James Marshall „Jimi“ Hendrix (; asl ismi: Johnny Allen Hendrix (); 27-noyabr, 1942 – 18-sentabr, 1970) amerikalik musiqachi, xonanda va qoʻshiq yozuvchi boʻlgan. Qisqa vaqtlik (toʻrt yil) faoliyatiga qaramay, ommabop musiqada eng buyuk elektrogitarachi va XX asrning eng muhim musiqachilaridan biri, deb hisoblanadi.

Amerika rock and roll va electric blues musiqalaridan ilhomlangan Hendrix oʻzining The Jimi Hendrix Experience guruhi bilan Yevropada muvaffaqiyatga erishdi. Keyinchalik, 1967-yilgi Monterey Pop Festivalida qatnashib, Amerika Qoʻshma Shtatlarida ham shuhratga erishdi. 1969-yili katta Woodstock festivalida bosh ijrochilardan boʻldi.

Hendrix musiqaga stereofonik feyzer samarasi, gitara fidbeki kabi yangiliklarni olib kirdi, elektrogitara bilan yangicha chalish usullari kashshofi boʻldi.Stix, John (1992). Eddie Kramer: Off the Record. In Stix, John. "Jimi Hendix/Stevie Ray Vaughan". Guitar Presents (57).

Jimi Hendrix 1970-yil 18-sentabrida Londondagi Samarqand mehmonxonasida barbituratdan zaharlanib vafot etgan.Moskowitz, David (2010). The Words and Music of Jimi Hendrix. Praeger. .

Hayotligida va oʻlimidan keyin koʻplab musiqa mukofotlari olgan Jimi Hendrix sharafiga 1997-yili Londonda memorial taxta oʻrnatildi. Rolling Stone jurnali uni birinchi raqamli gitarachi100 Greatest Guitarists: David Fricke's Picks , Rolling Stone va oltinchi eng buyuk artist qilib tanlagan.100 Greatest Artists: Jimi Hendrix, Rolling Stone

Diskografiyasi ; The Jimi Hendrix Experience Are You Experienced (1967) Axis: Bold as Love (1967) Electric Ladyland (1968); Jimi Hendrix/Band of Gypsys Band of Gypsys (1970; jonli yozilgan) ; Vafotidan keyin chiqarilgan albomlar The Cry of Love (1971) Rainbow Bridge (1971) War Heroes (1972) Loose Ends (1974) Crash Landing (1975) Midnight Lightning (1975) Nine to the Universe (1980) Radio One (1988) First Rays of the New Rising Sun (1997) South Saturn Delta (1997) Valleys of Neptune (2010)

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti Jimi Hendrix jamgʻarmasi

Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Afroamerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik gitarachilar Turkum:Amerikalik rok-qoʻshiqchilar turkum:27 yoshda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar