Muhammed Nejati Shashmaz (: 1971-yil 15-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor, mashhur „Kurtlar Vadisi“ („Qashqirlar makoni“) teleserialida Poʻlat Alemdar rolini oʻynaganligi va uning „Kurtlar Vadisi Irak“ filmi bilan ham mashhur.

Nejati Shashmaz Turkiyaning Elazigʻdagi Harput shahrida  asli zaza oilasida Abdülqodir Shashmazning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib tugʻilgan. U Turkiyada ham, Kanadada ham Turizm va mehmonxona boshqaruvi boʻyicha tahsil olgan. U olti yil davomida AQShda yashab, Turkiyaga ota-onasinikiga tashrif buyurgan.

Istanbulda Necati Shashmaz taniqli turk rejissyori Usmon Sınav bilan uchrashdi va unga Boʻrilar vodiysida bosh rolni taklif qildi. U serial va kinoda fantastik qahramon Po‘lat Alemdar rolini ijro etgan. Hozir u „Kurtlar Vadisi: Pusu“ (Qashqirlar makoni: Pistirma) deb nomlangan asl serialning bosh rolida oʻynaydi.

U 2012-yilda Nagehan Kaşıkchi bilan oila qurdi, lekin 2019-yilda ajrashish uchun ariza berdi. Ularning ajrashishlari 2021-yilda yakunlandi.

Filmografiyasi Film Yil Nomi Rol 2006 Qashqirlar vodiysi: Iroq Poʻlat Alamdar Bosh rol 2011 Qashqirlar makoni Palestina Poʻlat Alemdar Bosh rol Televideniya Yil Nomi Rol 2003-2005 Qashqirlar makoni Poʻlat Olamdor Bosh rol 2005 Non teknesi Poʻlat Olamdor 2007 Qashqirlar makoni Terror Poʻlat Olamdor Bosh rol 2007-kunimiz Qashqirlar makoni Qopqon Poʻlat Olamdor Bosh rol, Prodyusser 2010 Halil Ibrohim Sofrasi Necati Şaşmaz 2012 Qashqir qonuni Anvar Poshsho 2015 Qora qutti Prodyusser

Shaxsiy hayoti Abdulqodir Shashmaz (Abdulkadir Şaşmaz) — otasi. Sohil Shashmaz (Sahil Şaşmaz) — onasi. Negexon Shashmaz (Nagehan Şaşmaz ajrashgan) — turmush oʻrtogʻi. Ali Nodir Shashmaz (Ali Nadir Şaşmaz) — oʻgli Zubayr Shashmaz (Hilmi :tr:Zübeyr Şaşmaz) 1982 — ukasi Raji Shashmaz (:en:Raci Şaşmaz) 1973 — ukasi

Manbalar

Havolalar

Necati Shashmaz tarjimai holi (uzbek,turk va ingliz tillarida)

Turkum:Yashayotgan insonlar