Achma () — anʼanaviy gurjiston taomi va xachapuriLiliya Gogoladze (2025) Gruziya iznutri, p. 22ning Adjara mintaqasiga xos turiMariam Gudzuadze (2020) Georgia Guide, p. 4.
Tarixi Achma juda koʻp xamir qatlamlaridan tayyorlanadi, ular bir-biriga yopishib qolmasligi uchun qisqa vaqtga qaynab turgan suvda biroz pishirib olinadi. Anʼanaviy ravishda ichiga suluguni pishlogʻi solinadi. U boʻlaklarga kesiladi yoki qirgʻichdan chiqarilib, har bir xamir qatlamining orasiga sepiladi. Boshqa pishloqlardan ham foydalanish mumkin, yoki 50% suluguni va 50% imeruli pishlogʻidan aralashma hosil qilib, foydalanish mumkin. Achma shirador boʻlishi uchun xamir qatlamlari ustiga sariyogʻ surtilishi mumkin. Qatlam-qatlam xamir va pishloq solingan pishirish qolipidagi achmani pishirish uchun gaz pechi yoki anʼanaviy oʻchoqdan foydalaniladi. Achma tayyorlashning asosiy tamoyili shuki, xamir shirin boʻlmasligi, pishloq esa shoʻr boʻlishi kerakSean Williams (2015) The Ethnomusicologists' Cookbook, Publisher Routledge, p. 157.
Bu taom odatda issiq holda tortiladi. Juda qulay yegulik, chunki u qayta isitilganda ham nihoyatda yaxshi boʻladi, taʼmi umuman oʻzgarmaydi, shu sababli uni odatda katta pishirish qoliplarida tayyorlashadiTinatin Lominadze (2023) Sokroviщa gruzinskoy kuxni, p. 149.
Yana qarang Kubdari Lobiani
Manbalar
Turkum:Gruziya oshxonasi