Teach for America (TFA) — AQShdagi notijorat tashkilot. Uning rasmiy vazifasi „taʼlimda aʼlo darajaga erishish harakatini rivojlantirish va mustahkamlash uchun AQShning eng istiqbolli boʻlajak yetakchilarini imkon qadar koʻproq jalb etish, tayyorlash va safarbar qilish“dan iborat.

Tashkilot bu maqsadga erishish uchun Qoʻshma Shtatlardagi yetakchi universitetlar bitiruvchilarini oʻqituvchilikka tanlab oladi va ishga yollaydi. „Korpus aʼzolari“ () deb ataluvchi ushbu ishtirokchilar tashkilot xizmat koʻrsatadigan 52 ta kam taʼminlangan hududning biridagi anʼanaviy davlat yoki davlat charter K–12 maktablarida kamida ikki yil dars berish majburiyatini oladilar.

Tarixi TFA tashkilotiga Wendy Kopp tomonidan oʻzining 1989-yilgi Prinston universiteti bakalavrlik dissertatsiyasi asosida asos solingan. Taʼsischilar jamoasi tarkibiga qiymatli investitsiyalar boʻyicha investor , AQSh Ichki daromadlar xizmatining () sobiq komissari hamda prezidenti va bosh direktori Richard Barth kiradi.

1990-yilda birinchi korpus tashkil etilganidan buyon 42 000 dan ortiq korpus aʼzolari TFA oldidagi oʻz majburiyatlarini bajardilar. 2015-yil sentabr oyida tashkilot aʼzolari va bitiruvchilari soni 50 000 nafarga yetdi; ular birgalikda butun mamlakat boʻylab 5 milliondan ortiq oʻquvchiga dars berishgan.

Tashkilot faoliyatining dastlabki 10 yili Koppning () nomli kitobida batafsil yoritilgan.

2011-yil yanvar oyida Wendy Kopp oʻzining () nomli ikkinchi kitobini chop etdi. Unda muallif Amerika taʼlim tizimida soʻnggi yigirma yil davomida olib borgan faoliyati va orttirgan tajribalarini bayon qilgan.

2025-yil aprel oyida Aneesh Sohoni TFA tashkilotiga yangi bosh ijrochi direktor etib tayinlandi.

Yondashuv thumb|right|2008-yildagi Hyuston institutida Teach for Americaʼning uch nafar korpus aʼzosi.

TFA tashkiloti yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar va mutaxassislarni Qoʻshma Shtatlar boʻylab shahar hamda qishloq hududlarida ikki yil davomida dars berishga jalb etadi. TFAʼning maqsadi — korpus aʼzolarining oʻz oʻquvchilariga bor salohiyatini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashishi va taʼlimda aʼlo darajaga erishish yoʻlida umrbod yetakchiga aylanishi orqali ham qisqa, ham uzoq muddatli ijobiy oʻzgarishlar yaratishdan iborat. Korpus aʼzolari sertifikatlangan oʻqituvchi boʻlishi shart emas, biroq bunday sertifikati bor oʻqituvchilar ham ariza topshirishlari mumkin. Sertifikatga ega boʻlmagan aʼzolar esa dasturni oʻtash davomida oʻqitiladigan kurslar orqali oladilar.

Dasturning barcha aʼzolari oʻz vazifalariga tayyorgarlik koʻrish uchun intensiv yozgi oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishlari shart. Dastur tafsilotlari hududlarga qarab farq qiladi, biroq odatda besh kunlik hududiy tanishuvni, yozgi maktabda dars berishni ham qamrab olgan besh-yetti haftalik intensiv rezidentlik kursini hamda bir-ikki haftalik hududiy orientatsiya bosqichini oʻz ichiga oladi.

TFA oʻqituvchilari Nyu-York, Chikago, Detroyt, Yangi Orlean va Xyuston kabi shaharlardagi, shuningdek, sharqiy Shimoliy Karolina hamda kabi qishloq hududlaridagi davlat maktablariga biriktiriladi. Shundan soʻng ular ikki yil davomida va odatan TFA dasturining boshqa aʼzolari bilan birgalikda faoliyat yuritadilar.

TFA oʻqituvchilari oʻz maktablarining toʻlaqonli oʻqituvchilar jamoasi aʼzolari hisoblanadi. Ular maktab okrugining odatiy maoshi va imtiyozlarini, shuningdek, muayyan miqdordagi „taʼlim vaucheri“ni oladilar (undan malaka oshirish va sertifikatlash kurslari toʻlovi, avvalgi talabalik kreditlarini qoplash yoki ikki yillik majburiyat davomida yoxud undan keyin oʻqishni davom ettirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalanish mumkin). Ular kasaba uyushmasiga avtomatik tarzda aʼzo boʻlmaydilar, biroq bunday qilish ularga taqiqlanmagan. Hatto kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlmasalar ham, maoshlaridan mahrum boʻlish evaziga uyushma tomonidan oʻtkaziladigan ish tashlashlarga qoʻshilishlari mumkin.

Kadrlarni saqlab qolish 2015-yilda TFA birinchi yil ishlagan oʻqituvchilarining 88 foizi ikkinchi yil ham oʻz faoliyatini davom ettirish uchun qaytganini maʼlum qildi. Shuningdek, tashkilot oʻsha paytdagi 37 000 dan ziyod bitiruvchilarining 11 000 dan ortigʻi hali ham oʻqituvchilik qilayotganini, bundan tashqari, bitiruvchilarning 65 foizi taʼlim sohasida toʻliq stavkada ishlayotganini xabar qildi.

Qoʻshimcha qilinishicha, tashkilot bitiruvchilarining 84 foizi taʼlim sohasiga yoki aholisi kam taʼminlangan hududlar hayotiga taʼsir koʻrsatuvchi lavozimlarda toʻliq stavkada faoliyat yuritgan. Ular orasida 900 dan ortiq maktab rahbarlari, 100 dan ziyod kasaba uyushmasi yetakchilari hamda 250 nafar taʼlim tizimi masʼullari bor.

Geografik qamrovi TFA tashkilotining geografik qamrovi asos solinganidan buyon kengayib bordi. Dastlab oltita hududda faoliyat yuritgan tashkilot 2015–2016-oʻquv yiliga kelib 52 ta hududni qamrab oldi.

Ushbu 52 ta hududga quyidagilar kiradi: Alabama, Apalachia, Arkanzas, Baltimor, San-Fransisko koʻrfazi, Kapital-Velli (Sakramento hududi), Sharlott, Chikago-Shimoli-gʻarbiy Indiana, Kolorado, Konnektikut, Dallas-Fort-Uort, Vashington hududi, Delaver, Detroyat, Sharqiy Shimoliy Karolina, Katta Nashvill hududi, Katta Yangi Orlean-Luiziana deltasi hududi, Katta Filadelfiya hududi, Gavayi, Hyuston, Aydaho, Indianapolis, Jeksonvill, Kanzas-Siti, Las-Vegas vodiysi, Los-Anjeles, Massachusets, Memfis, Katta Atlanta hududi, Mayami-Dade hududi, Miluoki, Missisipi, Nyu-Jersi, Nyu-Meksiko, Nyu-York, Shimoliy Karolina Piedmont Triad, Shimoli-sharqiy Ogayo (Klivelend hududi), Oklahoma, Orlando, Finiks, Rod-Aylend, Rio-Grande vodiysi, San-Antonio, San-Diyego, Janubiy Karolina, Janubiy Dakota, Janubiy Luiziana, Janubi-gʻarbiy Ogayo (Sinsinnati hududi), Sent-Luis, Tvin-Siti va Vashington shtati.

Baholanishi thumb|left||2008-yildagi Hyuston institutida Teach for America korpusi aʼzosi dars oʻtayotgan sinf xonasi Tashkilotga asos solinganidan buyon TFA aʼzolarining samaradorligini boshqa yoʻllar bilan oʻqituvchilik kasbiga kirib kelgan mutaxassislar koʻrsatkichlari bilan solishtirish va baholash maqsadida bir qancha mustaqil tadqiqotlar oʻtkazilgan.

tashkilotining 2015-yilgi tadqiqotiga koʻra, TFA oʻqituvchilari dars bergan maktabgacha taʼlim va 1–2-sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligi darajasi xuddi shu boshlangʻich maktablardagi boshqa oʻqituvchilar koʻrsatkichiga nisbatan 1,3 oyga ilgarilagani aniqlangan. Ushbu tadqiqot, shuningdek, 10 ta shtat boʻylab TFA oʻqituvchilarining matematika va oʻqish fanlaridagi samaradorligi boshqa oʻqituvchilar bilan bir xil darajada ekanini koʻrsatgan.

Calder Center hamda American Institutes for Research (AIR) oʻtkazgan tadqiqot natijalariga koʻra (shtat darajasidagi majburiy test ballari tahliliga tayanib), TFA oʻqituvchilarining Mayamidagi oʻquvchilarga bergan matematika bilimi qoʻshimcha uch oylik oʻquv dasturiga teng samaradorlik koʻrsatgan.

Garvard strategik maʼlumotlar loyihasi (Harvard Strategic Data Project) 2012-yilda TFA oʻqituvchilari ingliz tili va matematika fanlaridan boshqa yangi oʻqituvchilarga qaraganda 1–2 oy oldinda boʻlgan taʼlim natijalarini koʻrsatganini aniqlagan.

Shimoliy Karolina va Tennessi shtatlarida oʻtkazilgan tadqiqotlar barcha fanlar va sinflar boʻyicha oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga tayanib, ushbu ikki shtatda TFA yangi oʻqituvchilarni tayyorlashning eng samarali manbai hisoblanishini koʻrsatgan.

hamda Calder Center tomonidan 2008-yil mart oyida oʻtkazilgan va Journal of Public Policy and Management jurnalida chop etilgan tadqiqotda shunday xulosaga kelingan: „TFA oʻqituvchilari boshqa oʻqituvchilarga (jumladan, soha boʻyicha maxsus sertifikatga ega boʻlganlarga) nisbatan yuqori sinf oʻquvchilarining test natijalariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu taʼsir ish stajidan kelib chiqadigan samaradan ustunroq boʻlib, ayniqsa matematika va tabiiy fanlarda yaqqol koʻzga tashlanadi“Urban Institute http://www.urban.org/education/evaluations.cfm?page=2.

Mathematica tashkilotining 2013-yilgi yana bir tadqiqotiga koʻra, sakkizta shtatdagi TFA oʻqituvchilarining oʻquvchilari oʻrta maktab matematika fanini boshqa oʻqituvchilarning oʻquvchilariga qaraganda 2,6 oy oldinda oʻzlashtirishi aniqlangan.

Jorjiya shtati Audit va hisob-kitoblar departamenti tomonidan 2015-yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, TFAʼning yangi faoliyat boshlagan oʻqituvchilari dars bergan oʻquvchilarning qariyb 85 foizi shtat standartlariga javob bergan yoki undan yuqori natija koʻrsatgan. Anʼanaviy pedagogik sertifikatga ega tajribasiz oʻqituvchilar sinflarida bu koʻrsatkich 70–74 foizni, koʻp yillik tajribaga ega oʻqituvchilar sinflarida esa 77 foizni tashkil etgan. Ushbu tadqiqot tashkilotning 5 haftalik tayyorgarlik kursi oʻquvchilar oʻzlashtirishining pasayishiga olib keladi degan qarashlarni raddiya etgan.

Policy Studies Associates tomonidan 2011-yilda oʻtkazilgan mustaqil tadqiqotda TFA oʻqituvchilari bilan ishlaydigan maktab direktorlarining deyarli 90 foizi TFA faoliyatidan yuqori darajada qoniqish hosil qilgani koʻrsatilgan. Ular TFA aʼzolarining samaradorligini tajribali oʻqituvchilar bilan teng, baʼzi hollarda esa ulardan yuqori deb baholaganlar. Shuningdek, direktorlarning 87 foizi TFA aʼzolarining tayyorgarligi boshqa yangi oʻqituvchilarning tayyorgarligidan qolishmasligini, 53 foizi esa TFA tayyorgarligini samaraliroq deb topganini bildirganlar.

2010-yilda TFA AQSh Taʼlim vazirligining „Innovatsiyalarga sarmoya“ (i3) grant tanlovida 1 700 ga yaqin arizalar orasida eng yirik grantni qoʻlga kiritdi. Moliya hajmini oshirish boʻyicha grantlar (scale-up grants) arizachilardan oʻquvchilar erishgan natijalar asosida xolis va metodologik jihatdan asoslangan tadqiqotlar (masalan, eksperimental va kvazi-eksperimental tadqiqot loyihalari) orqali oʻz muvaffaqiyatini isbotlashni talab etganEligibility – Investing in Innovation Fund (i3). .ed.gov (March 27, 2013). Retrieved on August 24, 2013.Awards – Investing in Innovation Funds (i3). .ed.gov. Retrieved on August 24, 2013..

American Political Science Review jurnalida chop etilgan 2018-yilgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, TFA dasturi doirasida dars beruvchi imtiyozli (oʻziga toʻq) qatlam vakillari ushbu faoliyat natijasida „muhtoj va kam taʼminlangan amerikaliklarning qarashlariga yaqinroq boʻlgan dunyoqarashni qabul qiladilar“.

Tanqidlar TFA tanqidchilar tomonidan eʼtirozlarga uchragan. Ularning taʼkidlashicha, loyiha tajribali oʻqituvchilar oʻrniga yozda boʻladigan atigi besh haftalik tayyorgarlikdan oʻtgan va eng kam (boshlangʻich) maosh toʻlanadigan yangi kadrlarni ishga jalb etadi. Oʻz navbatida, bu tanqid TFAʼga qabul qilingan oʻqituvchilarning yangi aʼzolariga taalluqlidir, ammo ularning orasida oz boʻlsada sohada tajribasi bor yoki ilmiy unvonga ega kadrlar ham uchraydi. Oʻz tayyorgarlik tizimiga nisbatan eʼtirozlarga javoban, TFA yangi dasturni taqdim etdi. Dastur bakalavriatning 3-kurs talabalarini amaliyotga chiqishdan oldin, 4-kurs davomida pedagogika boʻyicha oʻquv kurslarini yakunlashga undaydi .

Oʻqituvchilar kasaba uyushmalari va davlat taʼlimi tarafdorlari ushbu tashkilot faoliyatini muntazam tanqid qilib kelishadi. Ularning taʼkidlashicha, anʼanaviy ravishda kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlgan sertifikati bor mutaxassislarga ajratilgan shtat oʻrinlariga vaqtinchalik havaskorlarning olib kelinishi taʼlim sohasining kasbiy nufuziga putur yetkazadi. ijrochi direktori John Wilson 2009-yil may oyida yoʻllagan xatida kasaba uyushmasi rahbarlari „maktab tizimlari oʻqituvchilarni qisqartirib, tuzilgan shartnomalarga asosan TFA bitiruvchilarini ishga qabul qilayotganiga guvoh boʻlishayotgani“ni taʼkidlagan. Wilson soʻzida davom etib, TFA kam taʼminlangan hududlardagi maktablarga „eng kam tayyorgarlik koʻrgan va eng tajribasiz oʻqituvchilar“ni olib kirib, ularni „asosiy oʻqituvchi“ sifatida biriktirayotganini aytib oʻtgan.