Shavkatjon Boltayev (2005-yil 10-yanvarda tugʻilgan, Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahri, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik havaskor bokschi, 2026-yilgi Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori, 2025-yil U22 Osiyo chempioni, 2023-yil yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempioni, 2024-yilgi BRICS oʻyinlari hamda 2023-yilgi MDH oʻyinlari gʻolibi. Murabbiyi Alimardon Dostanov.

Tarjimayi holi Shavkatjon Boltayev 2005-yil 10-yanvarda Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. Boks bilan 8 yoshligidan shugʻullana boshlagan. 2018-yilda Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlar chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Faoliyati

Oʻsmirlar vayoshlar va oʻrtasidagi faoliyati 2019-yilda Quvayt shahrida oʻtkazilgan oʻquvchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining 64 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2021-yil avgust oyida Dubayda oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 70 kg vazn toifasida chempion boʻldi. Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqaning oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslarida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

2023-yilda Belarusda oʻtkazilgan MDH oʻyinlarida 71 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Oʻsha yilning oktyabr–noyabr oylarida Qozogʻistonning Ostona shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 67 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻldi.

2023-yil noyabr oyida kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining 67 kg vazn toifasida finalga chiqdi. Xal qiluvchi bahsda Kamron Turgʻunboyevga qarshi ringga chiqmagan va kumush medal bilan kifoyalangan.

U22 va kattalar oʻrtasidagi jahon kubogi 2024-yil may oyida Ostona shahrida oʻtkazilgan U22 Osiyo chempionatida 67 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2024-yil iyun oyida Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtgan BRICS oʻyinlarining 67 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Finalda rossiyalik Karen Solovyovni 4:1 hisobida magʻlub etdi.

2025-yil avgust oyida Bangkokda oʻtkazilgan U22 Osiyo chempionatida 75 kg vazn toifasida qatnashdi. Chorak finalda qozogʻistonlik Aman Konsbekovni 4:1, yarim finalda Tailand vakili Thananchai Phoemsapni 5:0 hisobida magʻlub etdi. Finalda Hindiston vakili Neeraj ustidan gʻalaba qozonib, Osiyo chempioni boʻldi.

2025-yil sentyabr oyida Liverpulda oʻtkazilgan World Boxing jahon chempionatining 70 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Dastlab shvetsiyalik Kevin Scottni, keyingi bosqichda ispaniyalik Frank Martinez Bernadni magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi. Chorak finalda Iordaniya vakili Zeyad Eashashga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

2026-yilgi Osiyo oʻyinlari 2026-yil sentyabr oyida Yaponiyada oʻtkazilgan Aichi–Nagoya 2026 Osiyo oʻyinlarida 70 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi.

Dastlab Janubiy Koreya vakili Kim Joonsuni 4:1 hisobida magʻlub etdi.

Chorak finalda Xitoy vakili Li Guofeng ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi.

Yarim finalda qozogʻistonlik Torekhan Sabyrkhanga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va Osiyo oʻyinlarining bronza medaliga sazovor boʻldi.

Havolalar Shavkatjon Boltayev

Manbalar

Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Samarqand viloyatida tugʻilganlar Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston sportchilari Turkum:2026-yilgi Osiyo oʻyinlarida medal sohiblari