G1-c — Giza nekropoli tarkibidagi Giza Sharqiy maydonida, Giza Buyuk piramidasining bevosita sharqida joylashgan va Misrning IV sulolasi davrida qurilgan yordamchi piramidalardan biri. U qirolichalar uchun qurilgan uchta piramidaning eng janubdagisi bo‘lib, qirolicha Henutsenga tegishli hisoblanadi. Piramidaning eni 46,25 metr, balandligi esa 29,6 metr bo‘lgan. Dafn xonasining janubiy devorida chuqurligi to‘rt dyuym bo‘lgan tokcha o‘yilgan. G1-c piramidasi dastlab Xufu piramida majmuasining bir qismi bo‘lmagan, chunki uning janubiy tomoni Buyuk piramidaning janubiy tomoniga emas, balki yaqin atrofdagi Khufukhaf Ining mastaba qabriga mos ravishda joylashgan ediVerner, Miroslav. The Pyramids: The Mystery, Culture, and Science of Egypt's Great Monuments. Grove Press. 2001 (1997).. Dastlab G1-c piramidasi, G1-a va G1-b piramidalaridan farqli ravishda, qayiq uchun chuqurga ega bo‘lmagani sababli, ehtimol, yordamchi kichik piramida deb hisoblangan. Keyinchalik u shoshilinch ravishda qurilgan, ammo tugallanmay qolgan piramida ekani aniqlangan. Henutsen shu qabrga dafn etilgan deb taxmin qilinadiHawass, Zahi. "The Discovery of the Satellite Pyramid of Khufu (GI-d)." In Peter Der Manuelian, ed. Studies in Honor of William Kelly Simpson 1. Boston: Museum of Fine Arts, Boston, 1996, pp. 379-398.. Doktor Rainer Stadelmannning fikricha, Khufukhaf va Xafra bir shaxs bo‘lgan, piramida esa u tomonidan onasi uchun qurilgan. Biroq bu shaxslarning aynan bir kishi ekanligi haqidagi qarash shubhali hisoblanadiDodson & Hilton, p.60.
Ushbu ibodatxona qadimgi dafn marosimlari ibodatxonasi elementlaridan foydalanilgan holda qurilgan. Ibodatxona xarobalaridan Yangi podsholik davriga oid bitiktosh topilgan. Undagi bitik qirolicha Henutsen piramidasini kimga tegishli ekanini aniqlash imkonini beradi:
Yana qarang G1-a piramidasi G1-b piramidasi G1-d piramidasi
Manbalar
Turkum:Giza platosi Turkum:Misrning to‘rtinchi sulola piramidalari