Sehel oroli () — Nil daryosidagi orol boʻlib, Misrning janubidagi Asvon shahridan taxminan 3,2 km janubi-gʻarbda joylashgan. U shahar va oqim yuqorisidagi Asvon quyi toʻgʻoni oraligʻida joylashgan yirik oroldirAswan area map, Planetware.com, web JPEG image: PW.
Geografiyasi Nil kengligining taxminan uchdan toʻrt qismini egallagan Sehel oroli, Nilning Birinchi oqimi va Asvon quyi toʻgʻonidan (1902) quyi qismdagi asosiy katta orol hisoblanadi. Oqim boʻylab Seheldan keyin Saluga, Ambunarti, Elefantina va Kitchner oroli kabi yirik orollar joylashgan. Ularning atrofida yana oʻndan ortiq kichik orollar tarqalgan.
Arxeologik topilmalar
Orol qadimgi manbalarda Setet nomi bilan mashhur boʻlgan. Bu yerda koʻplab arxeologik yodgorliklar va muqaddas qadamjolar, jumladan, Nil oqimlari va suv maʼbudasi Anuket ibodatxonasi joylashgan.
Sehel Qadimgi Misrning turli davrlarida ishlatilingan granit tosh koni boʻlgan. Orolning granit qoyalarida koʻplab yozuvlar va bitiklar saqlanib qolgan. Bu bitiklar odatda Nubiyaga sayohat qilgan yoʻlovchilar tomonidan ularning safari boshlanishi yoki tugashini belgilash uchun qoldirilgan. Shuningdek, qadimgi tarixiy voqealarni aks ettiruvchi mashhur bitiklar ham bor. Ulardan biri — Yunon-Rim davriga oid boʻlsa-da, Joser va Imxotep davridagi voqealarni tasvirlaydigan ocharchilik stelasidir.
Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Misrdagi arxeologik maskanlar Turkum:Misr orollari