Chempittapally (; ), shuningdek, Chembitta Palli va Chembittapally jome masjidi nomlari bilan ham tanilgan, Hindistonning Kerala shtati Ernakulam tumani Kochi shahrining kichik Kochangadi hududidagi Mattancherry mahallasida joylashgan soʻfiylik jome masjidi. 1520—1540-yillar oraligʻida qurilgan. Tomi mis qoplamali koshinlar bilan bezatilgani sababli masjid Chempitta Palli () nomini olgan. Masjid Kerala–islom meʼmorchiligi uslubida qurilgan boʻlib, Hindistonning milliy ahamiyatga ega yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan Mattancherry saroyi yaqinida joylashgan.

Umumiy maʼlumot Majmuaning 3 ta darvozasi bor. Gʻarbiy darvoza Panayapilly tomonga, janubiy darvoza esa Goldenmukku va Kochangadi tomonga ochiladi. Majmuaning sharqiy tomonida joylashgan asosiy darvoza Angadi tomonga olib chiqadi. Janubiy darvoza yaqinidagi qabristonda bir nechta qadimiy va tarixiy ahamiyatga ega qabr toshlari mavjud.

Masjidning tayanch toʻsinlari yogʻochdan yasalgan. Rivoyatga koʻra, soʻfiy avliyo Sayyid Mau Lana Buxoriy Thangalning oʻz izdoshlariga Tavrotni oʻqib berayotganini eshitgan yahudiy savdogar ushbu masjidni qurish uchun yogʻoch hadya qilishga qaror qilgan. Markaziy namozxonaga olib kiruvchi uchta eshikning tepasida tamil va arab tillaridagi bitiklar mavjud.

Masjid Naina oilasi tarixi bilan uzviy bogʻliq.

Yana qarang

Hindistonda islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati Keraladagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Hindistondagi 16-asr masjidlari Turkum:Jome masjidlar Turkum:Keraladagi masjidlar Turkum:Ernakulam tumanidagi diniy binolar va inshootlar