Falak al-Maoliy Manuchihr (; asosan, Manuchihr nomi bilan tanilgan; taxminan 1031-yilda vafot etgan) eng kechi 1012-yildan taxminan 1031-yilacha Ziyoriylar hukmdori boʻlgan. Shams al-Maoliy Qobusning oʻgʻliC. E. Bosworth, The Ghaznavids:994-1040, (Edinburgh University Press, 1963), 75..
Yoshlik davri Otasining hukmronligi davrida Manuchihr Tabariston hokimi etib tayinlandi. XI asr boshlarida qoʻshin ichidagi fitnachilar guruhi Qobusga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, poytaxt Goʻrgonni egallab olgach, Manuchihrga taxtga oʻtirishni taklif qildi. Manuchihr taxt vorisligini yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqib, bu taklifga rozi boʻldi va otasini Bastamgacha quvib bordi. Oxir-oqibat, Qobus oʻgʻlining foydasiga taxtdan voz kechishga rozi boʻlib, bir qal’aga chekindi, 1012-yilda oʻldirildi.
Hukmronligi Manuchihr taxtga chiqqach, unga Abbosiy xalifa al-Qodir tomonidan Falak al-Maoliy unvoni berildi. Oradan koʻp oʻtmay, Manuchihr Mahmud Gʻaznaviyning oliy hokimiyatini tan olibC. E. Bosworth, The Ghaznavids:994-1040, 75., uning qizlaridan biriga uylandi. U Gʻaznaviylar saroyiga qochib ketgan ukasi Daroni taxtga oʻtqazishga urinish sodir boʻlmasligi uchun ham shunday qilgan edi. Manuchihr Mahmudning Hindistonga yurishini amalga oshirishi uchun oʻlpon hamda daylamiy jangchilardan iborat harbiy boʻlinmalarini yuborganC. E. Bosworth, The Ghaznavids:994-1040, 75..
Daylamiy harbiy amaldor Ibn Fulad Qazvinni oʻz tasarrufiga olishni daʼvo qilib, 1016-yilda Buvayhiylar oliy hukmdori Majd ud-Davlaga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi. Majd ad-Davla uni Qazvin hokimi etib tayinlashdan bosh tortdi. Bu esa Ibn Fuladni Buvayhiylar poytaxti Ray atrofidagi qishloqlarga tahdid solishga majbur qildi. Shundan soʻng Majd ud-Davla Bavandiylar hukmdori boʻlgan vassali Abu Jaʼfar Muhammaddan yordam soʻradi. Abu Jaʼfar Ibn Fuladni yengib, uni Raydan chekinishga majbur qildi. Shundan keyin Ibn Fulad Manuchihrdan yordam soʻrab, buning evaziga Manuchihrning vassaliga aylanishga rozi boʻldi. Keyingi yili Ibn Fulad va Manuchihrning birlashgan qoʻshini Ray shahrini qamal qildi. Natijada, Majd ud-Davla Ibn Fuladni Isfahon hokimi etib tayinlashga majbur boʻldi. Isfahonning Buvayhiylarga vassal boʻlgan Kakuyiylar hukmdori Alauddavla Muhammad Ibn Fuladni magʻlub etib, ehtimol, jang chogʻida uni oʻldirdi.
Manuchihrning Gʻaznaviylar bilan munosabati har doim ham doʻstona boʻlmagan. 1028-yilda Majd ud-Davlaning mulklarini egallash uchun yoʻlga chiqqan Mahmud Ziyoriylar hududiga bostirib kirgan. Manuchihr qochishga majbur boʻlgan, soʻngra Mahmudga katta miqdorda pul toʻlagachgina yana taxt tepasiga qaytgan.
Manuchihr taxminan 1030-yilda vafot etganE. Merçil, p. 41. Uning oʻrniga oʻgʻli Anushirvon hokimiyatga kelgan. Anushirvon ham Gʻaznaviylarga oʻlpon toʻlashga vaʼda bergan.
Manbalar
Adabiyotlar
E. Merçil (1989). Gaznaviylar davlati tarixi (Gʻaznaviylar tarixi), Türk Tarih Kurumu, Ankara.
Havolalar
Turkum:1030-yilda vafot etganlar Turkum:Ziyoriylar sulolasi Turkum:Mozandaron ustoni Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:11-asr eroniylari