Mexatronika muhandisligi (shuningdek, mexatronika deb ham ataladi) — mexanik, elektr va kompyuter tizimlarining sinergik integratsiyasi. U mashinasozlik, elektrotexnika, elektronika hamda informatika va kompyuter muhandisligidan foydalanadi. Bu soha robototexnika, informatika, telekommunikatsiya, tizimlar muhandisligi, boshqaruv muhandisligi, avtomatlashtirish va mahsulot muhandisligi uygʻunlashuvini oʻz ichiga oladi.

Vaqt oʻtishi bilan texnologiyalar rivojlangani sari muhandislikning turli tarmoqlari moslashishga va yangi sohalarga boʻlinishga erishdi. Mexatronikaning maqsadi ushbu turli quyi sohalarning har birini birlashtiradigan loyihaviy yechim yaratishdan iborat. Dastlab mexatronika sohasi shunchaki mexanika, elektr va elektronika birikmasidan boshqa narsa emas deb qaralgan, shu sababli uning nomi „mexanika“ va „elektronika“ soʻzlarining gibrididan kelib chiqqan. Biroq texnik tizimlarning murakkabligi rivojlanishda davom etgani sari bu taʼrif koʻproq texnik yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan holda kengaytirildi.

Koʻpchilik mexatronikaga avtomatlashtirish, robototexnika va elektromexanika muhandisligining sinonimi boʻlgan zamonaviy, ommabop atama sifatida qaraydiLawrence J. Kamm (1996). Understanding Electro-Mechanical Engineering: An Introduction to Mechatronics. John Wiley & Sons. .

Fransiyaning NF E 01-010 standarti ushbu sohaga quyidagicha taʼrif beradi: „mahsulotning funksionalligini oshirish va/yoki optimallashtirish maqsadida uni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonida mexanika, elektronika, boshqaruv nazariyasi hamda kompyuter ilmlarini sinergik integratsiyalashga qaratilgan yondashuv“Bolton, W. Mechatronics. Pearson, 6th edition, 2015. .

Tarixi 1951-yildayoq mechatronics soʻzi Servomechanisms, Inc. kompaniyasining reklamasida ishlatilgan. Bu haqida Nucleonics jurnalining 9-jildi, 3-soni, 99-betida koʻrish mumkin.

„Mechatronics“ soʻzi yaponcha-inglizcha muloqot muhitida paydo boʻlgan boʻlib, uni Yaskawa Electric Corporation muhandisi Tetsuro Mori oʻylab topgan. Ushbu soʻz 1971-yilda Yaponiyada kompaniya tomonidan „46-32714“ raqami ostida savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Keyinchalik kompaniya ushbu soʻzdan foydalanish huquqini jamoatchilikka taqdim etdi va atama dunyo boʻylab qoʻllana boshlandi. Hozirgi kunda bu soʻz koʻplab tillarga tarjima qilingan va ilgʻor avtomatlashtirilgan sanoat uchun muhim atama hisoblanadiMsc. Mechatronics and Automation Engineering, University of Strathclyde Glasgow, Institution of Engineering and Technology, United Kingdom. Retrieved 29 November 2020..

1980-yillarda axborot texnologiyalarining kirib kelishi bilan mexanik tizimlarga mikroprotsessorlar joriy etildi va bu ularning samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. 1990-yillarga kelib esa hisoblash intelektidagi yutuqlar mexatronikaga tatbiq etilib, sohada inqilob yasadi.

Tavsifi

Mexatronika muhandisi yanada sodda, tejamkor va ishonchli tizimni yaratish uchun mexanika, elektr, elektronika hamda kompyuter texnologiyalari tamoyillarini birlashtiradi.

Muhandislik kibernetikasi mexatronik tizimlarni boshqarish muhandisligi masalalari bilan shugʻullanadi. U bunday tizimni boshqarish yoki tartibga solish uchun qoʻllaniladi (boshqaruv nazariyasiga qarang). Oʻzaro hamkorlikda ishlash orqali mexatronik modullar ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshiradi hamda ishlab chiqarish tizimiga moslashuvchan va qayishqoq xususiyatlarni bagʻishlaydi. Zamonaviy ishlab chiqarish uskunasi boshqaruv arxitekturasi boʻyicha integratsiyalashgan mexatronik modullardan tashkil topadi. Eng mashhur arxitektura turlariga iyerarxiya, poliyarxiya, geterarxiya va gibrid shakllar kiradi. Texnik samaradorlikka erishish usullari boshqaruv algoritmlari orqali tasvirlanadi. Ushbu algoritmlarni loyihalashda formal usullardan foydalanilishi yoki foydalanilmasligi mumkin. Mexatronika uchun muhim hisoblangan gibrid tizimlarga ishlab chiqarish tizimlari, sinergik yuritmalar, tadqiqot roverlari (sayyorakezar apparatlar), bloklanishga qarshi tormoz tizimi (ABS) va sirpanishga qarshi yordamchi tizimlar kabi avtomobil quyi tizimlari, shuningdek, avtofokusli kameralar, videokameralar, qattiq disklar (HDD), CD-pleyerlar va telefonlar kabi kundalik uskunalar kiradi.

Manbalar

Adabiyotlar Bradley, Dawson et al., Mechatronics, Electronics in products and processes, Chapman and Hall Verlag, London, 1991. Karnopp, Dean C., Donald L. Margolis, Ronald C. Rosenberg, System Dynamics: Modeling and Simulation of Mechatronic Systems, 4th Edition, Wiley, 2006. Bestselling system dynamics book using bond graph approach. Cetinkunt, Sabri, Mechatronics, John Wiley & Sons, Inc, 2007

Zhang, Jianhua . Mechatronics and Automation Engineering. Proceedings of the International Conference on Mechatronics and Automation Engineering (ICMAE2016). Xiamen, China, 2016.

Qoʻshimcha oʻqish uchun Bishop, Robert H., Mechatronics: an introduction. CRC Press, 2006. De Silva, Clarence W., Mechatronics: an integrated approach. CRC Press, 2005 Onwubolu, Godfrey C., Mechatronics: principles and applications. Butterworth-Heinemann, 2005. Rankers, Adrian M., Machine Dynamics in Mechatronic Systems. University Twente, 1997

Havolalar IEEE/ASME Transactions on Mechatronics. Mechatronics Journal – Elsevier mechatronic applications and realisation List of publications concerning examples Institution of Mechanical Engineers - Mechatronics, Informatics and Control Group (MICG) NF E 01-010 2008 – AFNOR (French standard NF E 01-010 ) XP E 01-013 2009 – AFNOR (French standard NF E 01-013)

Turkum:Elektromexanika muhandisligi Turkum:Wasei-eigo