Qatar Tijan an-Nur xalqaro Qurʼon musobaqasi va mukofoti – Qatardagi „Jeem“ televideniyesi („Al Jazeera“ bolalar kanali) tomonidan tashkil etiladigan xalqaro Qurʼon musobaqasi va mukofoti. Ushbu dasturda faqat 9–13 yoshdagi bolalar qatnashishi mumkin. Musobaqaga turli mamlakatlardan ishtirokchilar jalb etilgan. Dunyodagi eng muhim Qurʼon tilovati musobaqalaridan biriga aylangan. Musobaqa doirasida turli yo‘nalishlarda Qurʼon tilovati musobaqalari o‘tkaziladi. Tanlovning maqsadi bolalarda yuksak va axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda ularga singdirish, mumtoz arab tilidan toʻgʻri foydalanishni targʻib qilish. Shuningdek, bolalarni Qurʼoni karimni oʻrganish va tilovat qilishga ilhomlantirishdan iborat. Qurʼonshunoslik va tilovat boʻyicha mutaxassis olimlardan iborat hakamlar hayʼati qorilarni tajvid qoidalari, soʻzlarning talaffuzi, ijro sifati va tilovat turiga qarab baholaydi.

Ushbu musobaqada 1-o‘rin g‘olibi 500 000 Qatar riali, ikkinchi o‘rin egasi 300,000 Qatar riali va uchinchi o‘rin egasi 100 000 Qatar riali bilan taqdirlanadi.

Tarixi 2013-yilda 54 ta davlatdan 1300 dan ortiq bola ushbu musobaqada qatnashish uchun ariza topshirgan. Ushbu mavsumda Marokashdan kelgan 13 yoshli Doha g‘olib bo‘lgan.

2022-yilda 48 ta davlatdan Qur’on yod oluvchilar jalb etilib, 16 ta arab davlatidan 681 nafar qori ishtirok etgan. Shuningdek, Qatar Vaqf va din ishlari vazirligi 2022-yildagi Qur’on tilovati mavsumiga homiylik qilgan.

Musobaqaning maqsadi Ushbu mukofotning maqsadi Allohning kalomini ulugʻlash va Qurʼonni oʻrganish darajasini oshirish boʻlib, u quyidagi vazifalarni bajaradi:

Yosh avlodda dinga muhabbat hissini uygʻotish va ularning islomiy eʼtiqod hamda maqsadlar oldidagi burchini anglatish.

Qurʼonni puxta yod olgan qorilarni hurmat qilish.

Mamlakatning Islom diniga qoʻshayotgan xizmatini Islom dunyosiga tanitish.

Yana qarang Dubay xalqaro muqaddas Qurʼon mukofoti Muhammad VI nomidagi muqaddas Qurʼon mukofoti Eron Islom Respublikasi xalqaro muqaddas Qurʼon musobaqasi

Manbalar

Havolalar Official Competition link

Turkum:Qurʼonga oid chala maqolalar Turkum:Islom diniga oid chala maqolalar Turkum:Xalqaro musobaqalar Turkum:Xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqalari