Menutis – () — Qadimgi Misrdagi muqaddas shahar boʻlib, maʼbuda Isida hamda xudo Serapis eʼtiqodiga bagʻishlangan. Shahar tabiiy falokatlar — zilzilalar yoki Nil daryosining toshishi va tuproqning suyuqlashishi natijasida taxminan m.av. II asr oxirida suv ostida qolgan va gʻarq boʻlganGoddio, F., Fabre, D. eds: Egypt's Sunken Treasures, 2nd revised and updated edition, pp26-48, 2008 Prestel Verlg Munich ISBN 978-3-7913-3970-2.
Nomi Shaharning nomi katta ehtimol bilan Isida maʼbudasining („Gorning onasi“ yoki „Xudoning onasi“) degan sifatlashidan kelib chiqqan.
Diniy ahamiyati Rim imperiyasi davrida Menutis Isida maʼbudasining bashoratlar beruvchi va shifo bagʻishlovchi markazi sifatida tanilgan va unga juda keng hududlardan ziyoratchilar kelishgan. Shahardagi Isida ibodatxonasi ierogliflar bilan bezatilgan va diniy haykallarga ega boʻlgan. 391-yilda Rim imperiyasida majusiylarni quvgʻin qilish davrida shaharning Serapeum ibodatxonasi vayron qilingan, keyingi yili esa Isida ibodatxonasi yopilgan hamda qisman buzib tashlangan. 413-yilda Patriarx Feofil ushbu ibodatxona roʻparasida Toʻrt xushxabarchiga bagʻishlangan xristian ziyoratgohini barpo etdi. Aleksandriyalik Kirill avliyolar Kir va Ioannning xoklarini Iskandariyadan bu yerga koʻchirib keltirdi.
V asr davomida Isida ibodatxonasidan qurbonliklar va shifo topish marosimlari uchun foydalanish davom etgan. Vaqt oʻtishi bilan ibodatxonaning anʼanaviy shifo bagʻishlash vazifasi xristian ziyoratgohiga oʻtdi. Avliyo Kirill majusiy maʼbudaga sigʻinuvchilarni xristian ibodatxonasiga jalb qilish maqsadida avliyolarning xokini bu yerga joylashtirgan edi. Keyinchalik bu ziyoratgoh Yaqin Sharqda mashhur boʻlib, shahar Avliyo Kir sharafiga(keyinchalik Abu Qir) nomi bilan atala boshlandi.
Ibodatxona 484-yilda butunlay buzib tashlandi va 488–489-yillarda shahardagi barcha klassik xudolarning haykallari yoʻq qilindi. V asr oxiriga kelib xristian ziyoratgohi ibodatxona oʻrnini egalladi va VI–VII asrlarda xristian Misrining eng asosiy ikki ziyorat markazidan biriga aylandi.
Madaniyati „Menouthis“ — E.S. Posthumus musiqiy guruhi tomonidan qadimgi shahar sharafiga bagʻishlab yaratilgan musiqiy kompozitsiya nomi.
Manbalar
Qoʻshimcha oʻqish uchun
Turkum:Qadimgi Misr shaharlari