thumb|right|Kolett Burgonye 2019-yilda Order of Sport mukofotini topshirish marosimida. Kolett Burgonye (; 1962-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik Paralimpiya changʻi poygachisi va yengil atletika sportchisi. Burgonye metis hisoblanadi. U Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida toʻrtta bronza medalini hamda Qishki Paralimpiya oʻyinlarida changʻi poygalari boʻyicha medallarni qoʻlga kiritgan. Burgonyening 2010-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlarida sit-skida uchish boʻyicha 10 km masofada olgan kumush medali Kanadaning oʻz uyida oʻtgan oʻyinlardagi birinchi medali boʻlganNewswire.

U oʻrindosh jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi va hozirda Prins-Albert shahrida istiqomat qiladi. Kolett sharafiga Saskatun shahridagi boshlangʻich maktabga uning nomi berilgan. 1997-yilda Porkupayn-Pleyinda uni muvaffaqiyatli paralimpiyachi sifatidagi xizmatlarini eʼtirof etuvchi yodgorlik oʻrnatilgan. 2019-yilda u „Order of Sport“ ordeni bilan mukofotlanib, Kanada sporti shon-sharaf zaliga kiritilgan, shuningdek, 2021-yilda Saskachevan sporti shon-sharaf zali aʼzosiga aylangan.

Yoshlik yillari Burgonye gollandcha familiyaga ega boʻlsa-da, u onasi tomondan Kanada tub xalqlariga mansub Shimoli-gʻarbiy hududlardagi Batoshda metislar hukumatini tuzgan Gabriel Dumontga borib taqaladi.

Uning otasi elektrik boʻlib, oʻz biznesiga ega boʻlgan, ammo alkogolizm sababli uni saqlab qololmagan. Qiyin damlarda Kolett va boshqa farzandlarga onasi Sheila hamda buvisi suyanch boʻlgan.1984-yil Kolett bakalavriatda tahsil olayotgan davrda, otasi oilani tashlab ketgan.

Sportchi bolaligi va oʻsmirligida koʻplab sport turlari bilan shugʻullangan hamda xokkey, futbol va turli yengil atletika musobaqalarida muvaffaqiyat qozongan.

Avtomobil halokati 1980-yilda, oʻrta maktabni bitirishiga ikki oy qolganda, Burgonye avtomobil halokatiga uchrab, falajlanib qolgan. U bunga qadar kross yuguruvchisi boʻlgan va koʻplab universitetlardan sport stipendiyasi takliflarini olgan.

Akasi Gudzon qoʻltigʻiga borishi kerak boʻlganligi sababli Kolett va uning oʻsha vaqtdagi yigiti uni akasining yangi mashinasida olib borib qoʻyishgan. Qaytish yoʻlida u rulni yigitiga topshirgan, yigiti sirpanchiq yoʻlda boshqaruvni yoʻqotishi natijasida Kolett mashinadan otilib ketgan. Halokat natijasida uning oʻpkasi teshilgan, toʻsh suyak va orqa umurtqasi singan. Umurtqa pogʻonasining 98 foizi uzilgan va egilishini saqlab qolish uchun orqasiga ikkita Harrington rod oʻrnatilgan.

Saskachevan universiteti Jismoniy tarbiya kolleji professori Barbara Dorsi kasalxonada Burgonyeni yoqlab kelagan va uni baxtsiz hodisaga qaramay oʻqishga kirish fikridan qaytmaslikka undagan. U Kolett oʻn ikkinchi sinfni tugatgan soʻng universitet uni qabul qilishiga vaʼda bergan

Avariyadan koʻp oʻtmay Saskachevan Nogironlar Sport Assotsiatsiyasi uni paralimpiada sporti bilan tanishtirgan.

U 1980-yilning yozini reabilitatsiyada oʻtkazgan va mahalliy gazetada oʻz jamiyatiga doimiy qoʻllab-quvvatlovi uchun oʻz minnatdorchiligini bildirilgan eʼlon chop etgan.

Sportdagi faoliyati Burgonye dastlab Saskachevan Nogironlar Sport Assotsiatsiyasi tomonidan para sportga jalb qilingan va 1987-yilda assotsiatsiyaga aʼzo boʻlgan. Dastlab u mustaqil shugʻullanishiga toʻgʻri kelgan, chunki imkoniyati cheklangan sportchilarni tayyorlashni biladigan murabbiylar juda kam boʻlgan. Sportchi oʻz mashgʻulotlarida maktabda olgan bilimlari va jarohatdan oldingi tajribasidan foydalangan. Hamda oʻziga ortiqcha zoʻriqish bermaslikka harakat qilgan.

+MedallarMusobaqaOʻyinlarOltin800m nogironlar arabachasidagi poyga1990-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlariBronza100m va 800m nogironlar arabachasidagi poyga1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari oʻyinlari]]Bronza100m va 200m nogironlar arabachasidagi poyga1996-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariKumush2.5 km va 5 km para-nordik oʻtirgan holda changʻi uchish1998-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlariBronza5 km erkin usul va 10 km klassik para-nordik changʻi2006-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlariKumush5 km va 10 km para-nordik oʻtirgan holda changʻi uchish2010-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlariOltin10 km oʻtirgan holda changʻi uchish2011-yilgi IPC Biatlon va changʻi poygalari boʻyicha jahon chempionati

Burgonye ham Yozgi, ham Qishki Paralimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan kam sonli kanadalik sportchilardan biridir. U sit-ski boʻyicha oltita Qishki Paralimpiya oʻyinlarida hamda nogironlar aravachasidagi poygachi sifatida uchta Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.

U 1998-yilgi Oʻyinlardagi kumush medallaridan birini Pet Prokopchukka taqdim etgan, chunki u Saskachevanda oʻtirib uchiladigan changʻilarni takomillashtirish tashabbusini ilgari surgan.

2010-yilda Vankuverdagi Olimpiada oʻyinlarida qatnashib, Kanada tuprogʻida birinchi medalni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng uning yoshi haqida savol berilganda, sportchi „yosh hech narsa emas, munosabat hammasini hal qiladi va men bugun shu qoida bilan yashayman“ deb javob bergan.

Burgonye shuningdek, 2010-yilda dunyo boʻylab 30 nafar individual sportchining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarligini qoʻllab-quvvatlovchi Team Visa Inc. dasturi aʼzosi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanadalik sportchilar