Hind masjidi () yoki Suzuvchi masjid — Malayziyaning Saravak shtati Kuching shahridagi Saravak daryosi sohilida joylashgan masjid. 2019-yil 1-mart kuni Saravakning sobiq gubernatori Abdultoib Mahmud tomonidan rasman ochib berilgan.
Tarixi Eski masjid binosi 1871-yil dekabr oyida bir guruh hind musulmonlarilar tomonidan bunyod etilgan. Bino Charles Brooke boshqaruvi davrida hukumatdan 60 Saravak dollari evaziga sotib olingan yerda qurilgan. Bu hudud oʻsha paytda hind musulmonlari savdo markazi hisoblangan, bugungi kunda esa Kuching shahridagi Gambir va Hindiston koʻchalari joylashgan hududni qamrab oladi. Eski bino hozirgi kunga qadar Gambir koʻchasidagi mato va ziravorlar doʻkonlari orasida saqlanib qolgan. Mahalliy aholi uni Tambi masjidi () deb ataydi. Masjidni taʼmirlash va yaxshilash ishlarini amalga oshirishda toʻrt nafar shaxs: janob Tambi Abdulloh, Kather Maideen, Kader Basah va Said Muhammad muhim rol oʻynagan.
Eski masjid oʻrniga suzuvchi masjid qurish loyihasi 2016-yilda boshlangan. Yangi masjid qurilishiga 21 million Malayziya ringgiti sarflangan boʻlib, bino bir vaqtning oʻzida 1600 nafar namozxonni sigʻdira oladi.
Manbalar
Turkum:Kuchingdagi binolar va inshootlar Turkum:2019-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Saravakdagi masjidlar