Petropavl () — Qozogʻistondagi shahar (1807-yildan). Shimoliy Qozogʻiston viloyatining maʼmuriy markazi. Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy qismida va Ishim daryosi oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 204,8 ming kishi (2011-yil 1-iyun).Shaharda Pedagogika instituti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Petropavlga 1752-yilda asos solingan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Aholisi Shaharning aholisi 204,8 ming kishi (2011-yilgi 1-iyun). Shahar aholisining yarmidan koʻpisini ruslar tashkil etadi. Milliy tarkibi esa quyidagi jadvalda keltirilgan. (1-yanvar 2010-yilgi)Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Chislennost naseleniya Respubliki Kazaxstan po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na nachalo 2010 goda: ruslar — 129 301 kishi (66,2 %) qozoqlar — 41 800 kishi (22 %) tatarlar — 7 320 kishi (3,75 %) ukrainlar — 5 785 kishi (2,97 %) olmonlar — 3 111 kishi (1,59 %) beloruslar — 1 283 kishi (0,66 %) polyaklar — 900 kishi (0,46 %) armanlar — 737 kishi tojiklar — 629 kishi ozarbayjonlar — 624 kishi oʻzbeklar — 600 kishi boshqalari — 3019 kishi Jami — 195 109 kishi.
Iqtisodi thumb|left|Petropavl maschidi Hozirgi kunda Petropavl Qozogʻistondagi yirik ishlab chiqarish markazlarining biriga aylandi. Shaharda 174 korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek yirik korxonalarga „Evraziya“, „Vita“, „Molochniy soyuz“ AL-lari, non kombinati, liker-araq zavodi, „Sultan“, „Tonus“ v.b. kiradi. Shahar iqtisodining 10 % kichik biznes tashkil qiladi.
Sanoati Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Kichik litrajli dvigatellar, mashinasozlik, turli mexanizmlar, izolyasiya materiallari zavodlari, goʻsht kombinati bor. Tikuvchilik buyumlari, poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Iqlimi Shahar iqlimi keskin kontinental. Qishi qahraton sovuq va uzoq (5 oy davomida), yomgʻir kam yogʻadi, yozi issiq, yomgʻir kam yogʻadi.
Madaniyati Teatrlar S. Muqanov nomidagi Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qozoq sozli-daram teatri Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qoʻgʻirchoq teatri Shimoliy Qozogʻiston viloyati N. Pogodin nomli rus drama teatri
Muzeylar Shimoliy Qozogʻiston viloyati tarixiy-davlat noma mezeyi Viloayt tasviriy sanʼat muzeyi „Abilay xonning rezidensiyasi“ muzey kompleksi
Kutubxonalar Gʻ. Musirepov nomidagi viloyat bolalar-yoshoʻspirimlar kutubxonasi I. Shuxov nomli shahar kutubxonasi S. Muqanov nomli Shimoliy Qozogʻiston viloyati ilmiy kutubxonasi
Hamdoʻst shaharlar Omsk Chelyabinsk Novosibirsk Yekaterinburg
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:Qozogʻiston shaharlari