Louis Lawlor (2002-yil 25-mayda tugʻilgan) — britaniyalik para suzuvchi. U aqliy imkoniyati cheklangan sportchilar uchun moʻljallangan S14, SB14 va SM14 toifalari boʻyicha musobaqalarda qatnashadi. Sportchi 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari hamda 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Buyuk Britaniya sharafini himoya qilgan. Lawlor 2019-yilgi Jahon para suzish chempionatida erkaklar oʻrtasida 100 metrga chalqancha suzish (S14) yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Yoshlik va shaxsiy hayoti Louis Lawlor 2002-yil 25-mayda Shotlandiyaning Glazgo shahrida tugʻilgan. U murabbiy Danielle Brayson qoʻl ostida „City of Glasgow Swim Team“ klubida mashgʻulot oʻtkazgan. Sportchi aqliy imkoniyati cheklangan suzuvchilar uchun moʻljallangan S14, SB14 va SM14 toifalardagi musobaqalarda qatnashadi. Lawlor oʻzining LGBTQ hamjamiyatiga mansubligini ochiq bildirgan.
Faoliyati Lawlor 2018-yilda para suzish musobaqalarida qatnashishni boshlagan hamda Sheffildda boʻlib oʻtgan „2018 British Para-Swimming International Meet“ turnirida ikkita sovrinli oʻrinni egallagan. U 100 metrga Batterfly) usulida suzishda kumush va 200 metrga erkin usulda suzishda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, suzuvchi 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Shotlandiyaning imkoniyati cheklanganlar suzish chempionatida „Eng yaxshi suzuvchi“ deb topilgan.
Lawlor 2019-yilgi „British Para-Swimming International Meet“ musobaqasining aralash toifadagi poygasida toʻrtinchi oʻrinni egallab, Londonda boʻlib oʻtadigan 2019-yilgi Jahon para suzish chempionati uchun Buyuk Britaniya terma jamoasi tarkibidan joy olgan. U Jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida 100 metrga chalqancha suzish (S14)] yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritgan, bu uning faoliyatidagi birinchi yirik xalqaro medal boʻlgan. 2019-yilda u 100 metrga erkin usulda suzish boʻyicha 54.34 soniya natija koʻrsatib, Shotlandiya rekoridini oʻrnatgan.
Lawlor Paralimpiya oʻyinlaridagi debyutini Tokioda boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida oʻtkazgan. U erkaklar oʻrtasida 100 metrga chalqancha suzish (S14) musobaqasida qatnashib, final bosqichiga yoʻllanma olgan. Finalda u oxirgi oʻrinni egalladi hamda umumiy hisobda 18 nafar ishtirokchi orasida sakkizinchi oʻrinni qayd etgan. Madeyrada oʻtkazilgan 2022-yilgi Jahon para suzish chempionatida Lawlor erkaklar oʻrtasida 100 metrga chalqancha suzish (S14) hamda 200 metrga medley usulida suzish (SM14) bahslarida qatnashib, mos ravishda oltinchi va toʻqqizinchi oʻrinlarni egallagan.
2024-yilda Lawlor Parijda boʻlib oʻtgan 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Buyuk Britaniya terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun tanlab olingan. U erkaklar oʻrtasida 100 metrga chalqancha suzish (S14)]] bahslarida ishtirok etgan. Lawlor saralash bosqichidan oʻtib, finalda ettinchi oʻrinni egallagan.
Manbalar
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar