Qasr al-Ayniy tibbiyot fakulteti (arabcha: ) — Misrning Qohira shahridagi Qohira universitetining tibbiyot maktabi hisoblanadi. U 1827-yil 11-martda harbiy gospital va tibbiyot maktabi sifatida tashkil etilgan. 1925-yilda maktab Qohira universiteti tarkibiga kiritilib, uning tibbiyot fakultetiga aylandi. Fakultetning Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar vazirligiga qarashli oʻz „Qasr al-Ayniy“ shifoxonalari mavjud.

thumb|236x236px|Fakultetning Qohiradagi kampusi. thumb|Qasr al-Ayniy oʻquv shifoxonasi.

Tarixi thumb|Klot Bey Misr armiyasi libosida 1829-yil 20-iyunda Misrning Abu Zaabal hududida birinchi zamonaviy anatomiya darsini oʻtmoqda. Darsda al-Azhardan kelgan ayrim shayxlar ham ishtirok etishgan. 1827-yilda Abu Zaabaldagi harbiy gospital qoshida tibbiyot maktabi tashkil etildi. Fransuz shifokori Antuan Klot Bey tibbiyot maktabi va shifoxonasining birinchi direktori boʻldi. 1837-yilda tibbiyot maktabi va shifoxona Qohiradagi Qasr al-Ayniy koʻchasiga koʻchirildi. Shifoxona nomi „Qasr al-Ayniy shifoxonasi“ deb oʻzgartirildi. 1838-yilda Qasr al-Ayniy shifoxonasida birinchi doyachilik maktabi ochildi. 1848-yilda Klot Bey isteʼfoga chiqib, Fransiyaga qaytib ketdi. 1850-yilda Abbos I Vilgelm Grizingerni direktor etib tayinladi. 1851-yilda Grizingerning yordamchisi Teodor Bilxarts fanga maʼlum boʻlgan ilk qon soʻrgʻich chuvalchanglari — Schistosoma haematobium va Schistosoma mansoni parazitlarini, ular bilan birga esa bilxartsioz (shistosomoz) kasalligini kashf etdi. 1855-yilda Klot Bey tibbiyot maktabi va Qasr al-Ayniy shifoxonasi direktori etib qayta tayinlandi. 1858-yilda Klot Bey salomatligi tufayli Fransiyaga qaytib ketdi.

1925-yilda tibbiyot fakulteti va Qasr al-Ayniy shifoxonasi Qohira universitetiga qoʻshildi. Shifoxonaning yangi direktori etib doktor Uelson tayinlandi. 1929–1940-yillarda doktor Ali Basha Ibrohim fakultet dekani va shifoxona direktori etib tayinlandi. 1995-yil noyabr oyida Qohira universiteti yangi Qasr al-Ayniy shifoxonasining birinchi ishga tushirish bosqichini boshladi. 1996-yil 8-aprelda sobiq prezident Husni Muborak va Fransiya prezidenti Jak Shirak Qasr al-Ayniy shifoxonasining yangi binosini ochadilar.

2023-yil avgust oyidan buyon nevrologiya professori Husam Saloh Murod fakultet dekani sifatida oʻz ish faoliyatini olib borayotkan edi. U bu lavozimga Qohira universiteti shifoxonalari direktori sifatida ishlagandan soʻng tayinlangan.

Fakultet dekani oʻrinbosarlari quyidagilardan iborat:

Prof. Abdel Meguid Kassem, ilmiy tadqiqotlar va aspirantura boʻyicha dekan oʻrinbosari. Prof. Hanan Muborak, talabalar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari. Prof. Umar Azzam, jamoat ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari.

Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar va boʻlimlar Kardiologiya boʻlimi Reanimatsiya va kateterizatsiya laboratoriyalari Oftalmologiya boʻlimi Ixtisoslashtirilgan tibbiy biokimyoviy tajribalar boʻlinmasi Gastroenterologiya, gepatologiya va yuqumli kasalliklar Milliy klinik toksikologiya markazi Mikrobiologiya tadqiqot markazi Bilxartsioz jigar kasalliklarini tashxislash va davolash Urologik jarrohlik Andrologiya Neyroxirurgiya Plastik jarrohlik Umumiy jarrohlik Onkoxirurgiya Ortopediya va travmatologik jarrohlik Quloq, burun va tomoq (LOR) Buyrak yetishmovchiligini davolash va jarrohlik boʻlinmasi Sil kasalligi tadqiqot boʻlinmasi Kasb kasalliklari boʻyicha mehnatga layoqatlilik va nogironlikni aniqlash boʻlinmasi Oʻsmalar radiologik terapiyasi va yadro tibbiyoti markazi Oʻsma alomatlarini tekshirish boʻlinmasi Kardiotorakal jarrohlik Audiologiya Neyrofiziologiya tadqiqot boʻlinmasi Xromosoma toʻqimalarini koʻchirib oʻtkazish boʻyicha tadqiqot boʻlinmasi Nutq va eshitish terapiyasi boʻlinmasi Uyqu buzilishi va xurrakni davolash boʻlinmasi Koxlear implantatsiya, quloq laboratoriyasi va bank boʻlinmasi Epilepsiya terapiyasi tadqiqot boʻlinmasi Moxov boʻlinmasi Oftalmologik lazer diagnostikasi va terapiyasi Pulmonologiya va pulmonologik reanimatsiya Parazitologiya boʻlinmasi Diagnostik radiologiya boʻlinmasi Intervension radiologiya boʻlinmasi Qohira universiteti bolalar shifoxonasi (CUPH), shuningdek Abu El-Reesh El-Mounira shifoxonasi nomi bilan ham tanilgan Qohira universiteti ixtisoslashtirilgan bolalar shifoxonasi (CUSPH), shuningdek Abu ElReesh Yaponiya (JICA tomonidan moliyalashtirilgan) shifoxonasi nomi bilan ham tanilgan Qandli diabetga chalingan bolalar, endokrinologiya va metabolizm boʻlinmasi Psixiatriya va narkologiya shifoxonasi Nevrologiya boʻlimi Tarqoq skleroz boʻlinmasi Funksional va mikroskopik LOR boʻlinmasi Hamshiralik ishini rivojlantirish tadqiqot markazi Harakat tizimi toʻqimalarini saqlash, tiklash va koʻchirib oʻtkazish markazi Manial universitet shifoxonasi; Qasr al-Ayniy shifoxonasining toʻrtinchi qavatida joylashgan Gematologiya boʻlinmasi Anesteziya, jarrohlik reanimatsiyasi (SICU) va ogʻriqni qoldirish Allergiya va immunologik muammolar boʻlinmasi Revmatologiya boʻlinmasi

Rasmiy ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar Genetika boʻlinmasi, rahbari prof. May Sherif Prof. Hesham El Saket oʻquv resurslari majmuasi (LRC). U oʻquv resurslari markazi, asosiy konferensiya zali va xodimlar oshxonasini oʻz ichiga oladi. Rahbari prof. Mahmud Elfiqiy. MEDIC. KARIS, rahbari prof. Tamer Geyta. Xalqaro aloqalar boʻlimi

Manbalar

Turkum:Misrda sogʻliqni saqlash