Qizil dengiz muhofazasi (, Muḥāfaẓat al-Baḥr al-Aḥmar) — Misrning 27 muhofazasidan biri. Nil daryosi va mamlakat janubi-sharqidagi Qizil dengiz oʻrtasida joylashgan boʻlib, uning janubiy chegarasi Misrning Sudan bilan boʻlgan chegarasining bir qismini tashkil etadi. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri — Hurgada.

Maʼmuriy boʻlinishi Muhofaza munitsipal boʻlinmalarga ajratilgan boʻlib, 2024-yil yanvar holatiga koʻra umumiy taxminiy aholi soni 410 229 kishini tashkil etadi. Qizil dengiz muhofazasida ayrim birliklar toʻliq shahar, boshqalari toʻliq qishloq hududlaridan iborat, yana birlari esa har ikkisining aralashmasidir.

+ Munitsipal boʻlinmalari Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholisi(2023-yil yanvar tax.) Turi Hurgada 1 83,888 Qism (toʻliq shahar) Hurgada 2 128,713 Qism (toʻliq shahar) Al-Qusayr 53,230 Qism (shahar va qishloq qismlari) Shalotin 13,761 Qism (shahar va qishloq qismlari) Halayib 8,312 Qism (toʻliq qishloq) Marsa Olam 9,147 Qism (shahar va qishloq qismlari) Ras Ghareb 46,297 Qism (shahar va qishloq qismlari) Safojo 56,721 Qism (shahar va qishloq qismlari)

Geografiyasi Maʼmuriy jihatdan Qizil dengiz muhofazasi shimolda Suvaysh muhofazasi, sharqda Qizil dengiz, gʻarbda esa Asvon, Qino, Savhoj, Asyut, Minyo va Bani Sueyf muhofazalari bilan chegaradosh. Janubda Sudanning Qizil dengiz viloyati bilan chegaralanadi. Hudud tarkibiga bahsli hudud hisoblangan Halayib uchburchagi (shu jumladan, Siyal orollari) hamda Sharqiy Misr va Sudanning Itbay mintaqasini tashkil etuvchi togʻ tizmasi — Qizil dengiz togʻlari kiradi.

Aholisi Soʻnggi oʻn yilliklarda Qizil dengiz muhofazasi aholisi soni sezilarli darajada oshdi va 2023-yil holatiga koʻra, aholi soni 400 069 kishini tashkil etadi.

Sanoat zonalari Investitsiyalar va erkin zonalar boʻyicha boshqaruv organi (GAFI) maʼlumotlariga koʻra, Shimoliy Sinayda quyidagi sanoat zonalari joylashgan:

Sanoat zonasiAlaki 1Alaki 2Baranis 1Baranis 2

Iqtisodiyoti Qirgʻoqboʻyi hududi sayyohlik maskani hisoblanadi. 1980-yillarning boshlaridan buyon Hurgada plyaj hordigʻi va dayving ishqibozlari uchun mashhur manzilga aylangan. Shuningdek, janubdagi Al-Qusayr, Safojo va Marsa Olam shaharlarida ham turizm rivojlanmoqda. Ushbu markazlardagi koʻplab mehmonxonalar va sayyohlik inshootlaridan tashqari, Al-Bahr al-Ahmar (Qizil dengiz) viloyatida turizm maqsadida rivojlantirilishi rejalashtirilgan ikkita rasmiy tabiat qoʻriqxonasi ham mavjud: Marsa Olam shahri yaqinidagi Hamata hududida joylashgan Vodiy al-Jamal (Tuya vodiysi) milliy bogʻi va Halayib shahridan shimolda, bahsli Halayib uchburchagi hududida joylashgan Jabal Elba milliy bogʻi. Rivojlangan turizm sohasidan tashqari, bu yerda dengizda baliq ovlash sanoati ham katta ahamiyatga ega. Viloyat hududi fosfat kabi foydali qazilmalarga boy. Ras Gʻarib mintaqasi Misr neft ishlab chiqarish hajmining 70 foizini taʼminlaydi.

Manbalar

Havolalar Official Red Sea Governorate (English) El Watan News of Red Sea Governorate

Turkum:Misr muhofazalari