Karanlik Kümbet (), shuningdek, Amir Sadriddin Kümbeti nomi bilan tanilgan tarixiy maqbara yoki kumbet. Turkiyaning Arzirum shahri Gülahmet koʻchasidagi Dervish ogʻa masjidi roʻparasida joylashgan.
Maqbara baʼzida Sadriddin Koneviy Turbesi nomi bilan ham ataladi. Bino XIV asr boshlarida Saljuqiylar hukmronligining soʻnggi davrlarida bunyod etilganAbdürrahim Şerif Beygu, Erzurum: Tarihi, Anıtları, Kitabeleri, Istanbul 1936, pages 146-147..
Tarixi Maqbara 1307–1308-yillarda qurilgan. Maqbara qurilishi 1307–1308-yillarda Sadriddin Türkbeg boshchiligida boshlangan. Maqbara uning marhum otasi Xoja Vecihiddinning xotirasiga bagʻishlab bunyod etilgan va oʻzi ham shu yerga dafn etilgan boʻlishi mumkin. Oradan koʻp oʻtmay bu yerga soʻfiy orif, Ibn Arabiyning shogirdi Sadriddin Koneviy dafn etilgani toʻgʻrisida notoʻgʻri mish-mishlar tarqalgan. Ushbu asossiz rivoyat hatto Arzirum tarixiga bagʻishlangan „Solnomai Viloyati Arzirum“ nomli tarixiy kitobga ham kirib qolganSalnâme-i Vilâyet-i Erzurum (1317), p. 168.. Shu sababli maqbara Sadriddin Koneviy maqbarasi nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
Zamonaviy tarixi Yillar davomida maqbara qarovsiz qolib, xarobaga aylana boshlagan. 1954-yilda Turkiya Vaqflar bosh boshqarmasining moliyaviy koʻmagi bilan taʼmirlangan.
Meʼmorchiligi
Maqbaraning umumiy meʼmoriy uslubi Saljuqiylar meʼmorchiligiga mansubMehmet Özel, „Erzurum’da Selçuklu Devri Eserleri“, Kültür ve Sanat, Istanbul 1977. Maqbara ikki qavatdan iborat boʻlib, asl qabrlar yer osti qismida joylashgan boʻlib, ularni shamollatish uchun ochilgan teshiklar orqali koʻrish mumkin. Inshootning ustki qismini oddiy gumbaz, uning ustini esa konussimon gumbaz qoplab turadi. Binoning ichki qismida, jumladan, kirish eshigi tepa qismidagi bezaklarni ishlashda muqarnas usulidan foydalanilgan. Maqbara, asosan, toshdan qurilgan.
Galereya
Yana qarang Turkiyada islom
Manbalar
Turkum:Turkiyadagi maqbaralar Turkum:Onadoʻli saljuqiylari meʼmorchiligi