Buddhu maqbarasi (), shuningdek, Buddhu ka Awa () nomi bilan ham tanilgan, Pokistonning Lohur shahrida joylashgan XVII asrga oid maqbara. Anʼanaviy qarashlarga koʻra, maqbarada Lohurda yashagan Buddhu ismli kishining qabri joylashgan. Biroq Said Muhammad Latif kabi ayrim tarixchilar maqbara aslida Boburiylar saroyining amirlaridan biri Xon-i Davron Bahodir Nusrat Jangning xotini uchun qurilganini taʼkidlagan. Ayrim sikhlar esa bu inshootni Buddhu tomonidan qurilgan gurdvara — sikhlar ibodatxonasi deb hisoblaydi.
Joylashuvi Maqbara Lohurning devor bilan oʻralgan eski shahrining sharqiy qismida, Katta magistral yoʻl boʻyida joylashgan. Yoʻlning qarama-qarshi tomonida Lohur muhandislik va texnologiya universiteti joylashgan.
Tarixi Maqbara taxminan 1641-yilda qurilgan boʻlib, anʼanaviy qarashlarga koʻra, Buddhu ismli kishining qabri hisoblanadi. Buddhu Suddhu ismli kishining oʻgʻli boʻlib, Shoh Jahon hukmronligi davrida Suddhu Lohurdagi bir qancha qirollik inshootlari uchun gʻisht yetkazib bergan mahalliy gʻisht ishlab chiqaruvchi shaxs boʻlgan. Biroq tarixiy manbalarda maqbara aslida Boburiylar saroyining amirlaridan biri Xon-i Davron Bahodir Nusrat Jangning xotini uchun qurilgani qayd etiladi. Amirning oʻzi ham 1643-yilda vafot etganidan soʻng shu maqbaraga dafn etilgan.
Boburiylar davridagi dafn marosimlari anʼanalariga muvofiq, maqbara, ehtimol, keyinchalik yoʻq boʻlib ketgan bogʻ hududida joylashgan edi. Shahzoda Sher Singx Lohurga yurish qilganida ushbu hududdan qoʻshini uchun qarorgoh sifatida foydalangan.
Meʼmorchiligi
Maqbaraning quyi qismi kvadrat shaklida boʻlib, uning har bir tomonida bittadan eshik joylashgan. Har bir eshikning ikki yonida devor ichiga chuqurroq ishlangan kichik ravoq bor. Quyi qism ustiga sakkiz qirrali tuzilma qurilgan boʼlib, uning tepasiga diametri taxminan 9,75 metr boʻlgan yirik gumbaz oʻrnatilgan.
Maqbara devorlari, asosan, gulli naqshlar tushirilgan koʻk va sariq sirlangan koshinlar bilan bezatilgan.
Muhofaza qilinishi Maqbara 1975-yilgi Qadimiy yodgorliklar toʻgʻrisidagi qonun bilan muhofaza qilinadi. Obyektda 2014-yilda doktor Abdulrahmon tomonidan Fulbright dasturi bitiruvchilar jamgʻarmasi hamda Pokistondagi AQSh Taʼlim jamgʻarmasi koʻmagida qisman taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Galereya
Manbalar
Turkum:Lohur Turkum:Boburiylar maqbaralari Turkum:Lohurdagi maqbaralar Turkum:Pokistonda islom meʼmorchiligi Turkum:Islomiy maqbaralar