Ma Ning (; 1979-yil 14-iyunda tugʻilgan) — xitoylik futbol hakami. Ma 2011-yildan buyon FIFAning xalqaro toifadagi hakami hisoblanadiFIFA. „China PR: Referees“.. U, shuningdek, Nankin sport institutida dars beradi. Qattiqqoʻl va murosasiz hakamlik uslubi bilan tanilgan Maga muxlislar tomonidan „Card Master“ laqabi berilgan.

Faoliyati 2019-yil 23-fevral kuni Ma Ning Xitoydagi professional hakamlardan biri sifatida CFA (Xitoy futbol assotsiatsiyasi) bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan.

2022-yil 19-mayda Ma 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tanlab olingan 36 nafar bosh hakam roʻyxatiga kiritildi va 2002-yildagi Lu Jundan keyin bu natijaga erishgan ikkinchi xitoylik hakam boʻlgan.

2022-yil 21-avgustda Xitoy Superligasi doirasidagi „Wuhan Yangtze River“ hamda „Henan Sunshan Lunmen“ jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda „Sunshan Lunmen“ hujumchisi Henrique Dourado Mani qasddan turtib yiqitgan va qoʻpol xatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan. Oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Oradan besh kun oʻtib, Xitoy futbol assotsiatsiyasi Duradoni 12 oyga futboldan chetlatish (diskvalifikatsiya) haqida qaror chiqargan, bu esa Xitoy Superligasi tarixidagi eng ogʻir jazo boʻlgan.

2023-yil 2-fevralda 2022-yilgi FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati doirasida Ma „Al-Ahli“ va „Oklend Siti“ klublari oʻrtasidagi bahsni boshqardi, unda „Al-Ahli“ 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

2024-yil 8-fevralda Ma Ning 2024-yil 10-fevral kuni Doʻhada boʻlib oʻtadigan Iordaniya va Qatar terma jamoalari oʻrtasidagi 2023-yilgi AFC Osiyo kubogi final uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

2025-yil 14-oktyabrda Ma 2025-yilgi FIFA Arab kubogi uchun 14 nafar hakamdan biri etib tayinlandi, hozirgacha Mavritaniya va Quvayt, Marokash va Komor orollari, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvayt oʻrtasidagi oʻyinlarni boshqargan.

Ma 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida oʻyinlarni boshqaradigan 52 hakamdan biri boʻlib, Lu Jundan keyin bosh hakam boʻlgan yagona xitoylik hakam edi. 2026-yil 20-iyun kuni Ma Ekvador va Kyurasao oʻrtasidagi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati E guruhi oʻyinida hakam sifatida debyut qilgan va oltita sariq kartochka koʻrsatgan.

Bahsli holatlar 2015-yilgi Xitoy Superligasi: Shanxay Port FC — Shanxay Shenhua FC 2015-yil 9-may kuni Ma Xitoy Superligasida Shanghai SIPG va Shanghai Shenhua oʻrtasidagi Shanxay derbisida Shenhua jamoasining uchta futbolchisini maydondan chetlatganida keng koʻlamli bahslarga sabab boʻlgan; oʻyin SIPG jamoasi foydasiga 5:0 hisobida yakunlangan.

2025–26-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi elitasi: Al Ittihod — Machida Zelvia 2026-yil 17-aprel kuni Osiyo Chempionlar Ligasi Elit chorak finalida Ma Ning 86-daqiqada „Al Ittihod“ning Machida Zelvia jamoasiga qarshi golini bahsli tarzda bekor qilgan. „Al Ittihod“ klubiga qarshi koʻplab qoidabuzarliklarni inobatga olmagan, bu esa „Al Ittihod“ muxlislari orasida bahs-munozaralarga sabab boʻlgan. Oʻyin 1:0 hisobida Machida Zelvia foydasiga yakunlanib, „Al Ittihod“ni musobaqani tark etgan.

Ommaviy madaniyatda Ma Ning Xitoyning „Lenovo“, „Hisense“ va „Mengniu“ brendlari homiyligini qoʻlga kiritgan. Ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini ochganidan beri u 200 000 dan ortiq obunachi toʻplagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha hakamlar Turkum:Xitoylik futbol hakamlar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 hakamlari Turkum:AFC Osiyo Kubogi 2023 hakamlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 hakamlari