Sunan Giri (shuningdek, Raden Paku yoki Joko Samudro) – asl ismi Muhammad Aynul Yakin, (milodiy 1442-yilda hozirgi Banyuwangi shahri hududidagi Blambanganda tugʻilgan) Indoneziyada Islom dinini yoyishda bosh-qosh bo‘lgan Wali Sanga – to‘qqiz avliyodan biri hisoblanadi.

Bolaligi Sunan Giri Devi Sekardadu hamda Malakkalik Mavlono Isʼhoqning (Mavlono Malik Ibrahimning ukasi) farzandi. Keyinchalik uni Nyai Gede Pinatih ismli savdogar ayol asrab olgan. Xalq orasidagi rivoyatlarga koʻra, Sunan Giri Blambanganga missioner sifatida kelgan hind malikasining oʻgʻli boʻlgan. Inqiroz davrda onasi uni kichik qayiqda ummon oqimi ixtiyoriga topshirib, tashlab ketishga majbur boʻladi va keyinchalik uni dengizchilar qutqarib qolishadi. Bu voqea Tavrotdagi Muso alayhissalom qissasini yodga soladi.

Taʼlimi va faoliyati Sunan Giri yoshligida Sunan Ampelning maktabida tahsil olgan va keyinchalik uning qiziga uylangan. Maktabda Demak sultoni Raden Patah bilan birga saboq olganWali Songo: The Nine Walis.

Keyinchalik Sharqiy Yavaning Janubiy Gresik okrugidagi Sidomukti qishlogʻida oʻz madrasasini ochadi va shu yerda „Giri“ unvonini oladi („Giri“ soʻzi „tepalik, tog‘“ degan ma’noni bildiradi). U barpo qilgan ta’lim maskani nafaqat diniy ilm-fan, balki mahalliy jamoat faoliyati va ijtimoiy rivojlanish markazi bo‘lgan.

Siyosiy yetakchilik Majapaxit hukmdori Sunan Giriga siyosiy yetakchilikdagi mavqeyini oshirish huquqini beradi. Bu esa keyinchalik Giri Kedaton nomi bilan mashhur boʻlgan ta’lim maskanining yanada ravnaq topishiga zamin yaratadi. Sunan Giri hukmdorga oʻzining sadoqatli xizmati va mavqeyi sababli Prabu Satmata nomi bilan ham tanilgan edi.

Sunan Giri davlatining ravnaq topishini oldindan bashorat qilgan hamda Lombok, Sulavesi va Molukka orollariga Islom dinini yoyishda xizmat koʻrsatgan. U sof Islom e’tiqodi tarafdori boʻlib, dindagi har xil bid’at va yangiliklarni (XIX–XX asrlardagi „modernist“ islom ulamolari kabi) rad etgan.

Giri Kedaton maktabining keyingi faoliyati Diniy va siyosiy hokimiyat markazi boʻlgan Giri Kedaton maktabi oʻz davrida Pangeran Singosari boshchiligida Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi hamda kolonializm tarafdori boʻlgan Amangkurat II ga qarshi koʻrsatgan qatʼiy va murosasiz kurashi bilan tanilgan edi.

Yavaning jelungan, jamuran, lir-ilir va kublak suveng kabi ommabop, anʼanaviy hamda bolalar oʻyinlarining yaratilishi Sunan Giri nomi bilan bogʻlanadi. Shuningdek, uning nomi yava sheʼriyatining (va musiqasining) „Gending Asmaradana“ hamda „Pucung“ kabi yoʻnalishlari bilan ham tutash. Garchand bu kuylar aksar hollarda islomgacha boʻlgan yava eʼtiqodlari va anʼanalari taʼsirida shakllangan boʻlsa-da, ularda vaqt oʻtishi bilan Islom ruhi singdirilgani koʻzga tashlanadi.

Adabiyotlar Sunyoto, Agus (2014). Atlas Wali Songo: Buku Pertama yang Mengungkap Wali Songo Sebagai Fakta Sejarah. 6th edition. Depok: Pustaka IIMaN.

Yana qarang Indoneziyada Islom Indoneziyada Islom dinining yoyilishi Ali al-Uraydiy

Manbalar

Turkum:Indoneziyada Islom tarixi Turkum:Wali Sanga