Mamlyutka — Qozogʻistondagi shahar (1969-yildan buyon), Shimoliy Qozogʻiston viloyati Mamlyut tumanining markazi (1932-yildan buyon, temir yoʻl bekati). Viloyat markazi — Petropavlovsk shahrining gʻarbigacha 40 km, oʻrmonli hududda joylashgan. Aholisi 7,338 kishi (2012). Rossiyadan koʻchib keluvchilarga atab 1814-yili poydevori qurildi.

Ijtimoiy soha Mamlyutka shahrida 3 ta umumiy bilim beruvchi maktab, litsey-maktab, 3 kutubxona, madaniyat uyi, tuman kasalxonasi, 2 dorixona va hokazolar faoliyat yuritmoqda.

Sanoati Mamlyutka orqali Omsk-Qorgʻon temir yoʻli, Qoʻstanoy — Petropavlovsk avtomobil yoʻli oʻtadi. Mamlyutkada tegirmonlar, agro sanoat kompleksining „Golden Greyn“ filiali, oʻrmon xoʻjaligi korxonasi va hokazolar faoliyat yuritadiQozoq ensiklopediyasi 6 tom.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston shaharlari Turkum:Mamlut tumani aholi punktlari