Tatar al-Hijoziya madrasasi — qadimgi Fotimiylar xalifaligi poytaxti al-Qohirada joylashgan madrasa. Zamonaviy Qohiraning bir qismiga aylangan. An-Nosir Hasanning ikkinchi bor hukmronligi davrida qurilgan. Shuningdek, bu yerda al-Hasanning maqbarasi (qubba) ham joylashgan.

Asoschisi Tatar al-Hijoziya () Mamluk sultoni an-Nosir Muhammadning qizi boʻlgan. U Mamluk amirlarining bir nechtasiga turmushga chiqqan. Biroq malika al-Hijoziya nisbasini eri Malik Tamur al-Hijoziyning nomidan olgan.

Yozuvi Inshootning poydevoridagi bitigi hozirgacha saqlanib qolgan. Undagi yozuv madrasaga Tatar al-Hijoziya tomonidan asos solinganini aniq koʻrsatadi.

Muassasa Al-Maqriziyning yozishicha, bu madrasaga Tatar al-Hijoziya asos solgan solib, unda Shofiʼiylik va Molikiylik fiqh mazhablari boʻyicha taʼlim berilishini yoʻlga qoʻygan. Madrasada dars bergan mashhur ustozlardan biri taniqli olim Sirojiddin Umar ibn Raslon al-Bulqiniy edi. Muassasa juma kunlari masjid vazifasini bajarib, jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan va bu yerda xutba ham oʻqilgan.

Manbalar

Turkum:Qohiradagi mamluk meʼmorchiligi Turkum:Misr madrasalari