Rustam posho karvonsaroyi (), shuningdek, Taşhan nomi bilan ham tanilgan boʻlib, Turkiyaning sharqiy qismidagi Arzirum shahri Yoqutiya tumanida joylashgan. 1561-yilda Usmoniylar davlat arbobi va bosh vazir Rustam posho tomonidan qurdirilgan.
Joylashuvi Rustam posho karvonsaroyi Turkiyaning sharqiy qismidagi Arzirum shahri Yoqutiya tumani Fevziye mahallasi Menderes koʻchasida joylashgan.
Tarixi Karvonsaroy Usmoniylar imperiyasi sultoni Sulaymon I hukmronligi davrida () imperiya bosh vaziri sifatida xizmat qilgan Rustam posho topshirigʻiga binoan qurilgan. 1561-yilda qurib bitkazilgan karvonsaroy sayohatchilarga xizmat koʻrsatib, ularning kecha-yu kunduz barcha ehtiyojlarini qondirgan. Karvonsaroy tarkibida musofirlar uchun boshpana, kichik masjid, dam olish xonalari, doʻkonlar hamda tuya, eshak, hoʻkiz, buyvol va otlarni saqlash uchun otxonalar boʻlgan. Dastlabki binoning barcha qismlari hozirgacha saqlanib qolmagan. Kirish darvozasi tepasidagi bitikda „Bu — chegara qoʻrgʻoni“ deb yozilgan. Usmoniylar turk tilida ribat deb atalgan bunday inshootlar oʻsha davrda Arzirum chegara shahri boʻlgani sababli shu nom bilan yuritilgan. Chegara qoʻrgʻonlari va tayanch maskanlarida 40–50 kishidan iborat otliq bosqinchi qoʻshinlar joylashtirilgan. Usmoniylar imperiyasining sharqiy chegaralari Tbilisi va Kaspiy dengizigacha kengaygach, karvonsaroyga qoʻshimcha ravishda turar joylar, boshpanalar, omborxonalar va doʻkonlar qurilgan.
Meʼmorchiligi Rustam posho karvonsaroyi Usmoniylar meʼmorchiligi asosida yaratilgan karvonsaroylarning muhim namunalaridan biri hisoblanadi. Ikki qavatli, yoʻnilgan toshlardan qurilgan bino toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi hovlini oʻrab turadi. Hovliga gʻarbiy va sharqiy tomonlardagi darvozalar orqali kiriladi. Binoda hovliga qaragan ayvonlar ortida 32 ta xona joylashgan. Yuqori qavatdagi xonalarning tepa qismi gumbazlar bilan yopilgan. Bino bezaklar keyingi davrlarda ishlangan.
Karvonsaroy 1965-yilda keng koʻlamda taʼmirlangan.
Bugungi kunda Mahalliy aholi orasida „toshdan qurilgan savdo binosi“ maʼnosidagi „Taşhan“ nomi bilan tanilgan karvonsaroyda bugungi kunda yuzga yaqin ustaxona va suvenir doʻkonlari faoliyat yuritadi. Ularning koʻpchiligida mahalliy oltu toshidan yasalgan tasbehlar, uzuklar va marjonlar sotiladi.
Manbalar
Turkum:1561-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Arzirum viloyatidagi binolar va inshootlar Turkum:Usmoniylar imperiyasidagi binolar va inshootlar Turkum:Turkiyadagi karvonsaroylar Turkum:Usmoniylar karvonsaroylari