„Armon“ () — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1986-yil yaratgan drama film. Filmda Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek ayollari, qariyalari va yoshlari qilgan mashaqqatli mehnat tasvirlangan.Kino Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tasvirga olingan

Syujeti 1920-yillarda Boʻri yosh bolaligida otasidan ayriladi. (Otasining ham ismi Boʻri boʻladi. Otasi rolini Yodgor Saʼdiyev oʻynagan.) Ulgʻaygach u shaharga borib oʻqiydi va elektr ishchisi boʻlib yetishadi. Soʻngra tugʻilgan qishlogʻiga qaytadi. Qishloqdagi barcha qizlarga manzur boʻlishiga qaramay, Boʻri allaqachon boshqa yigitga unashtirilgan Xumorni sevib qoladi. Fashistlar Olmoniyasi bilan Sovet Ittifoqi oʻrtasida urush boshlangach Boʻri hamqishloqlari bilan urushga otlanadi. U urushdan qaytib kelmaydi.

Rollarda Boʻri (otasi) — Yodgor Saʼdiyev Boʻri (oʻgʻli) — Baxtiyor Zokirov Boyxotin — Oybarchin Bakirova Rais — Obid Yunusov Xumor — Dilorom Egamberdiyeva Qoʻzivoy — Diyas Rahmatov Oʻlmasoy — Raʼno Zokirova

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:1986-yil filmlari Turkum:Melis Abzalov filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar