John E. Abele (1937-yilda tugʻilgan) — amerikalik tadbirkor va Boston Scientific tibbiy asbob-uskunalar kompaniyasining asoschilardan biri. John 2010-yilda ASME medaliga sazovor boʻlgan. 2024-yil noyabr holatiga koʻra uning boyligi 1,9 milliard AQSh dollariga baholangan. Abele ilk bor 1996-yilda oʻz mehnati bilan milliarder boʻlgan shaxs sifatida Forbes 400 roʻyxatiga kiritilgan. U oʻz boyligining salmoqli qismini xayriya ishlari uchun sarflagan boʻlsa-da, Vermont shtatidagi yagona milliarder boʻlib qolmoqda va Shelburne shahrida istiqomat qiladi. Oʻzining xususiy oilaviy jamgʻarmasi — Argosy Foundation orqali Abele 2001-yildan buyon xayriya maqsadlari uchun 130 million AQSh dollaridan ortiq mablagʻ ajratgan.
Ilk hayoti va taʼlimi John Abele uch oʻgʻilning kenjasi boʻlib, Catherine hamda Mannert L. Abele, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari ofitseri oilasida ulgʻayganAmherst College: „Flowers on the Water“ by Rand Richards Cooper Spring 2009. U oʻz oilasini „klassik Yankee oilasi“ deb taʼriflagan. Uning otasi USS Grunion suvosti kemasining qoʻmondoni boʻlgan. Mazkur kema 1942-yil 31-iyulda Aleut orollari yaqinida, dushman hujumi oqibatida halokatga uchragan.
Keyinchalik John va uning akalari USS Grunionni topish, suratga olish, halokat sabablarini hujjatlashtirish hamda ekipajning barcha aʼzolari qarindoshlarini aniqlash boʻyicha tadqiqot ishlarini tashkil etgan, boshqargan va moliyalashtirgan. Natijada suvosti kemasi Bering dengizi tubidan topilgan retrieved March 8, 2013. Yetti yoshida Abele suyakning bakterial infeksiyasi boʻlgan Ostit kasalligiga chalingan. Shu sababli u bir necha marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan va uzoq yillar qoʻltiqtayoq yordamida yurgan. Abele Amherst Collegeni fizika va falsafa yoʻnalishlarini tamomlagan. Keyinchalik ushbu oliy taʼlim muassasasi vasiylik kengashi aʼzosi ham boʻlgan.
Faoliyati Abele faoliyatini AQShning Oʻrta Gʻarb hududidagi yoritish uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyada boshlagan. Keyinchalik u Yangi Angliyaga koʻchib oʻtib, Boston yaqinidagi kichik tibbiyot kompaniyasida ishlagan. Soʻng Peter Nicholas bilan birgalikda Boston Scientific kompaniyasiga asos solgan.
2002–2010-yillarda u FIRST robototexnika tashkilotining direktorlar kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Abele USA Science and Engineering Festival maslahat kengashi aʼzosi hisoblanadiUSA Science and Engineering Festival — Advisors retrieved 2010-07-05.
Shaxsiy hayoti John Abele Mary Abele bilan turmush qurganGreater Milwaukee Business Journal: „Foundation moving to Milwaukee — Chris Abele to head family’s philanthropy“ by Pete Millard November 17, 2002. Ular Shelburne, Vermont shahrida yashaydi hamda uch nafar farzandning ota-onasi boʻlib, ulardan biri Chris Abeledir. Chris Abele 2010-yilda Milwaukee okrugi ijroiya rahbari lavozimiga saylanganMilwaukee Journal Sentinel: „Sources say Abele planning to run for Milwaukee County executive“ By Daniel Bice December 17, 2010.
Manbalar
Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:Tadbirkorlar