Hakim ibn Hizom () — islom paygʻambari Muhammadning sahobasi, paygʻambarning birinchi xotini Xadicha bint Xuvaylidning jiyani. Arabistonning Makka shahrida Fil yilidan 13 yil oldin tugʻilgan. Xadichaning akasi Hizom ibn Xuvaylid va Faxita bint Zuhayrning oʻgʻli. Savdodagi oʻtkir zehni va xayriya ishlari bilan tanilgan, yuqori hurmatga ega savdogar hamda Quraysh qabilasining muhim vakili boʻlgan. Makkaning fath etilishi chogʻida islomni qabul qilgan. Saxovatliligi bilan tanilib, 100 nafar qulni ozod qilgan va sadaqalar tarqatgan. Xadicha bilan yaqin qarindoshlik rishtalari hamda islom tarixida dastlabki musulmonlar jamoasiga qoʻshgan hissasi tufayli eʼtiborli sahobalardan biri hisoblanadi.

Oilasi Hakim paygʻambar Muhammadning birinchi xotini Xadichaning akasi Hizom ibn XuvaylidMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, p. 40. Albany: State University of New York Press. va uning ayoli Faxita bint Zuhayrning oʻgʻli boʻlgan. Faxita va Hizomning 10 nafar farzandi bor edi. Ular: Hakim (Faxita Ummu Hakim kunyasi bilan, Hizom esa Abu Hakim kunyasi bilan tanilgan), Hizom, Hishom, Xolid, Abdulloh, Yahyo, Ummu Hoshim (Hoshima), Ummu Amr (Amira), Ummu Sumaya (Sumaya), Ummu Xavla (Xavla).

U amakisi Avvom ibn Xuvaylidning qizi Zaynab bint al-Avvom ibn Xuvaylidga uylangan. Ularning Abdulloh, Xolid (Abu Xolid kunyasini undan olgan) va Yahyo ismli kamida 3 nafar oʻgʻli boʻlgan. Hakimning Hishom ismli toʻrtinchi oʻgʻli ham boʻlgan. Ayrim rivoyatlarda Hishomning onasi ham Zaynab boʻlganligi aytilsa, biroq boshqa bir rivoyatda Hishomni Qurayshning al-Horis urugʻiga mansub Mulayka bint Molik dunyoga keltirgani taʼkidlangan.

Yoshligi Hakim 589–592-yillardagi Fijor urushlarida ishtirok etgan. Uning otasi urushning ikkinchi bosqichida halok boʻlgan. Hakimning aytishicha, urushning uchinchi bosqichida Quraysh va Kinona qabilalari Qays qabilasini magʻlub etgan paytda u kamonchilar orasida paygʻambar Muhammadni koʻrganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 1. Translated by Haq, S. M. (1967). Ibn Saʼd’s Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume I Parts I & II, p. 144. Delhi: Kitab Bhavan.. Keyingi yili Quraysh Qays qabilasi bilan tinchlik shartnomasini yakunlagach, Hakim qon puli toʻlab berilguniga qadar Qays qabilasi huzurida qoldirilgan qirq nafar garovdagi kishilardan biri boʻlganIsmail ibn Umar ibn Kathir. Al-Sira al-Nabawiyya. Translated by Le Gassick, T. (1998). The Life of the Prophet Muhammad, vol. 1. Reading, UK: Garnet..

Hakim don savdosi bilan shugʻullanuvchi savdogarga aylangan va don narxlarining oʻzgarishidan foyda olish maqsadida savdo qilganMargoliouth, D. S. (1905). Mohammed and the Rise of Islam, 3rd Ed., pp. 67-68. New York & London: G. P. Putnam’s Sons.. U qabila oqsoqollari davrasida oʻtirganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.. Shuningdek, Kaʼbaga kelgan ziyoratchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlash huquqiga ega boʻlgan kishilardan biri boʻlgan. U keyinchalik paygʻambar Muhammadning asrab olgan oʻgʻli Zayd ibn Horisaningni dastlabki xaridori boʻlgan, Hakim uning uchun 400 dirham toʻlab sotib olgan va uni Xadichaga bergan. Xayriya ishlari qatorida u 100 nafar qulni ozod qilgan va sadaqa sifatida tarqatish uchun 100 ta tuya soʻyganBukhari 3:46:715.Muslim 1:225..

Uning uyi Xadijaning uyi bilan bir binoda joylashgan, amakisi Avvom ibn Xuvaylid ham ularga qoʻshni uyda yashagan. Shu sababli paygʻambar Muhammad Xadichaga uylanganidan soʻng Hakim uning yaqin qoʻshnisiga aylangan.

Ilk islom davri 610-yilda Muhammad oʻzini payg‘ambar deb eʼlon qilganida Hakim bunga unchalik katta qiziqish bildirmagan. U paygʻambarning na kuchli tarafdori va na unga qarshilar orasida boʻlgan.

Hoshim urugʻiga qarshi qamal paytida (616–619) Hakim ammasi Xadichaga un sotgani aytiladi. Hakim ammasiga unni yetkazib berish uchun yoʻlda ketayotganida Abu Jahlga duch kelgan. Abu Jahl uni toʻxtatib: „Hoshim urugʻiga oziq-ovqat olib ketyapsanmi? Oziq-ovqating ham, oʻzing ham bu yerdan ketishingdan oldin, seni Makka ahliga qoralayman!“ degan. Shunda Hakimning amakivachchasi Abu al-Baxtariy voqea joyiga kelib, nima boʻlganini soʻragan. U Abu Jahlga Hakimning ammasiga oziq-ovqatini yetkazib berishiga ruxsat berishi kerakligini aytgan. Ammo Abu Jahl baribir bunga rozi boʻlmagan va ular oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Abu al-Baxtariy tuyaning jagʻ suyagi bilan Abu Jahlni urib, uni yerga yiqitgan va uni tepganThe qualification „It is said“ is Ibn Ishaq’s..

Shunga qaramay, 622-yil sentyabr oyida (Xadichaning vafoti va ikkinchi Aqaba bayʼatidan keyin) Hakim Muhammadni oʻldirish rejasini tuzgan oqsoqollar kengashi aʼzolaridan biriga aylangan.

Hakim makkaliklar safida Badr jangida ishtirok etgan. Keyinchalik u bu haqida gapirishni istamaganMuhammad ibn Umar al-Waqidi. Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R. (2011). The Life of Muhammad. London & New York: Routledge.. Undan bu haqida batafsil maʼlumot berish soʻralganida u Badr tomon yurishni istamaganini, bu ishning barchasiga Shayton sababchi boʻlganini va jangda musulmonlarga yordam bergan farishtalarni koʻrganini aytgan. Abu Sufyonning karvoni qutqarib qolinganini eshitgach, Hakim Quraysh qabilasi vakillarini Muhammad paygʻambar bilan sulh tuzishga undagan. Biroq shunga qaramay, u Makkaga qaytib ketganlar orasida boʻlmagan. U jangda qatnashib, paygʻambar Muhammadning Quraysh jangchilariga bir hovuch mayda tosh otganiga va ularning magʻlubiyatga uchraganiga guvoh boʻlgan. Jang tugagani ayon boʻlib qolganidan keyin ham Hakim oldinga yurishda davom etgan. Oxir-oqibat, ikki amakivachchasi unga yetib olib, uni tuyalariga mindirib, uyiga olib ketgan.

Hakim 625-yilda Makkada Xubayb ibn Adiyning oʻldirilishiga guvoh boʻlgan. Xubayb oʻlimidan oldin qilgan duosida: „Ey Alloh, ularning barchasini hisobga ol va ularni birma-bir halok qil. Ulardan birortasini ham tirik qoldirma“, — degan. Hakim bu duodan shu qadar qoʻrqib ketganidan daraxt orqasiga yashirinib olgan.

Islomni qabul qilishi Quraysh qabilasi paygʻambar Muhammadning Makkaga yurish qilishini kutayotgan paytda Abu Sufyon Muhammad paygʻambarning harakatlari haqida maʼlumot toʻplash uchun tunda aygʻoqchilik qilgan. Hakim esa bu ishda unga yordam berganlardan biri boʻlgan. Biroq ular biror foydali maʼlumot topa olmagan. Muhammadning amakisi Abbos ibn Abdulmuttalib uning oldiga kelib, Muhammad paygʻambarning 10 000 kishilik qoʻshin bilan kelganini aytganida Hakim bundan qattiq hayratga tushgan. Abbos unga: „Islomni qabul qil! Men seni Allohning Rasuli huzuriga yetib borguningcha himoya qilaman, chunki u zotning huzuriga yetib bormasingdan oldin seni tilka-pora qilib yuborishlaridan qoʻrqaman“, — degan. Shundan soʻng Hakim Abbos bilan birga Muhammad paygʻambarning chodiriga borgan. U yerda Hakim soʻroq qilingan va shundan soʻng uning iymon keltirgani tasdiqlangan. Ertasi kuni Abu Sufyon makkaliklarga: „Ey Quraysh ahli, nega oʻzingizni halokatga duchor qilyapsiz? Kim uy-uyiga kirsa, omon qoladi. Kim qurolini tashlasa, u ham omon qoladi“, — deya eʼlon qilgan. Hakim bu ishda Abu Sufyonga yordam bergan. Shundan soʻng odamlar ularning chaqirigʻiga quloq solib, uylariga shoshilishgan. Oʻsha kuni Hakimning toʻrt oʻgʻli ham islomni qabul qilgan.

Hakim Muhammad paygʻambar bilan birga Hunayn jangida ishtirok etgan. Shundan soʻng, Muhammad paygʻambar yangi tarafdorlarining qalbini islomga moyil qilish maqsadida ularga hadyalar ulashayotganida Hakim oʻzi uchun dastlab 100 ta tuya, keyin yana 100 ta, soʻng yana 100 ta tuya soʻragan. Paygʻambar Muhammad uning har bir iltimosini bajargan. Biroq uchinchi hadyani berayotganida shunday degan: „Ey Hakim! Mol-dunyo shirin va jozibador yashillik kabidir. Kim uni koʻngil kengligi va saxiylik bilan olsa, bu mol uning uchun barakali boʻladi. Kim uni ochkoʻzlik, kibr va nafsini tiymagan holda olsa, bu uning uchun barakali boʻlmaydi. Bu xuddi yeb toʻymaydigan kimsaga oʻxshaydi. Beruvchi qoʻl oluvchi qoʻldan afzaldir. Ehson qilishni esa oʻz qaramogʻingdagilardan boshla!“ Shunda Hakim: „Shu ondan boshlab men hech kimdan hech narsa olmayman!“ — deb eʼlon qilgan. U dastlab berilgan 100 ta tuyani olib, joʻnab ketgan. Keyinchalik Umar unga hadyalar bermoqchi boʻlganida ham Hakim ularni qabul qilmaganSee also Nasaʼi 3:23:2532..

Keyinchalik Hakimning oilasi Madinaga hijrat qilib, oʻsha yerda istiqomat qila boshlagan.

Hayotining keyingi yillari 656-yilda uning amakivachchasi Zubayr ibn al-Avvom vafot etgan, Zubayrning 2 200 000 miqdorida qarzi (ehtimol, dirham) boʻlgan. Hakim uning oilasini bu qarzdan xalos qilishni taklif qilgan. Uning qancha maqdorda pul taklif qilgani maʼlum emas, chunki ular bu yordamni qabul qilmaganBukhari 1:202..

662-yilda Marvon Madina hokimi etib tayinlanganida Hakim uni rasman kutib olgan oqsoqollar safida boʻlgan.

Islomdan avval Hakim Makkaning shahar majlisi binosiga olib kiruvchi eshikni arzon narxda sotib olgan edi. Muoviya I hukmronligi davrida esa u bu eshikni 100 000 dirhamga sotgan. Xalifa Hakimni „oilasining shaʼnini yuz ming dirhamga sotganlik“da ayblagan. Hakim bunga javoban, oʻz davrida haqiqiy zodagonlik nasl-nasab bilan emas, taqvo bilan oʻlchanishini aytgan. Shuningdek, u sotuvdan tushgan mablagʻning barchasini xayriya qilishni rejalashtirganini, shu bois bu ishda hech kimga zarar yetmaganini taʼkidlagan.

Xalifa undan qanday taomlar isteʼmol qilishi haqida soʻraganida Hakim qarilik tufayli tishlari qolmaganini aytgan. Koʻp oʻtmay, Muoviya unga sut ichishi uchun bir tuya hamda qoʻshimcha pul yuborgan. Biroq Hakim pulni qaytarib, paygʻambar Muhammad vafot etganidan beri davlat xazinasidan oʻziga ajratilgan ulushni hech qachon olmaganini bildirgan.

Hakim ibn Hizom 674-yilda Madinada vafot etgan. Oʻsha vaqtlarda u oʻzining yoshini 120 da deb aytgan.

Yana qarang Sahobalar

Manbalar

Turkum:Sahobalar Turkum:Baqi qabristoniga dafn etilganlar