiyatli oʻyinda Oskar Gil oʻrniga maydonga tushdi.

Calatrava oʻzining ilk professional golini 2024-yil 1-sentyabrda urdi va safarda „Burgos CF“ ustidan 2:0 hisobida qozonilgan gʻalabada „Orelluts“ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. U 2025–26-yilgi mavsum davomida jamoa uchun 15 ta gol urdi (jumladan, 2026-yil 25-aprelda „Málaga CF“ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi), biroq klub pley-offda yuqori ligaga chiqish imkoniyatini qoʻldan boy berdi.

2026-yil 2-iyulda Calatrava La Liga jamoasi boʻlgan „RCD Espanyol“ bilan mish-mishlarga koʻra, taxminan 5 million yevro evaziga besh yillik shartnoma imzoladi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:CF Damm futbolchilari Turkum:UA Horta futbolchilari Turkum:UE Sants futbolchilari Turkum:Som Maresme FC futbolchilari Turkum:Atlético Madrileño futbolchilari Turkum:CD Castellón futbolchilari Turkum:RCD Espanyol futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Primera Federación futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Divisiones Regionales de Fútbol futbolchilari