Lyuksemburg aeroporti  — Lyuksemburgning asosiy aeroporti va mamlakatdagi yagona xalqaro aeroporti. Findel hududida joylashgani sababli ilgari Lyuksemburg Findel aeroporti () deb atalgan ushbu aeroport Lyuksemburgda qattiq qoplamali uchish-qoʻnish yoʻlagiga ega boʻlgan yagona aeroportdir. Aeroport Lyuksemburg shahridan taxminan 3,25 dengiz mili (6,02 km; 3,74 mil) sharqda joylashgan.

2024-yilda Lyuksemburg aeroporti besh milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi. Bundan tashqari, u yirik yuk tashish habi sifatida tanilgan boʻlib, yuk hajmi boʻyicha Yevropada beshinchi, 2010-yilda esa dunyo boʻyicha 28-oʻrinda turgan. Mamlakatning flagman aviakompaniyasi — Luxair hamda yetakchi yuk tashuvchi aviakompaniya — Cargoluxning bosh ofislari aynan shu aeroport hududida joylashgan.

Aeroport oʻzining yagona uchish-qoʻnish yoʻlagi orqali yiliga taxminan 100 000 ta samolyotlar parvozi va qoʻnishini amalga oshiradi; bunday infratuzilmaga ega aeroport uchun bu koʻrsatkich nisbatan yuqori hisoblanadi.

Tarixi Tashkil etilishi va dastlabki davri Aeroport dastlab Sandweiler aeroporti nomi bilan tanilgan boʻlib, 1930-yillarda kichik, maysali uchish maydoni sifatida ochilgan. Uning uchish-qoʻnish yoʻlagi nisbatan qisqa — uzunlikda boʻlgan.

1940-yil 10-mayda betaraf Lyuksemburg Germaniya tomonidan bosib olindi. 21-may kuni esa Luftvaffe ushbu aeroportga Messerschmitt Bf 109 qiruvchi samolyotlari bilan jihozlangan Jagdgeschwader 53 (JG 53) boʻlinmasini joylashtirdi. May va iyun oylarida, Fransiya uchun kechgan janglar davomida, JG 53 boʻlinmasi Fransiya va Britaniya ekspeditsiya kuchlariga qarshi janglarda qatnashdi. Bundan tashqari, blitskrig davrida Jagdgeschwader 52 (JG 52) boʻlinmasi ham Sandweilerdan turib Bf 109 samolyotlarini boshqargan. JG 52 boʻlinmasi 29-may kuni Fransiyaga koʻchib oʻtdi, ammo JG 53 18-avgustgacha Lyuksemburgda qoldi. Keyinroq u Britaniya uchun jangda ishtirok etish maqsadida La-Mansh boʻgʻozi tomon, yaʼni front chizigʻiga yaqinroq hududga koʻchirildi.

Sandweiler aeroporti 1944-yil sentyabriga qadar Luftwaffe tomonidan foydalanilmadi. Oʻsha vaqtda bu yerga Henschel Hs 126 (ikki oʻrinli razvedka va kuzatuv samolyoti) rusumli havo kemalaridan foydalanuvchi Aufklärungsgruppe 123 (AKG 123) razvedka boʻlinmasi joylashtirildi. AQSh armiyasi Lyuksemburg hududiga kirib, mamlakatni bosqinchi nemis kuchlaridan tozalagach, AKG 123 boʻlinmasi bor-yoʻgʻi bir necha kundan soʻng sharqqa — Germaniya hududiga koʻchib oʻtdi.

1944-yil sentyabr oʻrtalarida AQSh armiyasining muhandislik boʻlinmalari Sandweilerga yetib keldi va aerodromni AQSh Harbiy-havo kuchlarining Toʻqqizinchi aviatsiya armiyasi jangovar samolyotlarini qabul qilishga tayyorlash uchun bir qancha kichik qayta tiklash ishlarini amalga oshirdi. Aerodrom „A-97“ kodli ilgʻor qoʻnish maydonchasi deb nomlandi va 1944-yil 18-sentyabrda ishga tushirildi. Toʻqqizinchi aviatsiya armiyasining 363-taktik razvedka guruhi bu yerda turli xil foto-razvedka samolyotlarini joylashtirdi, ammo 1944-yil 29-oktyabrda ular ham sharqqa — Germaniya hududiga koʻchib oʻtdiMaurer, Maurer. Air Force Combat Units of World War II. Maxwell AFB, Alabama: Office of Air Force History, 1983. ..

Urushning qolgan davrida amerikaliklar Sandweiler aeroportidan transport-taʼminot bazasi sifatida, shuningdek, jangda yaralanganlarni Buyuk Britaniyaga evakuatsiya qilish uchun foydalandi. 1945-yil 15-avgustda aerodrom Lyuksemburg nazoratiga qaytarildiJohnson, David C. (1988), U.S. Army Air Forces Continental Airfields (ETO), D-Day to V-E Day; Research Division, USAF Historical Research Center, Maxwell AFB, Alabama..

1950-1999-yillar 1999-yil mart oyida Luxair Boeing 767 samolyotidan foydalangan holda Nyuarkka toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻydi, biroq yetti oylik faoliyatdan soʻng ularni toʻxtatdi.

2000-yillardan keyingi rivojlanish 2002-yilda TAROM yoʻlovchilar sonini oshirish maqsadida Buxarestdan Nyu-Yorkka parvoz yoʻnalishini Lyuksemburg orqali amalga oshirishni boshladi.

Lyuksemburg aeroporti sanʼat asarlari va zargarlik buyumlari kabi qimmatbaho yuklarni tashish xizmatlarini jalb qilish uchun aeroportning asosiy faoliyat hududidan ancha uzoqda, yuqori xavfsizlik darajasiga ega maxsus zona qurdi. Hiscox kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, qimmatbaho yuklar uchun bunday markazga „katta talab“ mavjud. Yuklash jarayonidan oldin samolyotlar aeroportning asosiy inshootlaridan uzoqroqqa, maxsus maydonchaga olib boriladi.

2015-yilda aeroportdagi umumiy yoʻlovchi oqimining eng katta ulushiga ega aviakompaniya yana Luxair boʻldi; u 1,69 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, 63 foizlik ulushni tashkil etdi. COVID-19 pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish choralari doirasida, 2020-yil 23-martdan 29-martgacha boʻlgan bir hafta davomida Lyuksemburg aeroporti barcha yoʻlovchi qatnovlari uchun yopildi Le Findel ferme aux voyageurs dès lundi. L'Essentiel, 19 Mars 2020, .

2023-yil dekabr oyida China Southern Airlines aviakompaniyasi Chenjouga parvozlarni boshladi.

Til boʻyicha kamsitish ayblovlari 2021-yilda Lyuksemburg aeroportida koʻp oʻn yillar davomida qoʻllanilgan lyuksemburg (va nemis) tillaridagi eʼlonlar toʻxtatilishi hamda kelgusida faqat fransuz va ingliz tillaridan foydalanilishi eʼlon qilindi. Actioun Lëtzebuergesch tashkiloti hukumatning ushbu qaroridan qattiq norozi ekanligini bildirdi. Tashkilot dunyodagi boshqa aeroportlarda eʼlonlarni bir nechta tilda berishda hech qanday muammo yoʻqligini taʼkidladi. Tashkilot tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, Lyuksemburg aholisining 92,84 foizi aeroportdagi eʼlonlarning lyuksemburg tilida ham yangrashini istaganD’Sprooche vun den automateschen Ukënnegungen um Flughafe Findel, Actioun Lëtzebuergesch, 7 September 2021. Lyuksemburg aeroportidagi barcha yozma koʻrsatkichlar faqat fransuz va ingliz tillarida berilgan. Lyuksemburgning ikki rasmiy tili — lyuksemburg va nemis tillaridan foydalanilmasligi til boʻyicha kamsitish haqidagi daʼvolarga sabab boʻldi. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, boshqa aeroportlarda yozma koʻrsatkichlar uchun toʻrttagacha turli tildan foydalanishda hech qanday qiyinchilik kuzatilmaydiActioun Lëtzebuergesch: D’Sprooche vun den automateschen Ukënnegungen um Flughafe Findel, Guy Kaiser, 8 September 2021.

Terminallari

A terminali 1975-yilda qurilgan ushbu bino 2004-yilda B terminali ochilgunga qadar, 30 yil davomida aeroportning yagona terminali boʻlib xizmat qilgan. Terminal, ayniqsa yoz mavsumida, haddan tashqari gavjum boʻlib ketar edi; unda bor-yoʻgʻi toʻrtta doʻkon, pochta boʻlimi va bitta restoran mavjud boʻlgan. 2011-yilning oxirida ushbu terminalni buzish ishlari boshlanib, 2012-yilning mart oyida yakunlandi. Bu ishlar B terminalini yangi A terminali bilan bogʻlovchi piyodalar koʻprigini qurish uchun joy ochish maqsadida amalga oshirildi. Yangi A terminali qurilishi 2005-yilda boshlanib, 2008-yilning may oyida foydalanishga topshirildi.

B terminali B terminali 2004-yilda ochilgan. Bu bino oʻziga xos xususiyatga ega: unda faqat chiqish darvozalari joylashgan boʻlib, roʻyxatdan oʻtish peshtaxtalari yoki kelish zali mavjud emas. Dastlab sigʻimi koʻpi bilan 50 kishiga moʻljallangan kichik samolyotlar uchun qurilgan. Terminal yiliga 600 000 nafargacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi. 2017-yilning yozida, 110 nafargacha yoʻlovchi sigʻimiga ega samolyotlarni qabul qilishga moslashtirish boʻyicha amalga oshirilgan oʻzgarishlardan soʻng, terminal qayta ochildi. Endilikda u yiliga jami 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Yoʻlovchi Lyuksemburg aeroportida quyidagi aviakompaniyalar muntazam reyslar va charter parvozlarini amalga oshiradilux-airport.lu - Direct flights from LUX retrieved 26 March 2025:

Yuk

Statistika Yoʻnalishlar + Lyuksemburg aeroportidan eng gavjum yoʻnalishlar (2024) Oʻrni Aeroport Yoʻlovchilar soni (2024)1 Portu aeroporti 492,1222 Lissabon aeroporti 351,2973 Frankfurt aeroporti 230,5824 Amsterdam aeroporti 182,9295 Palma de Mallorca aeroporti 175,860 Manba:

Yoʻlovchilar oqimi +Yoʻlovchilar oqimi1950196019701980199019952000200520102012201420162018201920202021202220236 52555 591476 938670 1591 072 2641 267 6401 669 4841 573 8251 630 0271 919 6942 467 8643 022 9184 036 8784 416 0381 425 7152 002 9034 055 9004 791 916

Qatnovlar +Parvozlar, yuk va tungi parvozlar19901995200020052010201220142016201820192020Xalqaro parvozlar39 73846 58661 18965 44657 53759 78562 26069 57779 10180 55743 635Mahalliy parvozlar22 97624 91224 32224 21122 95721 37821 96216 82515 48514 42821 066Yuk (kg)142 956 417286 380 935499 910 851742 341 598705 079 728614 904 815708 077 753801 807 232894 648 866853 354 139905 222 594Tungi parvozlar7648861 0691 5501 2561 5541 9912 1451 9511 420 +Samolyotlar turi boʻyicha parvozlar soni19501955196019651970197519801985199019952000200520102015201920200-2t Propeller2 6568 5699 7968 74414 17433 65736 41539 32529 01528 38628 46825 11923 48122 34616 47220 3392-5t Propeller3381363131 5539821 7941 8021 5491 9192 0281 9555 8345 1584 1673 9325 170>5t Propeller6082 6884 0166 8537 9276 9457 55412 26618 04322 66019 5367 58111 03414 81721 8629 173Jet3902 9526 6838 8339 27113 73716 58835 55251 12340 82143 70152 71930 020

Yer usti transporti Avtomobil yoʻli Aeroportga A1 avtomagistralining (Lyuksemburg shahri — Trier) 9-bogʻlanmasi orqali borish mumkin.

Avtobus

Aeroport 6, 16 va 29-sonli jamoat avtobus yoʻnalishlari orqali Lyuksemburg shahri bilan, 302-sonli mintaqaviy avtobus yoʻnalishi orqali esa Germaniyaning Trier shahri bilan bogʻlangan.

Tramvay Aeroportda Lyuksemburg shahri tramvay tarmogʻining 1-yoʻnalishi joylashgan boʻlib, uning Kirchbergdan aeroportgacha boʻlgan kengaytmasi 2025-yil mart oyida ochilgan.

Temir yoʻl 2003-yilda Deputatlar palatasi oʻsha vaqtdagi transport vaziri Henri Grethenning aeroportni Kirchberg orqali markaziy temir yoʻl vokzali bilan asosan yer osti temir yoʻli orqali bogʻlash loyihasini maʼqulladi.

2008-yilda, A terminali qurilishidan soʻng, aeroport ostidan temir yoʻl tunneli qurildi. Byudjet cheklovlari tufayli 2009-yilda loyiha toʻxtatib qoʻyildi va oʻshandan beri tunnel boʻsh turibdi.

Baxtsiz hodisalar va falokatlar 1969-yil 22-dekabrda Luxairga tegishli Vickers Viscount (bort raqami LX-LGC) samolyoti uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi va old gʻildiragi sinib tushdi. Natijada samolyot taʼmiri oʻzini oqlamaydigan darajada shikastlandi. 1982-yil 29-sentyabrda Aeroflotning 343-reysi qoʻnish vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi. 2002-yil 6-noyabrda Luxairning 9642-reysi bilan Germaniyaning Berlin shahridan uchib kelgan Fokker 50 (bort raqami LX-LGB) samolyoti qoʻnishga yaqinlashayotgan paytda Niederanven qishlogʻi yaqinidagi dalaga qulab tushdi. Hodisa oqibatida 20 nafar yoʻlovchi va ekipaj aʼzosi halok boʻldiaviation-safety.net retrieved 2 September 2020. 2010-yil 21-yanvarda Cargoluxning 7933-reysi bilan Hong Kongdan Ozarbayjon va Ispaniya orqali Lyuksemburgga parvoz qilayotgan Boeing 747-4R7F samolyoti 24-uchish-qoʻnish yoʻlagiga qoʻnishga urinayotganda furgon bilan toʻqnashib ketdi. Samolyot yengil shikastlandi, furgon esa jiddiy zarar koʻrdi; haydovchi esa faqat yengil tan jarohati oldi. Keyinchalik oʻtkazilgan tekshiruv shuni koʻrsatdiki, ushbu hodisa bir qator xatolar zanjiri hamda toʻqnashuvning oldini olishi mumkin boʻlgan texnik jihozlarning yetishmasligi oqibatida yuz bergan. 2023-yil 15-aprelda Dubaydagi Al-Maktum xalqaro aeroportidan parvozni amalga oshirayotgan, bort raqami LX-ECV boʻlgan Cargoluxning 7545-reysi (Boeing 747-4HQFER rusumli samolyoti) qattiq qoʻnish oqibatida shikastlandi. Samolyot chap qanoti bilan yerga qattiq urildi, soʻngra ikkinchi urinishda qoʻnishni amalga oshirdi. Hodisa natijasida samolyotning 2-dvigateli (chap qanotdagi ichki dvigatel) shikastlangan. Voqea oqibatida hech kim jarohat olmadi.