Suxrob Turakulovich Norkulov (1990-yil 30-may) — iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Turon fanlar akademiyasi akademigi.TDTU rasmiy sayti / Ilmiy darajalar haqida 2019–2023-yillarda Transport vazirligi huzuridagi O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi direktori, 2022-yilda Transport vazirligi huzuridagi “UZAUTOTRANS SERVICE” bosh direktori v.v.b. bo‘lib ishlagan. 2026-yildan “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvi raisining ilmiy-innovatsion rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Toshkent davlat transport universiteti prorektori.Toshkent metropoliteni rasmiy xabari
Mukofotlari va unvonlari 2008-y. — Sportning milliy kurash turi bo‘yicha 1-darajali ustasi 2022-y. — “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni 2024-y. — Oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni 2026-y. — Turon fanlar akademiyasi akademigi
Mehnat faoliyati 2005–2006-yy. — "Sariosiyo Sharob" XJ mexanika sexi yordamchi payvandchisi 2006–2008-yy. — Mirobod transport kasb-hunar kolleji oʻquvchisi 2008–2010-yy. — "Toʻlqin Avazbek" fermer xoʻjaligi 3-razryad payvandchisi 2010–2011-yy. — MXX qarashli 77361-harbiy qismda muddatli harbiy xizmat 2011–2015-yy. — Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti talabasi 2015–2018-yy. — Yashnobod temir yoʻl kasb-hunar kolleji maxsus fan oʻqituvchisi, transport vositalaridan foydalanish va taʼmirlash boʻlimi mudiri 2018–2019-yy. — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzdavtemiryoʻlnazorat" davlat inspeksiyasining oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi istiqbolli rivojlanish boʻlimi boshligʻi, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari 2019–2023-yy. — Transport vazirligi huzuridagi Oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi direktori 2022–2022-yy. — Transport vazirligi huzuridagi "Uzautotrans Service" bosh direktori v.v.b. 2022–2024-yy. — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi (doktorantura PhD) mustaqil izlanuvchisi 2024–2025-yy. — Toshkent davlat transport universiteti (doktorantura DSc) mustaqil izlanuvchisi 2024-y. – h.v. — Toshkent davlat transport universiteti Korporativ boshqaruv kafedrasi dotsent v.b., dotsent, professor v.b., professor (oʻrindoshlik boʻyicha) 2023–2026-yy. — Transport vazirligi huzuridagi "Toshkent metropoliteni" DUK boshligʻining ilmiy-innovatsion rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Toshkent davlat transport universiteti prorektori 2026-y. – h.v. — "Toshkent metropoliteni" AJ boshqaruvi raisining ilmiy-innovatsion rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Toshkent davlat transport universiteti prorektori
Asosiy ilmiy ishlari Norkulov 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan 1 ta darslik, 1 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta monografiya, xalqaro va respublika jurnallarida chop etilgan maqolalar hamda konferensiya tezislari.Toshkent davlat transport universiteti. S.T.Norkulovning ilmiy ishlari roʻyxati, 2026. Ilmiy faoliyati transport iqtisodiyoti, metropoliten transportining iqtisodiy samaradorligi va taʼlim sohasini raqamlashtirish masalalariga bagʻishlangan.
Darslik va oʻquv qoʻllanmalar Transport iqtisodiyoti. Darslik. — Toshkent, 2025. — 447 b. — ISBN 978-9910-11-134-1. Transport iqtisodiyoti. Oʻquv qoʻllanma. — Toshkent, 2024. — 291 b. — ISBN 978-9910-08-301-3.
Monografiyalar Metropoliten transportida yoʻlovchi tashish faoliyati: muammo va yechimlar. — Toshkent, 2024. — 270 b. — ISBN 978-9910-08-477-5. Taʼlim muassasalarini raqamlashtirish asosida samaradorligini oshirish. — Toshkent, 2024. — 151 b. — ISBN 978-9910-08-271-9. Transport iqtisodiyoti uchun sanoat korxonalar va ularning iqtisodiy samaradorligi. — Toshkent, 2024. — 131 b. — ISBN 978-9910-08-552-9. Transport infratuzilmasining iqtisodiy taʼsiri: jamoat transportining shahar iqtisodiyotidagi oʻrni. — Toshkent, 2024. — 120 b. — ISBN 978-9910-08-551-2.
Tanlangan maqolalar The Impact of Metropolitan Transport on the Socio-Economic Development of the Country: Efficiency, Infrastructure and Environmental Aspects // Frontline Marketing, Management and Economics Journal. — 2025. — Vol. 5, Issue 1. — P. 45–54. — DOI: 10.37547/marketing-fmmej-05-01-05. The strategic importance of Tashkent metropolitan transport in the context of urbanization // Journal of Management and Economics. — 2025. — P. 38–43. Metropoliten transport tizimini rivojlantirishda xorijiy tajribaning ahamiyati va Oʻzbekiston uchun tavsiyalar // Journal of Transport. — 2026. — Vol. 3, Issue 2. — B. 156–162. Metropoliten – urbanizatsiyaning strategik drayveri // Xalq soʻzi. — 2025. — 4-iyun. — № 112 (9007). Метрополитен – мощный драйвер урбанизации // Народное слово. — 2025. — № 112 (8956). МАҚОЛА НОМИ // Народное слово. — 2025. — № 117 (8961).
Manbalar