Jambul tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan hudud. Avvalgi Presnov va Jambul tumanlarini biriktirishi natijasida (1997) tashkil topdi. Maydoni 7,46 ming km2. Aholisi 23,397 kishi (2013), oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Presnovka qishlogʻi. Tuman hududidan gʻarbdan sharqqa tomon davlat ahamiyatiga ega Qoʻstanay — Petropavlovsk avtomobil yoʻli, shimoldan janubga tomon Qorgʻan — Novoishim temir yoʻli oʻtadi.
Aholisi Tuman aholisi 23,397 kishi (2013), oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013)
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): qozoqlar — 14 984 kishi (47,85 %) ruslar — 11 639 kishi (37,17 %) ukrainlar — 2 458 kishi (7,85 %) olmonlar — 975 kishi (3,11 %) tatarlar — 399 kishi (1,27 %) beloruslar — 211 kishi (0,67 %) chechenlar — 107 kishi (0,34 %) armanlar — 92 kishi (0,29 %) polyaklar — 50 kishi boshqalar — 330 kishi (1,05 %) Umumiy — 33 313 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyidagi oʻrtacha harorat −18 — 19 °C, iyulda 20 °C. Ayrim yillarda qishda −40 °C qahraton, iyulda esa 40 °C-dan yuqori darajada issiq boʻladi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 mm-dan 350 mm-gacha boʻladi. Uning asosiy qismi yilning iliq mavsumida yogʻadi. Tumanda doimo shamol esib turadi. Yozda shimoliy va gʻarbiy shamollar, qishda janubi-gʻarbiy shamollar esadi. Ularning oʻrtacha tezligi 4 — 4,5 m/s, yozda esa issiq kunlari esadigan shamolning tezligi. 6 – 10 m/s.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston tumanlari