Ziemia obiecana (polyakcha: Ziemia obiecana) – rejissyor Andrzej Wajda tomonidan Władysław Reymontning shu nomdagi romani asosida 1975-yilda suratga olingan Polsha dramatik filmi. 19th-century Lodz sanoat shahrida boʻlib oʻtadigan bu film polyak, nemis va yahudiyning kapitalizmning shafqatsiz dunyosida zavod qurish uchin kurashi haqida hikoya qiladiNiemitz and Steinberg, 2016: “Based on the novel by the Nobel Prize winner Władysław Reymont…”.

Wajda shaharning iflos va xavfli fabrikalari hamda didsiz va madaniyatsiz boylar qasrlarining hayratlanarli qiyofasini ochib beradi. Film Charles Dickens, Émile Zola va Maksim Gorkiy hamda ijtimoiy norozilikni aks ettirgan Knopf, Ludwig Meidner va George Grosz kabi nemis ekspressionistlari anʼanalarini davom ettiradiNiemitz and Steinberg, 2016: “The Promised Land...recreates the harsh environment of early capitalism in nineteenth century Łódź, an industrial town…expose[ing] the crudity and brutality associated with the ruthless pursuit of profit.”.

Amerikalik kinorejissyor Martin Scorsese filmni Polsha kinosining durdonalari qatoriga kiritgan va 2013-yilda uni Qoʻshma Shtatlar, Kanada va Buyuk Britaniyada namoyish etilgan Martin Scorsese Presents: Masterpieces of Polish Cinema festivali doirasida Kul va olmos, Innocent Sorcerers, Knife in the Water va Man of Iron kabi filmlar bilan birga tanlab olgan. 2015-yilda Lodz shahridagi Polsha kinematografiya muzeyi oʻtkazgan soʻrovnomada „Vaʼda qilingan yer“ barcha zamonlarning eng buyuk Polsha filmlari roʻyxatida birinchi oʻrinni egallaganNiemitz and Steinberg, 2016: “...considered one of the finest Polish films…”.

Syujeti Karol Borowiecki – zodagon oilasiga mansub boʻlib, Bucholz toʻqimachilik fabrikasida bosh muhandis boʻlib ishlaydi. U oʻz karyerasida juda shafqatsiz va moliyaviy qiyinchilikka uchragan oilasining qadimiy anʼanalariga befarq qaraydi. U nemis doʻsti Maks Baum va mustaqil yahudiy tadbirkor Moritz Welt bilan birgalikda oʻz fabrikasini ochishni rejalashtiradi. Borowiecki boshqa bir badavlat toʻqimachilik magnatining xotini Lucy Zucker bilan boʻlgan ishqiy munosabatlari orqali paxta bojxona tariflarining oʻzgarishi haqida oldindan xabar topadi va Weltga Gamburg fyuchers birjasida katta foyda koʻrishga yordam beradi. Biroq, ishni boshlash uchun koʻproq mablagʻ kerak boʻladi va uchala doʻst zarur kapitalni yigʻish uchun oʻz gʻururlarini bir chetga suradilar.

Fabrika ochilgan kuni Borowiecki Zuckerning xotini bilan boʻlgan munosabatini raqibining talabiga koʻra muqaddas katolika buyumi ustida qasamyod qilib inkor etishga majbur boʻladi. Shundan soʻng Borowiecki Lucyni Berlindagi surgunga kuzatib qoʻyadi. Lekin Zucker oʻxshash holatni tekshirish uchun josus yuboradi va uning xotiniga xiyonat qilganini bilib, Borowieckining yangi qurilgan va sugʻurtalanmagan fabrikasiga oʻt qoʻydirib qasos oladi. Borowiecki va uning doʻstlari barcha narsasidan ayrilishadi.

Film voqealari bir necha yil oldinga siljiydi. Borowiecki badavlat merosxoʻr Mada Müllerga uylanib, moliyaviy ahvolini tiklab oladi va oʻz fabrikasiga ega boʻladi. Biroq uning fabrikasida ishchilar tabaqasi ish tashlash uyushtiradi. Borowiecki namoyishchilar yigʻilgan xonaga tosh otgan ishchilarga qarata oʻq otish yoki otmaslikni hal qilishi kerak boʻladi. Unga shart-sharoitlarni oʻzgartirish hech qachon kech emasligi eslatiladi. Qaramogʻidagilarga hech qachon insoniy rahm-shafqat koʻrsatmagan Borowiecki shunga qaramay politsiyaga namoyishchilarga oʻq otishni buyuradi.

Rollarda Daniel Olbrychski – Karol Borowiecki Wojciech Pszoniak – Moritz Welt Andrzej Seweryn – Maks Baum Kalina Jędrusik – Lucy Zucker Anna Nehrebecka – Anka Bożena Dykiel – Mada Müller Andrzej Szalawski – Herman Bucholz Stanisław Igar – Grünspan Franciszek Pieczka – Mr Müller Kazimierz Opaliński – Maksning otasi Andrzej Łapicki – Trawiński Wojciech Siemion – Wilczek Tadeusz Białoszczyński – Karolning otasi Zbigniew Zapasiewicz – Kessler Jerzy Nowak – Zucker Piotr Fronczewski – Horn Jerzy Zelnik – Stein Maciej Góraj – Adam Malinowski Grażyna Michalska – Zośka Malinowska Włodzimierz Boruński – Halpern Danuta Wodyńska – Mrs Müllerowa Marian Glinka – Wilhelm Müller Jadwiga Andrzejewska – Mrs Bucholz Aleksander Dzwonkowski – Zajączkowski Zdzisław Kuźniar – Kaczmarek Halina Gryglaszewska – Mrs Malinowska Jerzy Obłamski – Mr Malinowski

Ishlab chiqarilish Kessler qasrining bogʻidagi bazm sahnasida aktrisalar sifatida toʻqimachilik fabrikasining ayol ishchilari ham qatnashgan. Sovuq boʻlgani uchun ularni biroz spirtli ichimlik bilan "isitishgan". Ikkinchi darajali rassom Andrzej Halinskining eslashicha: "Ular muhitga shunchalik berilib ketishganki, kerak boʻlganidan koʻra koʻproq yechinishgan".

Dastlab ishlab chiqarilish jarayonida Wajda tomoshabinlarga film gʻoyalarini tushunishga yordam berish uchun „Kommunistik manifest”dan iqtiboslar yozilgan taxtachalarni qoʻshishni oʻylagan. U polyak karikatchisi Jan Lenicaga sanʼat asarini tayyorlashni buyurtma qilgan, ammo keyinchalik bu taxtachalarga ehtiyoj yoʻq degan qarorga kelgan.

Filmdagi baʼzi sahnalar „Paxta qiroli“ Karl Wilhelm Scheiblerning villasida suratga olinganeubuildit .

Mukofotlar 1975-yilda boʻlib oʻtgan Moskva xalqaro kinofestivalida film Oltin mukofotni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u „Oskar“ mukofotiga ham nomzod boʻlgan.

Manbalar

Adabiyotlar Niemitz, Dorota. 2014. The legacy of postwar Polish filmmaker Andrzej Munk. World Socialist Web Site. 13 October, 2014. https://www.wsws.org/en/articles/2014/10/13/munk-o13.html Retrieved 08 July, 2022.

Havolalar