Behzod Abduraimov (1990-yil 11-sentabrda Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik pianist. London xalqaro pianino musobaqasi va boshqa bir necha xalqaro pianino musobaqalari gʻolibi.

Tarjimai holi Behzod 1990-yil 11-sentabr Toshkent shahrida tugʻilgan, pianinoda chalishni besh yoshida boshlaganLosra.org:Behzod Abduraimov's CV. Ilk musiqiy bilimlarini Toshkentdagi Uspenskiy nomli Respublika maxsus musiqa maktabida Tamara Popovichdan olgan. 8 yoshidan boshlab Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri jamoasida AQSh, Italiya, Rossiya va Oʻzbekiston sahnalarida yakkaxon musiqalar ijro etgan. Hozir u AQShning Park universiteti da musiqa yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda.

Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki "XXI asr musiqachisi" musobaqasida 3-oʻrin. (Qozogʻiston, 2000-y.)Losra.org Chaykovskiy xalqaro musobaqasida diplom (Syamin sh. Xitoy. 2002-y.) "Le Muze" musobaqasida 1-oʻrin va grand pri sovrini. (Italiya, 2003-y.) Lennox yosh artistlar musobaqasi va Corpus Christi. (AQSh, 2008-y.) Janubiy Missuri xalqaro pianino musobaqasining yosh ijrochilar bo`limida 1-o`rin. (AQSh, 2008-y.) London xalqaro pianino musobaqasida 1-oʻrin. (London, Angliya, 2009-y.) Manbalar

Havolalar London International Piano Competetion

Turkum:Musiqa Turkum:Pianistlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik pianistlar Turkum:Oʻzbekistonlik ijtimoiy olimlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar