Frodo Baggins — J. R. R. Tolkien asarlaridagi xayoliy qahramon va „Uzuklar hukmdori“ asarining bosh qahramonlaridan biri. Frodo — Shirlik hobbit boʻlib, u oʻzining amakivachchasi (lekin odatda „amaki“ deb ataladigan) Bilbo Bagginsdan Yagona uzukni meros qilib oladi va uni Mordordagi Ayanch togʻi olovida yoʻq qilish vazifasini oʻz zimmasiga oladi. U Tolkienning vafotidan keyin nashr etilgan „Silmarillion“ va „Unfinished Tales“ asarlarida ham tilga olingan.
Frodo sayohat davomida qayta-qayta yaralanadi va Mordorga yaqinlashgani sayin Uzukning ogʻirligini tobora koʻproq his qila boshlaydi. U ham oʻzgarib, tushunish va rahm-shafqat hissi ortib boradi. Shirdagi uyiga qaytganidan soʻng, u oddiy hayotga qayta moslasha olmaydi. Uzuk yoʻq qilinganidan ikki yil oʻtgach, unga Valinorning yerdagi jannatiga kemada yoʻl olishga ruxsat beriladi.
Frodoning ismi qadimgi inglizcha Fróda ismidan olingan boʻlib, „tajriba orqali donolikka erishgan“ degan maʼnoni anglatadi. Sharhlovchilar uning jasorat, fidoyilik va sadoqatni oʻzida mujassam etganini hamda ijobiy qahramon sifatida u dastlab zerikarlidek tuyulsa-da, oʻz sayohati davomida oʻsib-ulgʻayib, qahramonlik darajasiga koʻtarilgan shaxsga aylanganini yozishgan.
Tarixi Frodo „Uzuklar hukmdori“ asarida Bilbo Bagginsning amakivachchasi va asrab olingan vorisi sifatida tanishtiriladi. Frodoning ota-onasi Drogo Baggins va Primula Brandybuck Frodo 12 yoshda boʻlganida qayiqdagi baxtsiz hodisada halok boʻlishgan. Frodo keyingi toʻqqiz yilni onasining oilasi — Brandybucklar bilan Brandy Hallda yashab oʻtkazadi. 21 yoshida uni Bilbo asrab oladi va uni Shirdagi Bag Endga birga yashash uchun olib keladi. U va Bilbo bir kunda, 22-sentyabrda tugʻilgan. Bilbo Frodoga elflar tillarini oʻrgatadi va ular koʻpincha birga uzoq sayrlarga chiqishadi book 1, ch. 1, "A Long-Expected Party". Qisman yoshlaridagi farq tufayli ular bir-birlarini „amaki“ („togʻa“) va „jiyan“ deb atashadi.
Uzuk ittifoqi Frodo Bilbo Shirdan ketganidan keyin voyaga yetadi. Frodo Bag End va Bilboning uzugiga merosxoʻr boʻladi. Gendalf uzukning kelib chiqishi haqida aniq bilmagani sababli Frodoni undan foydalanmaslikka va uni sir saqlashga ogohlantiradi. Frodo uni keyingi 17 yil davomida yashirin saqlaydi va uzuk unga xuddi Bilboga bergandek uzoq umr va yosh koʻrinish beradi. Gandalf qaytib kelib, bu uzuk qorongʻulik hukmdori Sauronning Yagona uzugi ekanini va u Oʻrta yerni zabt etish uchun uni qaytarib olib, undan foydalanishga urinayotganini aytadi book 1, ch. 2, "The Shadow of the Past".
U yerda qolar ekan, Shir uchun xavf tugʻdirayotganini anglagan Frodo uzukni qudratli elflar hukmdori Elrondning uyi — Rivendellga olib borishga qaror qiladi. U uchta hamrohi: bogʻboni Sam Gamgee va amakivachchalari Merry Brandybuck hamda Pippin Took bilan birga yoʻlga chiqadi. Ular ayni vaqtida harakat qilishadi, chunki Sauronning eng qudratli xizmatkorlari — toʻqqizta Nazgul Qora suvorilar qiyofasida uzukni qidirib Shirga kirib kelishgan edi. Ular Frodoning izidan tushib, deyarli uning yoʻlini toʻsib olishadi book 1, ch. 3, "Three is Company" book 1, ch. 4, "A Short Cut to Mushrooms" book 1, ch. 5, "A Conspiracy Unmasked".
Hobbitlar Qadimgi oʻrmonga qochib ketishadi. Ular Qari Tolning sehri tufayli tuzoqqa tushib qolishadi, biroq ularga boshpana va yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan Tom Bombadil tomonidan qutqariladi book 1, ch. 6, "The Old Forest" book 1, ch. 7, "In the House of Tom Bombadil". Ular Mozor tepaliklarida tuman ichida qolib, mozor arvohi tomonidan asirga olinadi va afsun ostiga tushadi. Frodo oʻzini ozod qiladi, mozor arvohiga hujum qiladi va Bombadilni chaqiradi, u esa hobbitlarni yana bir bor qutqarib, yoʻlga kuzatib qoʻyadi book 1, ch. 8, "Fog on the Barrow-Downs".
„Prancing Pony“ mehmonxonasida Frodo Gendalfdan kechikib kelgan xatni oladi va oʻzini Daydi deb ataydigan qoʻriqchi bilan uchrashadi. Uning haqiqiy ismi Aragorn edi. Mehmonxonaning umumiy zalida Yagona uzuk Frodoning barmogʻiga tasodifan taqilib qoladi va uni koʻrinmas qilib qoʻyadi book 1, ch. 9, "At the Sign of the Prancing Pony". Bu Nazgûllarning eʼtiborini tortadi va ular tunda hobbitlarning boʻsh xonalarini ostin-ustun qilib tintib chiqishadi. Daydi guruhni botqoqliklar orqali yetaklab ketadi book 1, ch. 10, "Strider".
Manbalar
Asosiy
Ikkinchi darajali
Adabiyotlar Carpenter, Humphrey, ed. (2023) . The Letters of J. R. R. Tolkien: Revised and Expanded Edition. New York: HarperCollins. ISBN 978-0-35-865298-4. Tolkien, J. R. R. (1954a). The Fellowship of the Ring. The Lord of the Rings. Boston: Houghton Mifflin. OCLC 9552942. Tolkien, J. R. R. (1954). The Two Towers. The Lord of the Rings. Boston: Houghton Mifflin. OCLC 1042159111. Tolkien, J. R. R. (1955). The Return of the King. The Lord of the Rings. Boston: Houghton Mifflin. OCLC 519647821. Tolkien, J. R. R. (1977). Christopher Tolkien (ed.). The Silmarillion. Boston: Houghton Mifflin. ISBN 978-0-395-25730-2. Tolkien, J. R. R. (1980). Christopher Tolkien (ed.). Unfinished Tales. Boston: Houghton Mifflin. ISBN 978-0-395-29917-3. Tolkien, J. R. R. (1988). Christopher Tolkien (ed.). The Return of the Shadow. Boston: Houghton Mifflin. ISBN 978-0-395-49863-7. Tolkien, J. R. R. (1996). Christopher Tolkien (ed.). The Peoples of Middle-earth. Boston: Houghton Mifflin. ISBN 978-0-395-82760-4.
Turkum:Uzuklar hukmdori obrazlari