Rękopis znaleziony w Saragossie (polyakcha: Rękopis znaleziony w Saragossie) – rejissyor Wojciech Has tomonidan 1965-yilda suratga olingan Polsha badiiy filmiPolska – Najlepsze filmy według wszystkich ankietowanych. Muzeum Kinematografii w Łodzi (2015-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.. Film Jan Potockining 1815-yilda yozilgan shu nomdagi romani asosida yaratilgan. Asosan Ispaniyada boʻlib oʻtadigan voqealar gotik, pikaresk va erotik elementlarni oʻz ichiga olgan ramkali hikoyani tashkil etadi. Napoleon urushlari davrida qarama-qarshi tomonlardagi ikki zobit boʻsh qolgan uydan qoʻlyozma topib oladi. Qoʻlyozmada ispan zobitining bobosi Alfonso van Wordenning (Zbigniew Cybulski) sarguzashtlari hikoya qilinadi. Van Worden yillar oldin bu hudud boʻylab sayohat qilib, yovuz ruhlarga duch keladi, shuningdek, qabbalist va loʻli kabi qahramonlar bilan uchrashadi. Ular unga bir-biriga chambarchas bogʻlangan boshqa hikoyalarni soʻzlab berishadi.
Film Polsha va sotsialistik Sharqiy Yevropaning boshqa qismlarida namoyish etilgandan soʻng nisbatan muvaffaqiyat qozondi. Keyinchalik Martin Scorsese va Francis Ford Coppola kabi kinorejissyorlar uni qayta kashf etib, ommalashtirganidan keyin AQShda ham tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻldi.
2015-yilda Lodz shahridagi Polsha kinematografiya muzeyi oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra, „Saragosmada topilgan qoʻlyozma“ barcha zamonlarning eng buyuk Polsha filmlari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egallagan.
Syujeti Napoleon urushlari davrida Aragonning Saragosa (Zaragoza) shahridagi jang paytida bir zobit mehmonxonaning ikkinchi qavatiga chekinadi. U yerda u ikki kishi dorga osilgan va ikki ayol yotoqda yotgani tasvirlangan katta kitobni topadi. Dushman zobiti uni hibsga olmoqchi boʻladi, biroq oxir-oqibat unga kitobni tarjima qilishga yordam beradi; ikkinchi zobit kitob muallifi oʻzining Valloniya gvardiyasida kapitan boʻlgan bobosi ekanligini tan oladi.
Shundan soʻng fleytbek orqali ikki xizmatkori bilan birga Sierra Morena togʻlari boʻylab eng qisqa yoʻlni qidirib yurgan ajdodi Alfonso van Worden haqidagi hikoya boshlanadi. Ikki kishi uni arvohlar yuradigan hududdan oʻtmaslik haqida ogohlantiradi. Goʻyo qarovsiz qolgandek koʻringan Venta Quemada mehmonxonasida uni yashirin xonada ikki mavr malikasi – Emina va Zibelda kechki ovqatga taklif qilishadi. Ular kapitanga oʻzlarining amakivachchalari ekanligini va Gomelez naslining oxirgi vakillari sifatida avlod qoldirish uchun ikkalasiga uylanishi kerakligini aytishadi. Biroq, buning uchun u Islom dinini qabul qilishi lozim. U xizmatkorlariga arvohlar yoʻq deb maqtanib yurgan boʻlsa-da, ularni hazillashib arvohlar deb ataydi. Malikalar uni oʻziga rom etib, bosh suyagi shaklidagi qadahdan ichishni berishadi.
U uygʻonganda oʻzini dor ostida bosh suyaklari uyumi yonida sahroda yotganini koʻradi. U yerda u jin ursin qilingan odamni davolamoqchi boʻlgan ermit-priest (choʻl rohibi) bilan uchrashadi; haligi odam oʻzining ikki opa-singil va taqiqlangan muhabbat bilan bogʻliq hikoyasini aytib beradi. Alfonso rohibxonaning cherkovida tunaydi va tunda gʻalati tovushlarni eshitadi.
U uygʻonib yoʻlga chiqqach, Ispan inkvizitsiyasi tomonidan hibsga olinadi. Uni ikki malika hamda Zoto birodarlarining toʻdasi qutqarib qoladi. Yashirin xonada malikalar Alfonso bilan ishqiy munosabatda boʻlishadi, biroq ularning suhbati kapitanni qadahdan ichishga majburlaydigan Shayx Gomelez tomonidan boʻlinadi.
Alfonso yana dor ostida uygʻonadi, biroq bu safar uning yonida qabbalist yotgan boʻladi. Ular qabbalistning qasriga otlanishar ekan, ularga skeptik matematik qoʻshiladi va shunday deydi: „Inson ongli ravishda ishlatilsa, har qanday narsani qabul qilishga tayyor“. Shu bilan filmning 1-qismi tugaydi.
2-qism asosan qasrga kelgan loʻlilar toʻdasi boshligʻi soʻzlab bergan ichki hikoyalardan iborat. Hikoyalar ichidagi hikoyalar murakkabligicha qoladi, chunki ayrim epizodlar bir-biriga chambarchas bogʻlanib ketadi. Syujetni yaxshiroq tushunish uchun filmni bir necha bor koʻrish tavsiya etiladiMartin Schell's Saragossa Manuscript website.
Nihoyat, Alfonsoga Venta Quemadaga qaytish buyuriladi va u yerda u ikki malika bilan uchrashadi. Ular u bilan vidolashishadi, Shayx esa unga oʻz hikoyasining oxirini yozishi uchun katta kitobni taqdim etadi. Shayx butun bu sarguzasht Alfonsoning xarakterini sinash uchun uyushtirilgan „oʻyin“ boʻlganini tushuntiradi.
Alfonso yana dor ostida uygʻonadi, lekin bu safar uning xizmatkorlari yaqinda turishardi – goʻyo u endigina „tush koʻrgan“ safar endi boshlanadigandek. Saragosadagi kichik mehmonxonada u kitobga yozishda davom etadi, toki unga ikki malika uni kutayotganini aytishmaguncha. U qah-qah otib kular ekan, kitobni chetga uloqtirib, malikalar yoniga otlanadi.
Rollarda Zbigniew Cybulski – Alfonse Van Worden Iga Cembrzyńska – malika Emina Elżbieta Czyżewska – Donna Frasquetta Salero Gustaw Holoubek – Don Pedro Velasquez Beata Tyszkiewicz – Donna Rebecca Uzeda Joanna Jędryka – malika Zibelda Bogumił Kobiela – Señor Toledo Zdzisław Maklakiewicz – Don Roque Busqueros Leon Niemczyk – Don Avadoro Barbara Krafftówna – Camilla de Tormez Stanislaw Igar – Don Gaspar Soarez Jan Machulski – graf Pena Flor Kazimierz Opaliński – ermit / shayx Janusz Kłosiński – Don Diego Salero Slawomir Lindner – Van Wordenning otasi Miroslawa Lombardo – Van Wordenning onasi Franciszek Pieczka – Pacheco Adam Pawlikowski – Don Pedro Uzeda Krzysztof Litwin – Don Lopez Soarez Jadwiga Krawczyk – Donna Inez Moro
Ishlab chiqarilish
Film Kraków-Częstochowa Upland, Częstochowa yaqinidagi Olsztyn qalʼasi va Wrocław shahrida suratga olingan.
Namoyish etilishi Film Polshada toʻliq holda 182 daqiqa davomiyligida chiqarilgan, biroq AQSh va Buyuk Britaniyada mos ravishda 147 va 125 daqiqagacha qisqartirilgan. AQShda uning tarqatilishi oʻziga xos qiyinchiliklarga uchragan, bir muncha vaqt uning huquqlari Chikagodagi qassobga tegishli boʻlgan. 1990-yillarga kelib dunyoda atigi bitta subtitrli nusxa qolgani aniqlangan va u ham toʻliq boʻlmagan.
Jerry Garcia 1966-yilda San-Fransiskoda filmni koʻrib, unga qiziqib qolgan. 1990-yillarda Garcia arxivchi Edith Kramerdan filmni topish va tiklashda yordam berishni soʻragan. Keyinchalik Martin Scorsese aralashib, rejissyorning shaxsiy nusxasini topish va qayta tiklashga mablagʻ ajratgan. 2001-yilda qayta tiklangan film VHS va DVD formatlarida ommaga taqdim etildi.
2011-yilda film Kino Polska tomonidan Polsha Kino Instituti koʻmagida HD formatida raqamli tarzda qayta tiklandi va Blu-ray disklarida chiqarildi.
Qabul qilinishi Rotten Tomatoes reytinq saytida 15 ta sharhga asoslanib 93% ijobiy baholangan.
Polshalik tanqidchi Michał Oleszczyk filmni oʻzining murakkab va jozibali tuzilishi bilan barcha davrlarning eng gʻaroyib epik kinolari sirasiga kirishini taʼkidlagan.
Manbalar
Tashqi havolalar
Turkum:1965-yil filmlari
Turkum:Polsha filmlari