Banu Asad () — arab qabilasi, kelib-chiqishi Asad ibn Xuzaymaga borib taqaladi. Adnoniy arablar boʻlib, kuchli va nufuzli qabilalardan biri hisoblanadi. Banu Asad qabilasini koʻplab arab qabilalari hurmat qilgan. Shuningdek, ular shialar orasida ham hurmatga sazovor, buning sabablaridan biri qabila vakillari Husayn ibn Alining jasadini, uning oilasi (Ahl ul-Bayt) va hamrohlarini Husaynning oʻgʻli Ali ibn Husayn Zayn al-Obidinning yordami bilan dafn etgan. Karbalo jangida shahid boʻlganlarning koʻplari ham shu qabila vakili boʻlgan. Bugungi kunda qabila vakillarining koʻpchiligi Iroqning Basra, Najaf, Kufa, Karbalo, Nosiriya, Amora, Kut, Hilla, Diyala va Bagʻdod shaharlarida yashaydi. Banu Asad qabilasining Shimoliy Sudanda yashovchi bir tarmogʻi Banu Kahil deb ataladi. Ular Banu Asad qabilasidan tarqalgan boʻlib, Hijozdan Sudanga koʻchib borgan. Shuningdek, qabila vakillari Eronning Xuziston viloyati Ahvoz shahrida ham istiqomat qiladi. Ular bu hududda qoʻshni Banu Tamim, Bani Molik, Banu Kaʼb va boshqa mashhur arab qabilalari bilan qoʻshni hududlarda yashaydi.

Nasabi Bani Asad qabilasi nasl-nasabi Asad ibn Xuzayma ibn Mudrika ibn Ilyos ibn Mudar ibn Nizor ibn Maʼd ibn Adnon… ibn Qedar ibn Ismoil (Ismoil) ibn Ibrohimga (Ibrohim) borib taqaladigan arab qabilasidir.

Bugungi kunda ham mavjud Asad qabilasi Mudar (mudariylar) avlodidan, aniqrogʻi Xuzayma naslidan kelib chiqqan. Shu sababli ular islom payg‘ambari Muhammadning qarindoshlari hisoblanadi. Banu Asad va paygʻambar Muhammadning nasabi Xuzayma ibn Mudrika ibn Ilyos ibn Mudarga borib taqaladi.

Tarixi

Merosi VI asrda Banu Asad Kinda podshohligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Banu Asad vakillari Kinda podshosi Hujrni oʻldirgan. Hujr Kindaning soʻnggi podshohi Imru al-Qaysning otasi edi. Bu hodisa Kinda va (ular tomonida boʻlgan Banu Tagʻlib kabi ayrim qabilalar yordamida) Banu Asad oʻrtasida uzoq davom etgan urushning boshlanishiga sabab boʻlgan. Himyariylar podshohligi bu urushda Imru al-Qaysga yordam bergan. Urush natijasida Kinda podshohligi barham topgan va Imru al-Qays Najd mintaqasini tark etishga majbur boʻlgan. Mashhur arab muʼallaqiy shoiri Obid ibn al-Abros Banu Asad qabilasiga mansub boʻlib, Hujrning oʻldirilishini sheʼrlarida faxr bilan tilgan olgan. Namara bitiktoshida al-Hira podshohi Imru al-Qays I ibn Amr Banu Asadning 2 nafar qabila boshligʻini oʻldirgani qayd etilgan. Bu voqea Ibn Isʼhoq asarida ham tilga olingan Alt URL.

Iroqqa koʻchishi Banu Asad VII asrda Iroqning Kufa shahriga koʻchib oʻtgan. Ular Kufa va Karbalo yaqinida Furot daryosi boʻylarida, shuningdek, Basra va Ahvozda Banu Tamim qabilasi bilan qoʻshni hududlarda yashagan. Banu Asad Tuya jangida Ali va uning qoʻshini tomonida ishtirok etgan. Paygʻambar Muhammad va Alining koʻplab sahobalari Banu Asad qabilasidan boʻlgan. Bani Asad qabilasi Iroqning Karbalo shahrida hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni (milodiy 680-yil 9 yoki 10-oktyabr) boʻlib oʻtgan Karbalo jangida Husayn ibn Ali tarafida ishtirok etganKarbala: Chain of events Section — The Battle. Qabila vakillarining koʻpchiligi ushbu jangda Husayn bilan birga halok boʻlgan.

Banu Asadning Mazyadiylar amirligi 998-yilda Banu Asad qabilasi yetakchisi Ali ibn Mazyad Iroqning Kufa hududida amalda deyarli mustaqil Mazyadiylar davlatini barpo etgan. Kuchli qabila qoʻshiniga tayangan Mazyadiylar bu hududda qariyb bir yarim asr davomida katta taʼsirga ega boʻlgan. Harbiy xizmatlari evaziga Buvayhiylar ularga turli unvonlar va taʼminotlar taqdim etgan. Ularning eng katta yutuqlaridan biri Iroqdagi yirik shaharlardan biri boʻlgan Hilla shahriga asos solishi boʻlib, shahar 1101-yilda Mazyadiylar davlatining poytaxtiga aylangan George Makdisi, Notes on Ḥilla and the Mazyadids in Medieval Islam, Journal of the American Oriental Society, Vol. 74, No. 4 (Oct. — Dec., 1954), pp. 249 262. „Mazyadiy“ nomining kelib chiqishi olim, hadis roviyi va kimyogar Mazyad ibn Mixlad as-Sadaqa nomli bilan bogʻliq.

Karbalo jangi shahidlari Habib ibn Muzohir (chap qanot qoʻmondoni), Muslim ibn Avsaja al-Asadiy, Uns ibn Hars Asadiy, Qays ibn Masher Asadiy, Abu Samoma Umru ibn Abdulloh kabi Banu Asad qabilasi vakillari Karbalo jangida shahid boʻlgan.

Dafn Muharram oyining 13-kuni, yaʼni qirgʻindan 3 kun oʻtib, Karbalodagi Banu Asad qabilasi vakillari Husayn, uning oilasi va hamrohlarining jasadlarini dafn etganlar. Banu Asad qabilasi boshqa shia arab qabilalari tomonidan keng hurmat qilinadi. Shuningdek, Oʻn ikki imom shia oqimining 4-imomi Ali ibn Husayn Zayn al-Obidin Banu Asad qabilasiga Karbalo jangida shahid boʻlganlarning jasadlarini dafn etishda yordam bergan. Shuningdek, u Banu Asad vakillariga otasi Husayn ibn Ali, Ahl ul-Bayt va uning sahobalarining jasadlarini aniqlashda koʻmaklashgan.

Boshqa qabila va urugʻlari Janubiy Iroqda koʻp asrlar avval Banu Asad qabilasiga qoʻshilgan sayyidlar ham bor. Shuningdek, Banu Asadning yana boshqa qabilalari va urugʻlari ham mavjud.

Yetakchi shaxslar Habib ibn Muzohir al-Asadiy Muslim ibn Avsaja al-Asadiy Hafs ibn Sulaymon al-Asadiy Diror ibn al-Azvar al-Asadiy Maysam at-Tammar al-Asadiy Vobisa ibn Maʼbad al-Asadiy Al-Kumayt ibn Zayd al-Asadiy Usmon ibn Said al-Asadiy Muhammad ibn Usmon al-Asadiy Osim ibn Abu an-Najud al-Asadiy Voliba ibn al-Hubob al-Asadiy

Yana qarang Muhammad janglari roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar Wiesenhöfer, Josef. Ancient Persia. 231–235-betlar. . Ashuroda Bani Asad. https://web.archive.org/web/20170330190328/http://al-hakawati.net/english/Culture_Traditions/bani_asad.asp

Turkum:Mudar Turkum:Arabiston qabilalari Turkum:Saudiya Arabistoni qabilalari Turkum:Iroq qabilalari Turkum:Yaman qabilalari