Kalyari (Cagliari) — Italiyadagi shahar, Sardiniya oroldagi port. Kalyari provinsiyasining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllari tuguni. Kemasozlik rivojlangan. Kimyo, neft kimyosi, yogʻochni qayta ishlash, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Chetga qoʻrgʻoshin va rux rudalari, har xil tuzlar, vino, zaytun moyi chiqariladi. Universitet (XVII asrdan) bor. Maydoni — 85,45 km2. 161 465 nafar aholi istiqomat qiladi (2004).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Tarixiy mamlakatlar poytaxtlari Turkum:Cagliari provinsiyasi kommunalari Turkum:Italiya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar