Kindzmarauli () — toʻq qizil rangli, tabiiy yarim shirin gruzin vinosidir. U mamlakatning Kaxeti mintaqasida oʻsadigan, mahalliy uzum navi Saperavidan tayyorlanadiDarra Goldstein (1999) The Georgian Feast, ISBN 9780520219298, 0520219295, p. 56.

Tarixi Kindzmarauli ishlab chiqarilishi jarayonida undagi shakar miqdori tabiiy holatda saqlanadi. Uning tarkibida hech qanday kimyoviy modda yoki qoʻshimchalar boʻlmaydi, natijada tayyor vinoda shakar miqdori 3% dan 5% gacha, spirt miqdori esa 13,0% atrofida boʻladi.

2010-yilda qabul qilingan Gruziyaning „Tovarlarning kelib chiqish nomlari va geografik koʻrsatkichlari toʻgʻrisida“gi qonuniga muvofiq, „Kindzmarauli“ nomi Gruziyaning mahalliy vino nomlari roʻyxatiga kiritilgan. Ushbu nomdan faqat belgilangan geografik hududda ishlab chiqarilgan vinolar uchun foydalanish mumkin, boshqa hududlardagi vino ishlab chiqaruvchilarga esa undan foydalanish taqiqlanadi.

Yana qarang Xvanchkara

Manbalar

Turkum:Gruzin vinolari Turkum:Gruziya uzum navlari Turkum:Gruziya oshxonasi