Abu Abdulloh Muhammad b. Ahmad b. Muhammad Ibn Gʼoziy al-Usmoniy al-Miknasiy () (1437–1513) tarix, islom huquqi, arab filologiyasi va matematika sohalarida faoliyat yuritgan Magʻriblik olim edi. U berber Kutama qabilasining Banu Usmon urugʻidan boʻlmish Miknasda tugʻilgan, ammo umrining asosiy qismini Fosda oʻtkazganÉvariste Lévi-Provençal, Les Historiens du Chorfa, Essai sur la littérature historique et biographique au Maroc, du XVIe au XXe siècle, (1922), pp. 224—30. Ibn Gʻoziy Miknas tarixiga oid uch jildli asar va Ibn al-Bannoning Munyat al-hussab risolasiga sharh yozgan. Ibn Gʻoziy oʻz sharhiga asoslangan yana bir risola — Bugʻyat at-tulab fi sharh munyat al-hussab („Hisobchining istagini sharhlashda talabalar orzusi“)ni yozgan. U bu asariga arifmetika va algebra usullariga oid boblarni kiritgan. Shuningdek, u molikiy mazhabidagi huquqiy masalalar va hukmlar haqida qisqa asar boʻlgan Kulliyot asarining muallifidirE. Levi-Provencal, Chorfa, p. 231.

Manbalar

Turkum:1437-yilda tugʻilganlar Turkum:1513-yilda vafot etganlar Turkum:Magʻriblik ulamolar