Olmachi — O‘zbekistonning Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini.
Tarixi
Olmachi nomi yuz urugʻining parchayuz boʻgʻini, uch tamgʻali tarmogʻiga mansub olmachi shahobchasi nomidan kelib chiqqan. X. Doniyorovning 1968-yilda nashr etilgan „Oʻzbek xalqining shajara va shevalari“ kitobida ham olmachi oʻzbek etnonimlari roʻyxatida qayd etilgan.Doniyorov X. Oʻzbek xalqining shajara va shevalari. Toshkent: Fan, 1968. 80-bet. A.H. Pardayev va F.Sh. Akchayev keltirgan etnografik tasniflarda Olmachi parchayuz tarkibida, ayrim shajaralarda esa uning uch tamgʻali tarmogʻi orqali koʻrsatilgan.Пардаев А.Х., Акчаев Ф.Ш. Этнополитические процессы Джизакского оазиса в XVI–XIX вв. // Политическая коммуникация в Евразии (XV–XIX вв.). 2021. 22–33-betlar; Olmachi haqidagi maʼlumotlar: 23–26-betlar. DOI: 10.25205/978-5-4437-1280-2-22-33.
Mahalla keksalaridan yozib olingan maʼlumotlarga koʻra, olmachiliklar Jizzaxga Zominning janubi-sharqida joylashgan Olmachi qishlogʻidan koʻchib kelgan. A.H. Pardayev ushbu koʻchishni XVIII asrning ikkinchi yarmiga, Doniyolbiy va Shohmurod davrlarida shaharlarga aholi koʻchirish siyosatiga bogʻlaydi. Jamoaning dastlabki manzili Jizzax Oʻrdasidan qariyb 1,5 kilometr janubdagi Toshloq mavzei boʻlgan.Pardayev A.H. Jizzax shahrining etnik nomlar bilan ataluvchi mahallalari tarixidan // Jizzax vohasi — Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida (qadimgi davrlardan hozirgi kungacha). Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Jizzax, 2020. 243–248-betlar; Olmachi boʻlimi: 243–245-betlar. Pardayev va Akchayevning 2021-yilgi maqolasida dastlab vafot etgan qishloqdoshlar Toshloqning shimoli-sharqidagi „Xoʻja mozor“ qabristoniga dafn etilgani qayd etilgan.
Pardayevning talqiniga koʻra, 1866-yilda Jizzaxning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi hamda Sangzor daryosining janubida yangi shahar va harbiy inshootlar qurilishi natijasida olmachiliklar Toshloqdan keyingi mahalla oʻrniga koʻchgan. 2021-yilgi maqolada Toshloqdan keyingi joylashuv Xayrobod qishlogʻining sharq tomoni bilan ham bogʻlab tasvirlangan.
Olmachi aholisi dastlab chorvachilik, bogʻdorchilik va qisman lalmi dehqonchilik bilan shugʻullangan. Jizzaxda muqimlashgach, xoʻjalikda gʻallakorlik yetakchi oʻringa chiqqan, bogʻdorchilik davom etgan, chorvachilik esa yordamchi tarmoqqa aylangan. Tadqiqotlarda olmachiliklarning Jizzax Oʻrdasi ichida alohida mahalla yoki guzari boʻlmagani qayd etiladi.
Pardayev mahalliy axborotchilar maʼlumotlariga tayanib, Olmachi aholisining Almat, Mamir, Qiymat, Uyas, Baymoqli va Solin nomli olti toʻpga boʻlinishini yozadi. Muallif Baymoqli vakillari Olmachi bilan birga Jizzaxga koʻchib, uning tarkibiga singganini taʼkidlaydi. Pardaboy Sattorovdan yozib olingan maʼlumotlarda olmachiliklarning Oʻratepa yaqinidagi Nijoni qishlogʻida yashovchi eshonlarga muridlik aloqasi va ularga nazr-niyoz olib borish anʼanasi ham tilga olingan.
Ma’muriy hududi
Olmachi mahalla fuqarolar yig‘ini Sharof Rashidov tumani hududida joylashgan. 2024-yilgi saylov uchastkalari chegaralari to‘g‘risidagi rasmiy hujjatda Olmachi MFY hududi ikki saylov uchastkasiga bo‘lingan.
207-saylov uchastkasiga Olmachi mahallasining Shahriston, Mumtoz, Olmachi, Bog‘bon, Nasaf, Sofdil, Adolat, Gulchilar, Zakovat, Talimarjon, Chig‘atoy, Parvoz va Malak ko‘chalaridagi turar joylar kiradi. 208-saylov uchastkasiga esa Olmachi shunqorlari, Bog‘inur, Miroblar va Yangi-nur ko‘chalaridagi turar joylar kiritilgan.
Ta’lim
Mahallada Sharof Rashidov tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi joylashgan. 2024-yilgi saylov hujjatlarida maktab manzili Olmachi MFY, Ziyolilar ko‘chasi, 18-uy sifatida ko‘rsatilgan. 207 va 208-saylov uchastkalari ham shu maktab binosida joylashtirilgan.
Iqtisodiyot
Olmachi hududida gulchilik, ko‘chatchilik va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq faoliyat rivojlangan. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hududdagi «Olmachi shunqorlari» ishlab chiqarish kooperatsiyasi gul, maysa, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullangan. Kooperatsiya faoliyatiga yoshlar ham jalb qilingan.
Infratuzilma
Olmachi hududidagi irrigatsiya tizimida «Olmachi» kanali muhim o‘rin tutadi. 2025-yilda kanalda betonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. O‘zbekiston Milliy axborot agentligining ma’lumotiga ko‘ra, loyiha doirasida kanalning dastlabki 600 metr qismida beton ishlari yakunlangan. Loyiha suv yo‘qotilishini kamaytirish va sug‘orish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Harbiy infratuzilma
Olmachi hududida harbiy qism ham joylashgan. 2024-yilgi saylov hujjatlarida 25931-sonli harbiy qism uchun alohida yopiq saylov uchastkasi qayd etilgan.
Mahalliy vakillik
Olmachi Sharof Rashidov tumani Kengashidagi saylov okruglaridan birining tarkibiga kiradi. Tuman Kengashining rasmiy ma’lumotlarida Olmachi boshqa yaqin mahallalar bilan birgalikda deputatlik okrugi tarkibida ko‘rsatilgan.
Shuningdek qarang
Sharof Rashidov tumani Jizzax viloyati Mahalla
Manbalar
Turkum:Jizzax viloyati Turkum:Sharof Rashidov tumani Turkum:O‘zbekiston mahallalari