Misr prezidenti lavozimi Misrning davlat va hukumat boshligʻi hamda Misr Qurolli Kuchlarining Oliy qoʻmondoni hisoblanadi. Prezident Misr Konstitutsiyasiga koʻra, xalq ovozi bilan olti yillik muddatga saylanadi.

Birinchi prezident Muhammad Nagib 1953-yil 18-iyunda Respublika eʼlon qilinganidan keyin qasamyod qilgan. Amaldagi prezident Abdul Fattoh as-Sisiy boʻlib, u 2014-yil 8-iyunda oʻz lavozimga kirishgan. Prezidentlik tarix Misrning birinchi prezidenti 1952-yilgi Misr inqilobiga rahbarlik qilgan „Erkin zobitlar“ harakati yetakchilaridan biri Muhammad Nagib boʻlgan. U 1953-yil 18-iyunda, Misr respublika deb eʼlon qilingan kuni, prezident lavozimiga kirishgan. Shundan buyon ushbu lavozimni yana besh kishi egallagan: Jamol Abdul Nosir, Anvar Sadat, Husni Muborak, Muhammad Mursiy va Abdul Fattoh as-Sisiy. Bundan tashqari, Anvar Sadatning oʻldirilishi va Husni Muborakning uning vorisi etib saylanishi oraligʻida Sufiy Abu Tolib vaqtincha prezident vazifasini bajargan. 2013-yilgi davlat toʻntarishi natijasida Muhammad Mursiy hokimiyatdan chetlatilganidan soʻng esa Adli Mansur vaqtincha prezident vazifasini bajargan.

2011-yilgi Misr inqilobi davomida Husni Muborak 2011-yil 11-fevralda isteʼfoga chiqqanidan soʻng, prezidentlik lavozimi boʻsh qoldi. Davlat rahbari va hukumat rahbari vazifalarini Qurolli Kuchlar Oliy kengashi (SCAF) raisi, Feldmarshal Muhammad Husayn Tantoviy bajardiEgypt Trades Torture Supervisor for 'Mubarak’s Poodleʼ? ABC News, 11 February 2011.

Mursiy 2012-yil 23–24-may va 16–17-iyun kunlari boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻalaba qozonganidan soʻng, 2012-yil 30-iyunda prezident lavozimiga kirishdi. 2013-yil 3-iyulda uning isteʼfosini talab qilgan ommaviy norozilik namoyishlari ortidan Misr Qurolli Kuchlari davlat toʻntarishini amalga oshirib, Mursiyni hokimiyatdan chetlatdi. Uning oʻrnini Misr Oliy konstitutsiyaviy sudi raisi Mansur vaqtincha prezident sifatida egalladi. Mansur 2013-yil 4-iyulda Oliy konstitutsiyaviy sud binosida qasamyod qilib, lavozimiga kirishdi.

Amaldagi prezident Abdul Fattoh as-Sisiy 2014-yil 26–28-may kunlari boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻalaba qozonganidan soʻng, 2014-yil 8-iyunda lavozimiga kirishdi. U keyinchalik yana ikki marta qayta saylandi: birinchi marta 2018-yil 26–28-mart kunlari boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida, ikkinchi marta esa 2023-yil 10–12-dekabr kunlari boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida.

Mansabdor shaxslar ro‘yxati Siyosiy partiyalar

Boshqa mansubliklar

Maqom

Belgilar Prezidentlik referendumi

Konstitutsiyaviy referendum va prezidentlik muddati uzaytirilishi bo‘yicha referendum

Lavozimda bo‘lgan paytida vafot etgan Sur'atiIsmi Faoliyat yillariPartiyasiSaylovVitse-prezidentlar Misr Respublikasi 1 – Harbiy — — Ozodlik Rallisi — – Harbiy — — 2 – Ozodllik Rallisi Milliy Ittifoq Birlashgan Arab Respublikasi (2) – MIlliy Ittifoq Arab Sotsialistik Ittifoqi 3 – Arab Sotsialistik Ittifoqi — 30-oktyabr 1970 Sanasigacha bo‘sh – Misr Arab Respublikasi (3) – Arab Sotsialistik Ittifoqi 16-yanvar 1972 Sanasigacha bo‘sh 18-sentyabr 1974 sanasidan keyin bo‘sh Milliy demokratik — – Milliy demokratik — 4 – Milliy Demokatik 29-yanvar 2011 sanasigacha bo‘sh 2005 — – harbiy — Bo‘sh prezidentlik 5 – Ozodlik va adolat 2012 12-avgust 2012 sanasigacha bo‘sh 22-dekabr 2012 sanasidan keyin bo‘sh 26-dekabr 2012 sanasidan keyin bekor qilingan — – Tayinlanmagan — 14-iyul 2014 sanasigacha bekor qilingan 14-avgust 2013 sanasidan keyin bo'sh 18-yanvar 2014 sanasidan keyin bekor qilingan 6 –Amaldagi Tayinlanmagan 2014 23-aprel 2019 sansigacha bekor qilingan 2018 23-aprel 2019 sanasidan keyin bo'sh 2023

Manbalar

Turkum:Misr