Sidi al-Halaviy masjidi (; ), shuningdek Sidi el-Halviy masjidi tarzida ham yoziladi — sunniy masjid va diniy majmua boʻlib, Jazoirning Tilimsan shahrida joylashgan.

Tarixi Masjid XIII asr oxirida Tilimsanga kelgan Sevillalik qozi Sidi al-Halviy nomi bilan tanilgan Abu Abdulloh ash-Shuzdiy sharafiga shunday nomlangan. U keyinchalik, tuhmat asosida uyushtirilgan fitna doirasida, sehr qilishda ayblangan va 1305 yoki 1337-yilda qatl etilgan. Uning nomi oqlangach, Mariniy sultoni Abu Inan uning maqbarasi yonida ushbu diniy majmuani hijriy 754-yilda qurdirgan.

Meʼmoriy tuzilishi Tarixiy majmua masjid, uning yonida qurilgan Sidi al-Halaviy maqbarasi va yoʻlning narigi tomonidagi tahoratxonasidan iborat. Majmua tarkibiga, shuningdek, hozirgacha saqlanib qolmagan madrasa va zaviyа ham kirgan. Maqbara sodda koʻrinishdagi inshootdir. Tahorat zali markaziy gumbaz bilan yopilgan boʻlib, unda hojatxonalar boʻlgan.

Sidi al-Halaviy masjidi Tilimsanda bundan oʻn yilcha avval Abu Inanning otasi Abu al-Hasan tomonidan qurilgan Sidi Abu Madyan masjidiga oʻxshash tarzda bunyod etilgan. Masjidning markazida favvorasi boʻlgan kvadrat sahn (hovli) mavjud. Hovlining atrofi ravoqlar bilan oʻralgan. Janubiy qismida esa namozgoh joylashgan boʻlib, u ustunlar va taqasimon ravoqlar yordamida beshta boʻlimga ajratilgan. Sidi Abu Madyan masjididan farqli ravishda, bu masjidda ravoqlar ustunlarga emas, oniksdan ishlangan kolonnalarga tayanadi. Bu kolonnalar, ehtimol, Abu al-Hasan tomonidan qurilgan al-Mansuradagi sobiq Gʻalaba saroyidan olib kelingan boʻlishi mumkin. Shunga oʻxshash kolonnalarning ayrimlari Sidi Abu Madyan maqbarasida ham uchraydi. Ehtimol, ularni ham xuddi shu davrda Abu Inan oʻsha yerga oʻrnatgan.

Janubi-sharqiy devorning oʻrtasida mehrob joylashgan. U kichik muqarnas gumbazi bilan yopilgan olti qirrali tokchadan iborat. Masjidning balandligi taxminan boʻlgan minorasi shimoli-gʻarbiy burchakda joylashgan. Uning tashqi devorlari bir-biriga tutashib ketgan sebka naqshlari bilan bezatilgan. Masjidning namozgohdagi ravoqlar atrofi va tashqi kirish qismidagi dastlabki bezaklarning qolgan qismi esa hozirgacha saqlanib qolmagan.

Yana qarang

Jazoirda islom Jazoirdagi masjidlar ro‘yxati

Manbalar

Turkum:Tilimsandagi masjidlar