Misr Premyer-ligasi () — odatda „El-Davriy“ () va homiylik sabablariga koʻra rasman „ORA ligasi“ () deb ataladi. U Misrdagi professional futbol ligasi hamda mamlakat futbol ligalari tizimining eng yuqori bosqichi hisoblanadi. Liga 20 ta jamoadan iborat boʻlib, Misr Ikkinchi divizioni „A“ bilan jamoalarning yuqori ligaga koʻtarilishi va quyi ligaga tushishi tizimi asosida faoliyat yuritadi. Mavsumlar asosan avgustdan maygacha davom etadi. Boshqa koʻpgina ligalardan farqli ravishda, oʻyinlar haftaning barcha kunlarida oʻtkaziladi.
Misr Premyer-ligasiga 1948-yilda asos solingan boʻlib, liga ungacha mavjud boʻlgan mahalliy ligalarni birlashtirgan. Liga tashkil topganidan buyon unda 70 ta klub toʻp surgan. „Al Ahly“ 45 marta chempion boʻlib, bu borada barcha klublardan ustunlik qilmoqda. Ularning eng yaqin raqibi „Zamalek“ esa 15 marta gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Ligada ulardan tashqari bor-yoʻgʻi beshta klub gʻalaba qozongan, bular: „Ghazl El Mahalla“, „Ismaily“, „Al Mokawloon Al Arab“, „Olympic Club“ va „Tersana“ klublaridir.
Misr Premer-ligasi yetakchi milliy ligalardan biri boʻlib, klublarning soʻnggi besh mavsumdagi qitʼa musobaqalarida koʻrsatgan natijalariga asoslangan CAFning 2024–25-yilgi mavsum uchun 5 yillik reytingiga koʻra Afrikada birinchi oʻrinni egallab turibdi. Misr jamoalari CAF Chempionlar ligasida rekord darajada — 18 marta gʻolib boʻlgan, „Al-Ahli“ klubi esa CAF tomonidan „Asrning eng yaxshi Afrika klubi“ deb eʼtirof etilgan. Shuningdek, mamlakatning ikkita klubi CAF Konfederatsiyalar kubogini ham qoʻlga kiritgan.
2012-yil 1-fevral kuni „Al Masry“ va „Al Ahly“ klublari oʻrtasidagi liga oʻyinidan soʻng Port-Said stadionida 74 kishining umriga zomin boʻlgan va 500 dan ortiq odam jarohatlangan tartibsizliklar yuz bergunga qadar, Misr Premyer-ligasi Afrika va Yaqin Sharqda stadionlarga oʻrtacha muxlislar tashrifi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlardan biriga ega edi. Oʻsha kundan boshlab barcha ichki futbol oʻyinlari 2017-yilgacha yopiq eshiklar ortida oʻtkazilgan, oʻshanda mahalliy xavfsizlik organlari muxlislarga faqat 100 nafar ishtirokchidan boshlab bosqichma-bosqich oʻsib boruvchi son bilan tanlangan oʻyinlarga borishga ruxsat bera boshlagan va 2021-yilda liga minglab muxlislarni qabul qila boshlagan.
Statistika
Barcha mavsumlardagi eng yaxshi toʻpurarlar
Mavsum Futbolchi Klub Gollar 1948–49 Ad-Diba El Ittihad El Sakandary 15 El-Sayed El-Dhizui Al Masry 1949–50 El-Sayed El-Dhizui Al Masry 13 1950–51 El-Sayed El-Dhizui Al Masry 13 1952–53 Ahmed Mekkawi Al Ahly 12 1953–54 Abdel NabiTersana 18 1955–56 Sayed SalehAl Ahly 12 1956–57 Hamdi Abdel FattahTersana 22 1957–58 Hamdi Abdel FattahTersana 19 1958–59 El-Sayed El-DhizuiAl Ahly 16 1959–60 Hamdi Abdel FattahTersana 15 1960–61 Ali MohsenZamalek 16 1961–62 Moustafa ReyadhTersana 18 1962–63 Hassan El-ShazlyTersana 32 1963–64 Moustafa ReyadhTersana 27 1964–65 Hassan El-ShazlyTersana 23 1965–66 Hassan El-ShazlyTersana 16 1966–67 Ali Abo GreshaIsmaily 15 1972–73 Omasha OmashaGhazl El Mahalla 11 1974–75 Hassan El-ShazlyTersana 34 1975–76 Ossama KhalilIsmaily 17 1976–77 Ali KhalilZamalek 17 Hassan ShehataZamalek 1977–78 Mahmoud El KhatibAl Ahly 11 1978–79 Ali KhalilZamalek 12 1979–80 Hassan ShehataZamalek 14 1980–81 Mahmoud El KhatibAl Ahly 11 1981–82 Gamal GoudaAl Masry 8 1982–83 Mahmoud El-MashaquiGhazl El Mahalla 9 1983–84 Ayman ShawkyKoroum 8 1984–85 Mohamed HazemIsmaily 11 1985–86 Mohamed HazemIsmaily 11 1986–87 Emad SolimanIsmaily 11 1987–88 Gamal Abdel-HameedZamalek 11 1988–89 Mahmoud El-MashaquiGhazl El Mahalla 11 1990–91 Mohamed RamadanAl Ahly 14 1991–92 Ahmed El-KassEl Olympi 14 1992–93 Ahmed El-KassEl Olympi 16 1993–94 Ahmed El-KassEl Olympi 15 Bashir Abdel SamadIsmaily 1994–95 Abdullah El-SawyEl Qannah 10 Ahmed SaryEl Ittihad El Sakandary 1995–96 Mohamed Salah Abo GreshaIsmaily 14 1996–97 Ayman MohebEl Mansoura 17 1997–98 Abdul-Hamid BassiounyZamalek 15 1998–99 Hossam HassanAl Ahly 15 1999–2000 John UtakaIsmaily 172000–01 Tarek El-SaidZamalek 13 2001–02 Hossam HassanZamalek 182002–03 Ahmad BelalAl Ahly 192003–04 Abdel Halim AliZamalek 202004–05 Emad MoteabAl Ahly 152005–06 Mohamed AboutrikaAl Ahly 182006–07 Flávio AmadoAl Ahly 172007–08 Alaa IbrahimPetrojet 152008–09 Ernest Papa ArkoTalaʼea El Gaish 12 Flávio AmadoAl Ahly2009–10 Minusu BubaIttihad El Shorta 142010–11 Ahmed Abd El-ZaherENPPI 13 ShikabalaZamalek2013–14 John AntwiIsmaily 112014–15 Hossam SalamaEl-Dakhleya 202015–16 Hossam SalamaSmouha 172016–17 Ahmed El SheikhMisr Lel Makasa 172017–18 Walid AzaroAl Ahly 182018–19 Ahmed AliAl Mokawloon 182019–20 Abdallah El SaidPyramids 172020–21 Mohamed SherifAl Ahly 212021–22 Ahmed Sayed (Zizo)Zamalek 192022–23 MabululuEl Ittihad El Sakandary 162023–24 Wessam Abou AliAl Ahly 182024–25 Emam AshourAl Ahly 132025–26 Ahmed Yasser RayyanNational Bank of Egypt 13
Barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurarlar
Oxirgi yangilanish: 2025-yil 1-oktyabr. №FutbolchiJamoalarGollar1Hassan El-ShazlyTersana1732Hossam HassanAl Ahly / Zamalek / Al Masry / Tersana / Al Ittihad1683Abdallah SaidIsmaily / Al Ahly / Pyramids / Zamalek1334Moustafa ReyadhTersana1235El-Sayed El-DhizuiAl Masry / Al Ahly1126Mahmoud El KhatibAl Ahly1097Ahmed El-KassEl Olympi / Zamalek / Al Ittihad1078Mohamed AboutrikaTersana / Al Ahly1069Gamal Abdel-HamidAl Ahly / Zamalek101
Barcha vaqtdagi eng koʻp oʻyinda ishtirok etganlar №FutbolchiOʻyinlar1Abdallah Said4812Mohamed Abdel Monsef4583Essam El Hadary4554Ahmed Shedid Qenawi4215Hossam Hassan4016El Hany Soliman3907Nour El Sayed3808Ahmed Fathy3749Mohamed El Shenawy3529Amr El Solia352
Yana qarang Misrda futbol
Manbalar
Havolalar
Turkum:Misr Premyer-ligasi Turkum:Afrikadagi oliy darajadagi milliy futbol ligalari Turkum:Misrdagi erkaklar futbol ligalari Turkum:Misrdagi futbol klublari musobaqalari Turkum:Misr futbol assotsiatsiyasi musobaqalari