General-mayor Muhammad Bey Najib Yusuf Qutb al-Qashlon (; 1901-yil 19-fevral — 1984-yil 28-avgust), qisqa qilib aytganda Muhammad Najib () — misrlik harbiy va inqilobchi. Jamol Abdul Nosir bilan birga 1952-yildagi Ozod zobitlar harakatining ikki asosiy yetakchilaridan biri. Bu harakat Misr va Sudan monarxiyasini agʻdarib, Misr Respublikasi tashkil topishiga olib keladi.

Najib hurmatli va unvonli general hisoblanadi. 1948-yilgi arab-isroil urushida yaralangan. Keyinchalik Ozod zobitlar harakatiga yetakchilik qiladi. Bu harakat Misr va Sudanda Britaniya qoʻshinlarining qolishiga, shuningdek Foruq I hukumatining buzgʻunchiligi va layoqatsizligiga qarshi chiqqan millatchi ofitserlardan iborat boʻlgan. 1952-yil iyulida Foruq agʻdarilgach, Najib Inqilobiy qoʻmondonlik kengashiga rahbarlik qiladi, hamda Misr Bosh vaziri boʻladi, soʻngra Misrning birinchi prezidenti etib saylandi. U Sudan mustaqilligiga erishadi (Sudan shu paytgacha Misr va Buyuk Britaniya kondominiumi edi) va barcha Britaniya harbiylarining Misrdan chiqib ketishini taʼminlaydi. Uning prezidentlik davri 1954-yil noyabrida tugaydi. Buning sababi Ozod zobitlarning boshqa aʼzolari, ayniqsa Nosir bilan kelishmovchilik boʻladi. Nosir uni isteʼfoga chiqishga majbur qilib, prezidentlik lavozimini oʻzi egallab oladiالأوراق السرية لمحمد نجيب صـــ5.

Yoshligi va taʼlimi Muhammad Najib 1901-yil 19-fevralda Anglo-Misr Sudanining Xartum shahrida tugʻilgan. Otasi Yusuf Najib, onasi Zuhra Ahmad Usmon edi. Zuhra misrlik harbiylar oilasidan chiqqan va Omdurmanda yashagan. Uning otasi bilan akasi shu yerda Misr ofitserlari sifatida xizmat qilgan. Otasi Yusuf esa Misr qurolli kuchlarining yuqori martabali zobiti boʻlgan. U ham Misrning mashhur harbiylar oilasidan chiqqan edi. Najib toʻqqiz farzandning eng kattasi boʻlgan.

Najib Xartumdagi Gordon xotira kollejida oʻrta va harbiy taʼlim olib, 1918-yilda bitirgan. 1923-yilda Misr qirollik gvardiyasiga qabul qilingan. 1927-yilda huquqshunoslik litsenziyasini olgan birinchi misrlik harbiy ofitser boʻladi. 1929-yilda siyosiy iqtisod boʻyicha, 1931-yilda esa fuqarolik huquqi boʻyicha ikkinchi diplomini oladiكنت رئيسا لمصر صــ195 و270.

Harbiy faoliyati left|thumb|308px|Najib 1948-yilgi urush paytida 1931-yil dekabrida Najib kapitan unvonini oladi. 1934-yilda Arişdagi chegara patruliga oʻtadi. U 1936-yilgi Angliya-Misr shartnomasi shartlarini bajargan harbiy qoʻmita aʼzosi edi. 1937-yilda Xartumda Misr qurolli kuchlari uchun gazeta tashkil qiladi. 1938-yil 6-may oyida esa mayor unvoniga koʻtaraldiالأوراق السرية لمحمد نجيب صـــ11.

Najib 1942-yilgi Obdin saroyi voqeasidan soʻng norozilik belgisi sifatida isteʼfo arizasini topshiradi. U oʻz tarjimai holida shunday yozgan: britaniyaliklar saroyni qamal qilganda uni toʻsa olmagani uchun qirolga bergan qasamini buzgan, shu sababli isteʼfo bergan. Shunga qaramay, Obdin saroyi amaldorlari uning harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, isteʼfosini qabul qilmaganlarكنت رئيسا لمصر صـــ61.

Najib harbiy hizmat zinapoyasidan koʻtarilib boradi. 1944-yilda podpolkovnik unvonini olgandan soʻng, Sinay yarimorolining hududiy hokimi etib tayinlanadi. 1947-yilda Sinayning mexanizatsiyalashgan piyoda qoʻshinlariga rahbarlik qiladi, 1948-yilda boʻlsa brigada generali unvonini oladi.

Najib 1948-yilgi arab-isroil urushida mohirlik bilan jang qiladi va yetti marta yaralanadi. Xizmatlari uchun Fuodning birinchi harbiy yulduzi bilan taqdirlanadi va Bey unvonini oladi. Keyinchalik Misr harbiy akademiyasi boshligʻi etib tayinlanadi.

Manbalar

Havolalar

Prezidentlik tarjimai holi

Turkum:Misr Bosh vazirlari Turkum:Jigar sirrozidan oʻlganlar