Claudia Roden (qizlik familiyasi: Douek; 1936-yilda tugʻilgan) — Misrda tugʻilgan britaniyalik pazandachilik kitoblari yozuvchisi va sefard/mizrah yahudiylari nasliga mansub madaniy antropolog. Claudia Yaqin Sharq taomlariga bagʻishlangan retseptlar toʻplamlari, jumladan, „A Book of Middle Eastern Food“, „The New Book of Middle Eastern Food“ va „Arabesque—Sumptuous Food from Morocco, Turkey and Lebanon“ kabi mashhur kitoblar muallifi sifatida tanilgan.
Ilk hayoti
Roden 1936-yilda Misr Qirolligining Qohira shahrida Cesar Elie Douek hamda uning rafiqasi Nelly Sassoon oilasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi oʻtgan asrda Halabdan koʻchib kelgan nufuzli Suriya-yahudiy savdogar oilalaridan bo;lgan. Yozuvchi Qohiraning Zamalek dahosida ikki akasi — jarroh Ellis Douek va Zaki Douek bilan birga ulgʻaygan.
URoden 15 yoshida chalqancha suzish boʻyicha Misr milliy chempioni boʻlgan.
1951-yilda Roden Parijga koʻchib oʻtgan va uch yil davomida internat-maktabda tahsil olgan. 1954-yilda u Londonga koʻchib oʻtib, Sent-Martin sanʼat maktabida tasviriy sanʼat yoʻnalishida oʻqigan. Roden Londondagi kvartirada akalari Ellis va Zaki bilan birga yashagan. Roden ushbu kvartirada akalariga ovqat tayyorlash jarayonida pazandachilik sohasida tajribalar oʻtkaza boshlagan. U Alphandary oilaviy retseptlarini, baqlajon hamda ismaloq qoʻshilgan piroglarni va yalpizli qoʻy goʻshtini eslab qolgan. Bularning ikkalasi ham oʻsha davrda Londonda kamdan-kam pishiriladigan taomlar edi.
Roden chorak asr davomida Misrga qaytmadi. U qaytgan paytda uning oilasi hamda Qohiradagi yahudiylar jamoasining aksariyat qismi mamlakatdan badargʻa qilingan edi. Uning koʻplab kitoblarida yoʻqotilgan yaqin jamoaviy madaniyatga boʻlgan qoʻmsashini aks ettirgan. Bu qoʻmsash, ayniqsa, pazandachilik sanʼatida va u bilan bogʻliq ijtimoiy tadbirlarda namoyon boʻlagan.
Manbalar
Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:Misrlik ayol yozuvchilar